ABU NASR FOROBIY
aytadiki, boshqaruv turlarining soni qonunchilikning soniga mutanosibdur, chunki hokimiyat qonunlarga bo’ysunadi, ulardan hosil bo’ladi va ularga asoslanadi. Boshqaruv ham qonunlarning soniga va mavqeiga bog’liq. Yaxshi boshqaruv, yaxshi qonunlarga bog’liq, yomon boshqaruv -- yomon qonunlarga, yetuk boshqaruv — yetuk qonunlarga bog’liq.
Aflotun aytadiki, o’zining kamolati yoxud davlati bilan yoki shuhrati bilan hamda tahsinga sazovor bo’lmaydigan va dilxush hisoblanmaydigan biror xususiyati bilan kekkayib yuruvchi hokimlar takabbur hokimlardir, aslida hokim, fuqarolarning pokdomonligiga e'tibor berishi, hamda o’z shaxsiyati va ko’ngilxushligi bilangina shug’ullanuvchi ba'zi behayolarga xudo nomidan shafqatsiz munosabatda bo’lishi, go’zal va dilxush taassurot qoldirmaydiganlarga muruvvat ko’rsatmasligi zarur. Aflotun, hokimning nimalarga e'tibor berishi haqida yozadi. Bu avvalo -moddiy huzur, so’ngra ruhiy, keyin ulardan tashqari bo’lgan barcha narsalar, o’z navbati bilan. Aflotun, ko’p gapirish bilan qiziqib ketib misollar keltiradi, chunki ularni foydali hisoblaydi va nihoyat, o’g’illar va otalar haqida gapiradi. Ular qanday bo’lishlari kerak, qonunlarni qanday bajarishadi, hayot yo’li qanday boshlanadi, umrlari oxirida ular nimalarga erishishlari haqida fikr yuritadi. So’ngra, ushbu mehr-shafqat yo’lining qiyin va yengil tomonlarini tushuntirib beradi. Shu munosabat bilan u mashhur she'rlardan misollar keltiradi.
Aflotunning fikricha, agar shoir, bahslashuvchi yoki mutakallim (notiq) bir-biriga zid fikrlar aytsalar, u holda sohibi qonun faqat foyda keltiruvchi jihatlarini himoya qilishi zarur. U, o’lgan odamlarni ko’mish marosimi, kafan bilan o’rash haqida shoirlarning mulohazalaridan misollar keltirib, bu haqda sohibi qonunning fikri qanday bo’lishi zarurligi va azasi tutilayotgan odamlarning o’zlari (vasiyat qilib) nima deganlarini inobatga olish kerakligi to’g’risida yozadi. Aflotun, odamlarga qonunni manzur etish uchun qanday choralar ko’rish kerakligini tushuntiradi va misol tariqasida bolalar bilan muloyim muomalada bo’luvchi shifokor haqida
78
— AFLOTUN QONUNLARI MOHIYATI
so’zlaydi, so’ng hamma tabiblar o’z yumushlariga ko’ra bir-birlariga o’xshashliklarini eslatadi. Xuddi shunga o’xshash, odamlarni to’g’ri yo’ldan yetaklab borishda va amaldagi qonunlarni hurmat qilish hamda boshqalar uchun saqlab qolishga majbur qilishda sohibi qonunlarga hokimlar taqlid qiladilar. Aflotunning fikricha, shahar aholisining sonini tartibga solishning asosi - nikoh va tug’ilish haqidagi qonun bo’lishi zarur, U oliy darajada tartibli va yaxshi ishlangan bo’lishi kerak. Aflotun ba'zi chalkashliklar haqida va o’sha zamonlardagi qonunlarda jarima hamda jazo kabi choralar bo’lganligini eslatib o’tadi.
Aflotun, qonunlarni yaratishdan avval muvaffaqiyatli kelishuvlar, majburiyatlar va tabiiy holat kabi tayyorgarlik choralari ko’rilmagan bo’lsa, qonunlar insonlar yuragiga hechjobo’lmaydi, deb tushuntiradi. Kelishmovchilik insonlar orasidagi munosabatlarni buzuvchi VVomUdir. Shunday bo’lganda odamlar birlashtiruvchi va fikrlarini jamlaydigan qonunga murojaat etishga ehtiyoj sezadi. Uzoq davom etuvchi axloq inqirozi va xalqqa mansub zerikish kabi holatlar yuz berganida aholi bahslar, nutq va tushuntirishlar orqali qonunga bo’ysunishga chaqiriladi. Agar bu uch holat tayyorlangan bo’lsa, ular odamlarning qonunlarni ixtiyoriy qabul etishlariga shart-sharoit yaratadi. Odamlar qonunlarga murojaat etishga majburlar, shuning uchun ham ular murosaga kelganlarida qonunlarni mamnuniyat bilan kutib oladilar. Ammo bu yerda bu uch holatdan tashqari boshqa bir holat ko’zda tutilmoqda. Bu yerda sohibi qonunlar va hokimlar takomillashtirishlari zarur bo’lgan xom yo'1-yo'riqlar haqida gap boradi. Yaxshi xulq-atvorli bo’lishga ahd qilgan yoshlar va nodonlar toki qonunni osonlik bilan qabul qilishlari va unga bo’ysunishlari uchun faollik ko’rsatishga qodir bo’lmagunlaricha o’sha xom yo'1-yo'riqlarga ergashadilar, chunki johil odamlar oson quloq soladilar. Aflotun yana, shahar aholisining ruhlari, badanlari, odatlari va tutgan o’rinlari qanday farmonlarga muhtoj ekanligi haqida ham tushuntirish beradi.
79
Do'stlaringiz bilan baham: |