146
berilliy, radiy, galliy, indiy, talliy, germaniy, vanadiy, niobiy, tantal, selen, tellur,
poloniy,
molibden, volfram, reniy, skandiy, ittriy, lantan va 14 lantanoid, aktiniy,
toriy, protaktiniy, uran va inert gazlardir.
Nodir elementlar nisbatan yangi yoki nisbatan kam o‘zlashtirilgan
elementlardir. Nodir elementlarning aksarisi Er po‘stida oz, ba’zilari ko‘p uchraydi,
hatto ularning Er po‘stidagi miqdori turmushda va texnikada eng ko‘p qo‘llanadigan
elementlarnikidan ancha ortiq ekanligi ma’lum. Masalan, bir vaqtlar “nodir”
hisoblangan titan elementining Er po‘stidagi
miqdori tabiatdagi uglerod, azot kabi
elementlarnikidan ancha ortiqdir. Barcha nodir elementlar Er po‘stining massa
jihatidan 0,2% ini tashkil qiladi. Tog‘ jinsining 1 t sida o‘rtacha 65 g litiy, 46 g seriy,
150 g vanadiy, 220 g sirkoniy bo‘ladi.
Nodir elementlar ko‘pincha Er po‘stida 2 ta, 3 ta, 4
ta element bilan birga
uchraydi. Masalan, I guruhga mansub litiy, rubidiy, seziy III guruhga oid selen, ittriy
kabi nodir er elementlari bilan, IV guruhga oid germaniy sirkon bilan, V guruhga oid
niobiy tantal bilan, IV guruh elementi – molibden esa volfram bilan birga uchraydi.
O‘rta Osiyodagi nodir elementlarning deyarli barchasi tarkibi murakkab
rudalarda uchraydi. Angren konidan qazib olinadigan ko‘mir tarkibida galliy,
germaniy, vanadiy,
molibden , reniy elementlari mavjud. Olmaliqdagi Qalmoqqir
metall konidagi rudalar tarkibida esa molibden, reniy kadi nodir elementlar uchraydi.
Bu elementlar juda oz miqdorda bo‘lganligi sababli ularni boyitish va ajratib
olishning samarali usullari va texnologiyalari hozircha ishlab chiqilmagan.
Navoiy
tog‘-metallurgiya kombinatiga qarashli xududlarda uran va boshqa aktinoid
elementlar bor. Bugungi kunda sanoat miqyosida faqat uran birikmalari ajratib
olinadi.
Nodir elementlardan xalq xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan
qotishmalar olishda, optik asboblar va boshqalar yasashda keng foydalaniladi.
Nodir
metallarning qotishmalari bu – nodir elementlar bilan boshqa elementlarni qo‘shib
suyuqlashtirish natijasida hosil bo‘ladigan qotishmalardir. Bunday qotishmalar uchun
147
umumiy xossalar – issiqbardoshlik, korroziyabardoshlik, olovbardoshlik va boshqalar.
Eng ko‘p ishlatiladigan nodir metallarning qotishmalar jumlasiga vanadiy
qotishmalari, volfram qotishmalari,
molibden qotishmalari, niobiy qotishmalari
qotishmalari, reniy qotishmalari,
tantal qotishmalari, sirkoniy qotishmalari va
boshqalar kiradi. Bu qotishmalar mashinasozlik,
asbobsozlik, raketasozlik va
sanoatning ko‘pgina boshqa tarmoqlarida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: