Foydali qazilmalarning genetik va sanoat turlari


 KOLCHEDAN KONLARINING HOSIL BO‘LISH JARAYONLARI



Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/160
Sana12.02.2022
Hajmi7,65 Mb.
#445309
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   160
Bog'liq
FOYDALI QAZILMALARNING GENETIK.2019

11. KOLCHEDAN KONLARINING HOSIL BO‘LISH JARAYONLARI 
 
Kolchedan
– temir, mis, margimush, nikel, kobalt, kalay metallarining 
oltingugurtli 
birikmalari, 
biosulfidlari, 
kamroq 
monosulfidlari va ba’zan 
sulfotuzlarining yig‘ma umumiy nomi. 
Kolchedanlar (yunon. Chalkedon – Kichik Osiyodagi kadimgi yunon shahri) – 
rudali minerallar, temir, mis, kobalt, nikel va boshkalarning oltingugurt, surma va 
margimushli birikmalari. 
Kolchedanlarning oltingugurt (pirit) FeS
2
, mis (xalkopirit) CuFeS
2
, margimush 
(arsenopirit) FeAsS, kobalt (lineit) Co
3
S
4
. Nikel (nikelin) NiAsS va boshqa turlari 
ma’lum. Kolchedanlar qattiq, metalldek yaltiroq, murakkab kompleksli rudadir. 
Masalan, mis va mis-rux kolchedanida 42% oltingugurt, 35% temir, bir oz mis, rux, 
juda oz miqdorda margimush, oltin, kumush, selen va tellur bo‘ladi. 


68 
O‘zbekistonda polimetall, qo‘rg‘oshin, mis-rux va boshka kolchedan konlari 
bor. Qoramozor, Kurama, CHotqol, Nurota, Zirabulok-Ziyovutdin, Xisor, Zarafshon 
tizma tog‘laridagi konlar bunga misoldir. Kolchedanlar metallurgiya sanoati uchun 
muhim ahamiyatga ega. Ulardan, asosan, oltingugurt, mis, rux, kumush, oltin, tellur 
va boshqalar olinadi. 
 
Kolchedanlarning keng tarqalgan turlari – oltingugurtli kolchedan – FeS
2
(pirit), mis kolchedani – CuFeS
2
(xalkopirit). Pirit tarkibida 53,4% oltingugurt, 46,6% 
temir mavjud. 
Kolchedan 
konlari 
turli 
geologik 
jarayonlar, 
masalan: 
magmaning 
kristallanishida (mis-nikelli kolchedan) va skarnlarning paydo bo‘lishida (mis, oltin 
kolchedani) hosil buladi. 
Kolchedanlar vulqon mintaqalari orasida uzunligi bir necha 1000 km li uyumlar 
hosil qiladi. Vulqon otilishidan chiqqan eritmalar katta miqdorda metallarni olib 
chiqadi, ular oltingugrt bug‘lari bilan birikib sulfidli kolchedan konlarini g‘osil qiladi. 
Kolchedan konlari dunyo bo‘yicha keng tarqalgan. 
O‘zbekistonda – Olmaliqda, polimetall, qo‘rg‘oshin, miss-rux va boshqa 
kolchedan konlari mavjud. Kolchedanlar metallurgiya sanoati uchun muhim 
ahamiyatga ega. Piritdan, asosan, oltingugurt kislotasi olishda foydalaniladi. 
SHuningdek, uni qayta ishlash natijasida olinadigan oltin, kumush, nikel, kobalt, 
vismut va boshka kimmatbaho metallarning konsentratori ham hisoblanadi. 
Kolchedan konlar gruppasiga gidrotermal – metasamatik, gidrotermal-
cho‘kindi va ularning aralashgan konlari kiradi. Ko‘p yillar davomida bu konlar 
cho‘kindi konlar gruppasi tarkibida o‘rganilib kelingan. Faqat A.Zavaritskiyning 
1930-1940 yillar davomida janubiy Ural xududidagi quyi devon ohaktosh va vulqon 
yotqiziqlari tarkibidagi temir-mis ma’danlarini o‘rganish oqibatida mustaqil konlar 
gruppasi deb tan olingan. Deyarli hamma kolchedan konlarining ma’danlari 
qandayholda va shaklda uchramasin, mineralogik tarkibi bir xil: pirit, pirrotin ba’zan 


69 
markaziy va bular bilan birga uchraydigan xalkopirit, bornit, sfalerit, galenit va 
boshqa sulfidlardan iborat bo‘ladi. 
Kolchedan konlarining uch xil sanoatbob turlari ma’lum: 1-Karelsk turi yoki 
oltingugurtli kolchedan konlari. Bu turdagi konlar asosan oltingugurt kislotasi olishda 
xom-ashyo sifatida foydalaniladi; 2-Ural turidagi miss-kolchedan konlari. Bu turdagi 
konlardan mis olinadi; 3- Altay turidagi ko‘pmetalli-kolchedan konlari. Bulardan mis, 
qurg‘oshin va rux metallari olinadi. Bazan bu turlardagi konlardan asosiy 
komponentlardan tashqari qo‘shimcha sifatida yana oltin, vismut, margamush, 
kadmiy, selen, tellur va boshqa elementlar ham olinadi. 
Er sharida deyarli hamma tektono-magnitik sikllarda hosil bo‘lgan kolchedan 
konlari ma’lum: arxey sikli bilan Kanada, AKSH va Rossiya (Korelsk) kolchedon 
konlari; proterazay davrida esa Rossiyaning deyarli hamma kolchedan konlari 
(SHimoliy Ural, Baykal ko‘li atrofi, Karpat tog‘larining orqa qismi va SHimoliy 
Tyan-SHan konlari), shuningdek Kanada, Xindiston, Marokash, JAR, SHvetsiya, 
Finlandiya kolchedan konlari va kaledan sikli bilan Buratiya, Garbiy Sayan, Djungar, 
Alatau, CHexoslovakiya, Eron, Norvegiya va boshqa konlar; Gersenidlar bilan esa 
Ural, Altay, Qozog‘istan, O‘rta Osiyo va Kavkazdagi kolchedan konlari bog‘liq. 
Madan yotqiziqlarining pastki va ustki kismlaridagi cho‘kindi tog‘-jinslar kon 
hosil kiluvchi gidrotermal eritmalar (flyuidlar) tasirida xloritizatsiya, seritsitizatsiya, 
piritizatsiya, okvarsevaniya va boshka avtometasamotik o‘zgarishlarga uchraydi. 
Genetik jixatidan kolchedan konlari evgsosinklinal burmalarning boshlang‘ich 
rivojlanish davrida, suv ostida submarin sharoitda sodir bo‘ladigan tarkibi bazalt-
liporit, vulkanik jarayonlar (formatsiyalari) bilan bog‘lik bo‘ladi (18-rasm). 


70 

Download 7,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish