Foydali qazilmalarning genetik va sanoat turlari



Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/160
Sana12.02.2022
Hajmi7,65 Mb.
#445309
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   160
Bog'liq
FOYDALI QAZILMALARNING GENETIK.2019

Sof tug‘ma oltin – Au. 
Oltin kimyoviy sof xolda juda kam uchraydi. 
Aralashma sifatida ko‘pincha kumush keladi (15% gacha). Tarkibidagi mis, palladiy 


136 
va vismutning miqdoriga bog‘liq ravishda oltinning quyidagi xillari ma’lum: misli 
oltin (kuproaurit) – mis miqdori 20% gacha bo‘lishi mumkin, palladiyli (porpetsit) – 
palladiy miqdori 5 dan 10% gacha, vismutli (bismutoaurit) – vismut miqdori 4% 
gacha. Singoniyasi kubik, simmetriya ko‘rinishi geksaoktaedrik – 3L
4
4L
3
6L
2
9PC. 
Fazoviy gruppasi: a
0
=4.0699. 
Oltin kvars yoki ruda massasi orasida, ba’zan mikroskopda xam ajratish qiyin 
bo‘lgan, mayda noto‘g‘ri shaklli xol-xol donalar xolida, plastinkasimon tarzda 
uchraydi. Daryo vodiylaridagi sochilmalarda qirralari edirilib silliqlangan bir necha 
grammdan to bir necha o‘n kilogrammgacha bo‘lgan sof tug‘malari topilgan. 
Xozirgi paytgacha topilgan sof tug‘ma oltinning eng kattasi «Xolterman 
plitasi» deb atalib, uning tog‘ jinsi bilan og‘irligi 260 kg, tarkibidagi sof tug‘ma oltin 
93,3 kg ga teng bo‘lib, 1872 yil Avstraliyaning Xill-End konidan topilgan. Sof tug‘ma 
oltinning eng katta bo‘laklari «YOqimli notanish» (59,67 kg – 1857 yil) va «Kutilgan 
mexmon» (68,08 kg – 1869 yil) xam Avstraliyani Viktoriya provinsiyasida topilgan. 
Oltin kristallari kam uchraydi, lekin kumush va mis kristallariga nisbatan 
ko‘proq uchraydi. Ular asosan oktaedrik va romboedrik qiyofaga ega bo‘lib, ba’zan 
kub shaklida xam uchraydi.
Sof tug‘ma oltinning rangi tilla-sariq (kumushga boy xillari och sariq) bo‘ladi. 
CHizig‘i metallsimon sariq, yaltirashi metalldek, qattiqligi 2,5-3,0. Oltin eziluvchan 
va cho‘ziluvchandir. Ulanish tekisligi yo‘q. Solishtirma og‘irligi 15,6-18,3 (sof 
oltinniki 19,3 gacha etadi). U yuqori darajada issiqlik, elektr o‘tkazish xususiyatiga 
ega. 
Sof tug‘ma oltinni aniqlash uchun uning tilla-sariq rangi, eziluvchanligi, 
solishtirma og‘irligini yuqoriligi, qattiqligining kichikligi va xavoda o‘zgarmasligi 
xarakterli belgi bo‘lib xisoblanadi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 2,35; 2,03; 
1,226. kislotalardi erimaydi. Daxandam alangasida eriydi. (erish temperaturasi 
1062°S). 


137 
Oltinning asosiy sanoatbop konlari gidrotermal jarayonlar (tub konlar) va 
sochilma konlar (ikkilamchi konlar) bilan bog‘liq. Lekin oltin magmatikdan tortib 
cho‘kindi jinslargacha bo‘lgan tog‘ jinslarida aralashma sifatida uchraydi. Asosan 
nordon tog‘ jinslari bilan bog‘liq bo‘lgan gidrotermal konlarda oltin, kvars 
tomirlarida, turli sulfidlar (34-rasm) bilan birgalikda uchraydi. 
Mikroskopik tekshirishlarni ko‘rsatishicha, oltin boshqa minerallarga nisbatan 
keyinroq yuzaga kelib ko‘pincha mineral orasidagi darzliklarda uchraydi. 
Ko‘rinadigan oltindan tashqari juda mayda tarqoq xolda sulfidlarda uchraydigan 
«bog‘langan» oltin xam bo‘ladi. Bunday oltin asosan pirit va arsenopiritda uchrab, 
faqat ximiyaviy analizlar orqali aniqlanadi (Masalan: Ruminiyadagi Zlatna konidagi 
arsenopiritdagi oltin miqdori 0,07% yoki 700 g/m ni tashkil qiladi). 
Dunyodagi oltinni yirik gidrotermal konlaridan Rossiya, Avstraliya, YAngi 
Zelandiya, Amerikani g‘arbiy shtatlari, Kanada konlarini ko‘rsatish mumkin. Oltinni 
sochilma konlari esa Uralda, Sibirda, Avstraliyada, Amerikaning Kaliforniya shtatida, 
Janubiy Afrikada ma’lum.
O‘zbekistonda oltin juda qadim zamonlardan ma’lum bo‘lib, u juda ko‘p 
joylarda uchraydi. CHotqol-Qurama tog‘larida, Markaziy Qizilqumda, G‘arbiy va 
Janubiy O‘zbekistondagi oltin konlari ko‘p olimlar tomonidan o‘rganilib, to‘liq 
ma’lumotlar olingan. 
Oltin asosiy valyuta metalidir. U bezak ishlarida, zebi-ziynat buyumlari 
tayyorlashda, fizik va ximiyaviy asboblar ishlashda, meditsinada va boshqa soxalarda 
ishlatiladi. 


138 

Download 7,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish