Toriyli minerallar
– toriy oksidi (torianit) va toriy silikati (torit) tabiatda kam
tarqalgan. Ular granit, sienit va pegmatitlarda aksessor minerallar sifatida uchraydi.
Uran va toriy tarkibli minerallar
– titanatlar (davidit), titanotantalniobatlar
(samarskit, kolumbit, piroxlor), fosfatlar (monatsit), silikatlar (sirkon) – otqindi va
cho‘kindi tog‘ jinslarida ko‘plab tarqalgan bo‘lib, ularning tabiiy radioaktivligiga
sababchidir. Radioaktiv minerallarning ko‘pchiligi metamikt (aralash) holatda bo‘ladi.
Avtoradiogrammalar hosil qilish radioaktiv minerallarga xos xususiyatdir. Radioaktiv
minerallarda barqaror izotoplarning bo‘lishi ulardan geologik hosilalarning mutlaq
geologik yoshini aiqlashda foydalanishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |