56
(SnO
2
), stanin (Cu
2
FeSnS
4
), molibdenit (MoS
2
), uraninit (U
2
UO
7)
, nasturin (U
2
UO
7
)
va boshqalar tashkil etadi. Bulardan tashqari, bu klass konlarida bir qancha noma’dan
foydali qazilmalar: talk, magnezit, xrizotil-asbest, tog‘ xrustali
va tomir minerallari-
kvars, barit, karbonatlar ham uchrab turadi.
Qora minerallarga boy bo‘lgan o‘rta magmatik jinslar xloritlanadi. Bu hodisa
natijasida jinslar tarkibidagi temir hisobiga xlorit, slyudalar paydo bo‘ladi. Ayrim
(miss, qurg‘oshin, rux) konlarida karbonatlanish ham yuz beradi.
Agar qurshovchi
jinslar loyqa katlamtosh, arkoz-qumtosh bo‘lsa kvarslanish va boshqa o‘zgarishlar
yuz berishi mumkin.
O‘ta asosli jinslarda, ikki tur o‘zgarish (serpentinlanish va listvenitlanish) sodir
bo‘ladi. Serpentinlanish – o‘ta asosli jinslarning magnezial silikatlari xisobiga
serpentinlar paydo bo‘lishidir. Listvenitizatsiya deganda o‘ta asosli magmatik
jinslarning silikatlari (olivin, piroksen) eritmalar ta’sirida
parchalanib, o‘rinlariga
temir va magnititli karbonatlar, kvars, fuksit hosil bo‘lishi tushuniladi. Bu o‘rta
temperaturali gidrotermal konida bir emas, balki bir necha turi birdaniga sodir bo‘lishi
mumkin.
O‘rta temperaturali gidrotermal konlari ona magmatik jinslarning bag‘ridangina
joy olmasdan, ulardan ancha o‘zokda yotgan turli (cho‘kindi va metamorfik) jinslar
ichida joylanishi ham mumkin. Bu turdagi konlar metasomatik yo‘llar
bilan yoki
ochiq darzlarga joylanish yo‘llari bilan yuzaga kelib, oddiy va murakkab tomir, linza,
shtok, shtokverk, ustun, qatlam va boshqa shakllarga ega bo‘ladi.
Bu turdagi konlar tabiatda ko‘p tarqalgan bo‘lib, ular ichida turli ma’danli
formatsiyalar ajratiladi:
1)oltin sulfidli formatsiyasi. Bu formatsiya konlari O‘zbekiston (Muruntov),
Qozog‘iston (Stepnyak) va AQSH (Materinskaya jila) da topilgan;
2) mis-molibden formatsiyasiga O‘zbekistondagi Qalmoqqir, Qozog‘istondagi
Kounrad, AQSH dagi Bingxem va boshqa konlar kiradi;
57
3) sof molibden formatsiyasi. Bu formatsiya kam uchrashiga qaramay, tabiatda
juda kata konlar hosil qiladi (AQSH dagi Klyaymaks koni);
4) polimetall (Pb, Zn) formatsiyasi juda keng tarqalgan formatsiyalardan biri
hisoblanib, Rassiyadagi Takeli, Sadon, Gorevskoe, Leninogorskoe, Timinskoe va
boshqa konlarni o‘z safida uyushtiradi. Bu formatsiya
boshqa davlatlarda ham eng
ko‘p tarqalgan formatsiyalar qatoriga kiradi;
5)xrizotil-asbest formatsiyasini tashkil etuvchi konlar Ural, Kanada va
Rodeziyada uchraydi;
6)tog‘ xrustali formatsiyasi (Pamir, Aldan va boshqa erlarda uchraydi) ham shu
temperaturali gidrotermal konlari bilan bog‘liq. Bulardan tashqari bu klass konlarda
barit (Salayir, Oltoy), Miaskit (Uralda), flyuorit (Obiraxmat, Takob-O‘rta Osiyoda),
magnezit (Satka-Uralda) formatsiyalari ham ko‘p uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: