Fozil odamlar shahri. Nodir va dono fikrlar. T.: O'zbekiston



Download 2,02 Mb.
bet27/75
Sana01.06.2022
Hajmi2,02 Mb.
#624043
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   75
Bog'liq
fozil odamlar shahri

ABU NASR FOROBIY
bunday aylantirish tufayli u o’zi berkitmoqchi bo’lgan ma'noning teskarisini yoritishda nutq ravshanligiga erishgan.
Keyin u o’zlarida (yunonlarda) ma'lum bo’lgan qonunlarni barkamol etishga kirishadi, sog’lom aql talabiga binoan ularning qanchalik to’g’riligi va foydalanishga yaroqliligini o’rganadi. Jamoa bo’lib ovqatlanish, og’ir yuklarni tashishda yengil qurilmalardan foydalanish shular jumlasidandir. Kishilarning ko’pchiligi piyoda yurishlarini hisobga olib, notekis yo’llarda odamlar orasida ahillik va o’zaro yordam mavjud bo’lsa, bundan foyda juda ko’pligini tushuntiradi.
So’ngra, u muayyan qurollarning qo’llanishi, ularni ishlatish mahorati, birlashtirish va o’zaro joylashtirish -ayrim odamlar uchun emas, doimiy urush holatlarida umuman zarur narsa ekanligini tushuntiradi.
Aflotun shuningdek, ba'zilar urushda qanday foyda olishlarini, urushning ayrim o’rinlari ko’pchilik tomonidan puxta o’rganilganmi, yo’qmi ekanligini bayon etadi. So’ng juz'iy va umumiy masalalarni izohlaydi. Keyin urushlar masalasiga o’tadi va urushda ham qonunlarning ko’p foydali tomonlari borligini eslatadi. Masalan, sirtdan tazyiq o’tkazib singdiriladigan ko’ngil g’azabini bostirish uchun insonning o’zi bilan olib boradigan haqiqat izlash borasidagi kurashda qonunning foydasi borligini aytadi.
U yana, qanday shahar fozil shahar va qanday odam fozil odam ekanligini tushuntiradi, qoidaii va sog’lom fikriash fazilatiga ega bo’lgan shahar va fozil odam hamisha g’olib ekanligini ko’rsatadi. U, hokimga ega bo’lish xohishining chin istak ekanligini, unga bo’ysunishning zarurligini tushuntiradi va bundan keladigan foydani ko’rsatadi. U mehribonlik va boshqaruvdagi asosiy va eng arzimas tomonlardan boshlab, xalqni urushlardan saqlashda hamda jaholatni bostirishda xayrixoh hokimning hayot tarzi qanday bo’lishi zururligini ta'riflaydi.
U odamlarning o’zaro urushlarni bartaraf etishga bo’lgan chin xohishlarini tushuntiradi va bu xohishni mustahkamlash zarurligi haqida gapiradi, chunki bu — ezgulik, yaxshilikdir. Bu narsa, faqat qonun bo’lganadgina va u qonun yaxshi ishlagandagina amalga oshishi mumkin. Agar qonun jang
60
AFLOTUN QONUNLARI MOHIYATI
qilishni buyursa, demak bu urush uchun emas, tinchlik uchun qilinadi. Aflotun insonning xavfsiz yashashi uchun birgina farovonlikning o’zi yetishmasligini ko’rsatadi. Misol tariqasida u mashhur yunon shoiri Tirteyning she'rlarini keltiradi. Aflotun, madh etilayotgan jasorat tashqi urushdagi jasorat emas, lekin odamlar baholi-qudrat o’z (illatlari) ustidan g’olib kelib, tinchlikni ta'minlashlari mumkin deydi.
Aflotun aytadiki, balog’atga yetgandan so’ng va bu ish nasib etganda, qonunlar yaratuvchisining maqsadi xudo yo’lida jasurlik, buyuklikka erishish, narigi dunyoda yaxshi mukofot olishga intilish bo’lishi zarur. Buning uchun to’rt tug’ma fazilatdan buyukroq fazilatga erishish zarur. Aflotun, insonlar orasida shunday sohibi qonunlar uchrab qolishi mumkinligini va ular o’z oldilariga turli maqsadlar qo’yishlarini, ammo qonunlarni tuzishda shoshma-shosharlik natijasida yomon natijalarga erishishlari mumkinligini tushuntiradi. Aflotun o’shalarga o’xshashlarning avrashlaridan odamlarni ehtiyot qilish maqsadida bu gaplarni eslatib o’tadi.
Aflotun ezgulik, yaxshiliklarni ikki turga bo’ladi va ularning qaysi birlari insoniy, qaysi birlari ilohiy ekanligini tushuntiradi. Ilohiy yaxshilik insoniy yaxshiliklarga ta'sir o’tkazadi. Agar ilohiy ezguliklar, yaxshiliklar o’zlashtirilsa, u holda insoniy yaxshiliklar ham o’zlashtiriladi, faqat insoniylari o’zlashtirilganda esa ilohiylarini boy berib qo’yish mumkin. Insoniy ezguliklar, xayrli narsalarga kuch, go’zallik, boylik, bilim va boshqalar kiradi, bularni Aflotun o’zining axloq haqidagi kitoblarida tahlil qiladi. U, haqiqiy sohibi qonun ilohiy ezguliklarga yetishish uchun bu ezguliklarni yaxshi bir tartibga soluvchi zot ekanligini tushuntiradi. Chunki u foydalanadigan ezguliklar qonun talab qilganday ilohiy ezguliklardir. Aflotun qonun chiqaruvchilar ezgulikka, yaxshilikka erishishga yordam beruvchi vositalarga intilishlari, odamlar ezguliklarga erishishi borasida qafiyat ko’rsatish zarurligini onglariga singdirishlari kerakligini aytadi. Avvalo bu, qonuniy nikohlarga, hirs va ehtiroslarni tartibga solishga, ulardan faqat qonun talab qilgan miqdorda o’zlashtirishga taalluqlidir. Bu yana, qo’rqinch va g’azab, xunuk va go’zal
61


Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish