16-rasm. Muruntov ma’danli maydonining soddalashtirilgan sxemasi.
SHartli belgilar: 1-qadimiy ohaktosh yotqiziqlari; 2-Besopan qatlami;
3-Ma’danli maydonda joylashgan konlar: 1-Muruntov; 2-Myutenboy; 3-Triada;
4-Besapantov; 5-Boylik; 6-SHarqiy-Besopan; 7-Toshko‘mir; 4-Kar’er chegarasi;
5-Regional yotqiziqlar.
Kon maydonining birlamchi strukturasi-Muruntov burmasi bo‘lib, keyinchalik
yo‘nalishi bo‘ycha mayda-mayda bo‘laklarga parchalangan. Madanli tanalar
shtokverk shaklidagi har-xil yo‘nalishdagi kvars-oltin tomirlaridan iborat.
Tomirlar atrofidagi cho‘kindi tog‘ jinslari yuqori xaroratli gidrotermal
jarayonlar oqibatida har-xil darajadagi kantakt-metamorfizimga uchiragan: oqibatda
rogoviklar va asosiy ma’dan minerallari oltin, sheelit va kvars assotsiatsiyasi
joylashgan tomirsimon kvars biotit - dala shpati metasamotitlari hosil bo‘lgan. Bular
ichida biotitli, muskovit-andoluzitli va andoluzit-kordieritli turlari ajiratiladi.
61
Do'stlaringiz bilan baham: |