18-rasm. Kolchedan konlarining hosil bo‘lishi jarayonlari (a); Urpin kolchedan koni; Ushnotan (v) (YAponiya) kolchedan koni. SHartli belgilar: 1-To‘rtlamchi davr yotqiziqlari; 2-andizit-bazalt, datsit vulkanik jinslar; 3-porfiritlar; 4-dengiz tubiga qadar otilib chiqqan vulkanlar; 5-andizit- bazaltvulqonlar; 6-zamin (fundament) tog‘-jinslari; 7-qadimiy terregen yotqiziqlar; 8-qadimiy gneyslar; 9-dengiz osti loyqa yotqiziqlar; 10-razlom (darz)lar; 11-ma’dan yotqiziqlari; 12- oxaktosh yotqiziqlari. SHuning uchun bu gruppa konlari ko‘pincha qadimiy ofeolit va regional
metamorfizm oqibatida xlorit-epidotlashgan (zelenoslansevaya fatsiya) cho‘kindi tog‘
jinslari tasmalari tarkibida uchraydi.
O‘zbekistondagi bu gruppaga kiradigan bitta «Xondiza» koni ma’lum. Bu kon
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo xududida Surxantau tog‘ining (G‘issor tog‘ining
janubiy-g‘arb tomoni) shimolida joylashgan. Dastlab bu kon ohaktosh qatlamlari
bilan bog‘langan, deb taxmin qilingan (19-rasm).