Nazorat savollari
Albitit koni deb nimaga aytiladi?
Greyzen koni deb nimaga aytiladi?
Albitit va greyzen konlarida qanday tog‘ jinslari uchraydi?
Albitit va greyzen konlaridagi asosiy minerallarni sanab bering?
O‘zbekistondagi albitit va greyzen konlarini aytib bering.
Glossariy
Albitlashuv
– asosan silikatli va alyumosilikatli minerallar hisobiga metasomatik
va ko‘p hollarda gidrotermal yo‘l bilan albitning hosil bo‘lishi.
Greyzen
– granit va boshqa nordon tog‘ jinslaridan tuzilgan, er qobig‘ining
ma’lum qismida pnevmatolit-gidrotermal jarayonlar natijasida o‘zgarishidan hosil
bo‘lgan tog‘ jinsi.
Magma
– erigan yuqori haroratli suyuq modda. Er po‘stida yoki yuqori
mantiyada hosil bo‘ladi. Sovib kristallanganda magmatik tog‘ jinslarini tashkil qiladi.
Magmatizm
– geosinklinal va platforma xududlarining shakllanishida effuziv
(vulkanizm) va intruziv (plutonizm) jarayonlarini birlashtiruvchi atama.
Metamorfizm
– murakkab fizik-kimyoviy jarayon bo‘lib, Er qa’ridagi tog‘
jinslarining chuqurlikdagi flyuidlar, temperatura va bosim ta’sirida teksturaviy,
strukturaviy, mineralogik va kimyoviy o‘zgarishlarini o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |