Foydali qazilmalarning genetik va sanoat turlari



Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/160
Sana12.02.2022
Hajmi7,65 Mb.
#445309
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   160
Bog'liq
FOYDALI QAZILMALARNING GENETIK.2019

Foydali qazilma uyumi
– sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan tabiiy mineral xom 
ashyoning er yuzasida yoki er ostida to‘planishi. 
Formatsiyalar
– bir xil geologik sharoitda paydo bo‘lib, o‘zaro birga hosil 
bo‘lishi jihatidan bog‘langan va yoshiga ko‘ra yaqin tog‘ jinsi, mineral va 
ma’danlarning tabiiy to‘plamlari. 
Elyuviy
– nurash jarayoniga uchragan va hosil bo‘lgan eridan siljimagan bo‘shoq 
tog‘ jinslari. 


77 
13. NURASH KONLARINING HOSIL BO‘LISH JARAYONLARI 
13.1. Nurash jarayoni 
Quyosh nuri, havo, suv va tirik mavjudotning aktiv ishtrokida er qobig‘ining 
ustki qismidagi tub jinslar doim o‘zgarib, emirilib turadi. Bu protsess nurash deb 
ataladi.
Haroratning o‘zgarib turishi natijasidagi emirilish – fizik-nurash deyiladi. 
Bunda asosan, haroratning sutkalik o‘zgarishi va suvning muzlashida kengayishi katta 
ahamiyatga ega. Ma’lum bo‘lishicha, muzning er yoriqlari devorlariga tasir kuchi 
6000 lg/sm
2
gachiqar ekan.
Nurash protsesslarining samarali bo‘lishida tektonik, ya’ni er qobig‘idagi 
darzliklarning kattaligi, ularning relefi va tog‘ jinslari yotqiziqlariga nisbatan 
yo‘nalishi kabi faktorlar ham katta ahamiyatga ega. 
Fizik nurash jarayonida jonli dunyo, ayniqsa o‘simliklar sezilarli ish bajaradi. 
Ular, birinchidan ildiz otib, suvning chuqurlikka kirib borishiga yordam bersa, 
ikkinchidan o‘zida nam saqlab nurash jarayonlari uchun qulay sharoit tug‘diradi.
SHamol tog‘lardagi yoriq va darzliklarga kirib qoluvchi qum va boshqa nurash 
mahsulotlarini o‘chirish bilan birga emirilishini ham bajaradi. Buni shamol eroziyasi 
yoki defilyasiyasi (lot. Defilyasiya – uchiraman) deyiladi. Nurash materiallari o‘z 
og‘irligi bilan pastga qulaydi va migratsiya agentlari yordamida yiroqlarga olib 
ketiladi. Bu jarayon denudatsiya (lot. Denuda –yalong‘ochlayman) deb ataladi.
Nurash hodisalarida dengiz ham katta ish bajaradi. Dengiz suv to‘lqinlari har 
qanday mustahkam toshlarni urib sindirish va ming tonnagacha og‘irliklarni 
dumalatib siljitishga qodir.
Tog‘ jinslarida havo qismlarida karbonat sulfat kislotalari va ularga boy bo‘lgan 
suv ta’sirida hosil bo‘ladigan kimyoviy o‘zgarishlar – kimyoviy nurash deyiladi.
Kimyoviy 
nurash 
protsesslarida juda muhim bo‘lgan oksidlanish 
reaksiyalarining bajarilishida asosiy agent kislaroddir. Korbanat, sulfat, organik, 
gumus kislotalarini va boshqa kislotalar ba’zi slikatlarni suvda eruvchi korbanat va 


78 
sulfat birikmalariga aylantirib turish aktiv ish bajaradi. Bu kislotalar sulfatlarning 
oksidlanishidan va organizmlarning chirishidan hosil bo‘ladi. 
Organizmlar asosan o‘simliklar va bakteriyalar kislorod ishlab chiqaradi va 
uning bir turidan ikkinchi turiga o‘tib turishi ta’minlangan, hamda o‘lish natijasida 
o‘zidagi vodorod tog‘ jinslarining kationlariga (metallariga) almashib, muhitni 
agressiv kislotalarga boyitib beradi.
Kimyoviynurash jarayonida temperatura hamkatta rol o‘ynaydi. Ma’lum 
bo‘lishicha vodorodning 10
o
S ga oshishi gidroliz reaksiyasini 2-2,5 marta tezlashtirar 
ekan (N.Straxov). 
Gidrotlanish o‘z yuzasiga suv shimib ushlab tura oladigan adsorbent minerallar 
sistemasiga xosdir. Bunda shimilgan suv miqdori shimish yuzasi va muxitdagi bug‘ 
bosimiga bog‘liq bo‘lib, u mineralning kristallik tugunlarigakirish (gidroksid suv) 
qattiq eritmalar hosil qilish (kristall gidrad suvlari) mineral to‘qimalarning oraliq 
kanallariga joylanishi (siolitsuvi) shimilgan (adsorbsion) suv holida bo‘lishi mumkin. 
Alyuminiy, marganets va temir oksidlari ana shunday hususiyatlarga egadir. 
Gidrolizlanish suvning parchalanishi natijasida ajralgan va dorodioni bilan tub 
jinslarning asoslari o‘rtasidagi almashinuv reaksiyasini xarakterlaydi. Buprotses rN 
soni, kislotalar miqdori va suv haroratining ortishi bilan kuchayadi. Bunda silikatlar 
o‘rnida gil minerallari, temir, marganets, alyuminiy oksidlari va gidrooksidlari hosil 
bo‘ladi. 
Dioliz gilning o‘z tarkibidagi metall kationlarini diffuziya yo‘li bilan tarqatib, 
«tozagil» holiga kelishini xarakterlovchi jarayondir.
Kimyoviy nurash tub jins minerallarining tarkibiga bog‘liq. Bunda asosli va 
magnezial minerallar nordon va temirlilarga qaraganda tezroq nuraydi.

Download 7,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish