Nazorat savollari
Ma’dan va noma’dan foydali qazilmalar morfologik tasniflashga qarab qanday
turlarga ajratiladi?
Ma’dan va noma’dan foydali qazilmalar kimyoviy texnologik tasniflashga qarab
qanday turlarga ajratiladi?
Ma’dan va noma’dan foydali qazilmalar genetik tasniflashga qarab qanday turlarga
ajratiladi?
Endogen seriyasiga kiruvchi konlarni ayting.
Ekzogen seriyasiga kiruvchi konlarni ayting.
Metamorfogen seriyasiga kiruvchi konlarni ayting.
Glossariy Genezis – geologiyada tog‘ jinslari va foydali qazilma konlarining ma’lum
sharoit va geologik jarayonlar ta’sirida hosil bo‘lishi.
Genetik tasnif – geologik hosilalarning genetik belgilarga asoslangan tasnifi.
Hosilalarning biror bir guruhini ajratish uchun uni paydo qilgan dastlabki modda yoki
uning hosil bo‘lishiga sabab bo‘lgan jarayon va sharoitlar asosiy mezon sifatida
olinadi.