Likvatsiya
– petrologiyada harorat pasayganida, metallurgik jarayonlarda
kuzatilganidek magmaning aralashmaydigan tarkiblarga aylanishi (natijada likvatsion
sulfid konlari vujudga kelishi mumkin.
Metamorfizm
– murakkab fizik-kimyoviy jarayon bo‘lib, Er qa’ridagi tog‘
jinslarining chuqurlikdagi flyuidlar, temperatura va bosim ta’sirida teksturaviy,
strukturaviy, mineralogik va kimyoviy o‘zgarishlarini o‘z ichiga oladi.
Propilitizatsiya
– propilitlanish, uncha chuqur bo‘lmagan sharoitlarda
vulkanogen qatlamlarida yuz beradigan karbonkislota va oltingugurtga boy
gidrotermal eritmalar ta’siridagi metasomatik o‘zgarishlar bo‘lib, oltin va kumush
konlarini aniqlashda darakchi belgidir.
Fatsiya
– litologik va paleontologik xususiyatlari bilan ajralib turuvchi turli xil
cho‘kindi tog‘ jinslarini belgilash uchun kiritilgan atama.
Do'stlaringiz bilan baham: |