Fozil odamlar shahri. Nodir va dono fikrlar. T.: O'zbekiston



Download 2,02 Mb.
bet26/75
Sana01.06.2022
Hajmi2,02 Mb.
#624043
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   75
Bog'liq
fozil odamlar shahri

ABU NASR FOROBIY --------------
mavjudotlarda ham shu va shunga o’xshash hodisalarni ko’ramiz.
Ba'zilarning o’ylashicha, mavjudotlarning tug’ma fe'l-atvori shunday. Bu mayjudotlar o’zlarining aqlsiz yoxud aqlli hayvonlarga o’xshash tabiatlariga ko’ra, o’z bilganlaricha, erkin holda harakal qiladiiar. Shundaylarning fikricha (tabiatan) shaharlar bir biriga qarshi kurashishlari, o’zaro dushmanlik qilishlari zarur. Ularning (fazilatlik) darajalari yo’q, birlari boshqalariga nisbatan hurmatga sazovorroq emaslar, ularning xatti-harakatlarida izchillik, tartib yo’q, deb o’ylaydilar. Ular har bir odam o’zidagi barcha noz-ne'matlardan o’zi foydalanishi, shaxsiy manfaati uchun boshqalarga qarshi kurashishi kerak, eng baxtli odam shu kurashda dushraanlarni yengib chiqqan odamdir, deb o’ylaydilar.
Mana shu (sabab)larning hammasi tufayli ko’pchilik shahariarda jaholatdagi shaharlar aholisining qarashlariga xos fikr-AQIDAlar keiib chiqadi. Ba'zilar, odamlar o’rtasida tabiiy yoki ixtiyoriy bog’lanishlar yo’q, har bir odarn o’z manfaati uchun boshqalarning manfaatiga zarar etkazishi, biri boshqasiga begona bo’lishi zarur, mabodo ular birlashsalar ham zarurat, majburiyat tufayli birlashadilar, o’zaro murosaga kelishsalar harn faqat biri g’olib chiqib, boshqalari mag’lub bo’lganida kelishadilar, deb o’ylaydilar. Bunda ular tashqaridan ta'sir etuvchi bir kuch tazyiqida o’zaro kelishuvga majbur bo’ladilar, agar ana shu kuch yo’qolsa kelishuv ham yo’qoladi, yana begonalashuv paydo bo’ladi va ular tarqalib ketadilar, deb hisoblaydilar. Insoniyatga xos hayvoniy aqidalardan biri mana shu aqidadir.
Boshqa ba'zilar esa, odamlar ayrim holda yashaganlarida yordamchilar va xizmatchilarsiz o’zlarining hayotiy ehtiyojlarini qondirolmagani uchun, shularning g’amxo’rligisiz yashay olmaganlari uchun birlashib yashash foydalidir, deb o’ylaydilar.
Ba'zilar fikricha, bunday birlashuv majburlash, zo’rlik ishlatish bilan amalga oshadi, yordamchilarga ehtiyoji bor odam boshqa odamlarning bir guruhini o’ziga bo’ysundiradi va o’sha guruhni o’zi uchun ishlatadi. o’sha odara xuddi shu
54
AFLOTUN QONUNLARI MOHIYATI
ochiq va aniq gapirgan bolardi. Mutolaa qiluvchi va eshituvchi esa, ularni bir timsol deb, Aflotun shu timsollar orqali asarlaridagi pinhon nuqtalarni va ziddiyatlarni tushun-tirmoqda, deb o’ylashi mumkin edi. U avval tushuntirgan, ko’rsatib o’tgan nuqtalarida to’xtalib o’tirmay, o’z suhbatlarida yoritilgan ilmda ko’rsatilganlarnigina ta'kidlaydi. Bu, uning "Qonunlari" dagi usuldir. Biz, bu kitobni tushunmoqchi bo’lgan va o’rganishga qiynalgan odamlarga foydali bo’lishi uchun uning ushbu asarida uqdirilgan asosiy ma'noni ta'kidlab ko’rsatishga ahd qildik.
BIRINCHI BO’LIM
Savol beruvchi (Afmalik) qonunlar joriy etilishining sababalarini va bu sabablarning ma'nosini, aytib,o'tilganidek, haqiqatan ham qonunlar tuzuvchi nomidan amalga oshiriladimi, yo’qmi aniqlaydi. Javob beruvchi (Kliniy) yunonlarda bu qonunlarni joriy qiluvchi Zevs ekanligini va u, bu ishda buyuk natijalarga erishganligini tushuntiradi. Qonunlarning ko’pligi va ularning ko’pi befoyda ekanligini tushuntirish uchun Aflotun boshqa bir qonun haqida hikoya qila boshlaydi. U isbot tariqasida she'riyatdan misol oladi va qadimgi qonun joriy qiluvchilarni madh etuvchi, odamlar orasida keng tarqalgan matalni keltiradi. Keyin u, qonunlarni o’rganish to’g’ri ekanligini ko’rsatib o’tadi. Chunki qonunlarni bilmagan va ularga bo’ysunmaganlar (qonunlarni) bema'ni deb atashni xohlab qoladilar. Aflotun, qonunlarning har qanday oqillikdan benihoya ustun turishini tushuntiradi. U o’z davrida ma'lum bo’lgan qonunlardan ayrimlarini o’rganib chiqadi.
Suhbatda sarvlar haqida va savol beruvchi qaysi yo’ldan borishi zarurligi haqida eslatib o’tiladi. Ko’p odamlar bu yerda nozik ma'no bor deb o’ylaydi. Aflotun bahs-lashuvchilarning savol-javoblari va erkin hamda tushunish qiyin bo’lgan g’oyalar yordamida boshqalar o’ylagan ma'nodan o’zgacha ma'noda o’z nutqini cho’zmoqchi bo’lgan. Gapni
59


Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish