Nazorat savollari
Qaysi tog‘ jinslari tabiiy qurilish materiallariga kiradi?
Tog‘ jinslari qanday xossalari uchun ishlatiladi?
Tabiiy qurilish materiallari konlariga misol keltiring.
Sun’iy qurilish materiallari qanday guruhlarga ajratiladi?
Sun’iy qurilish materiallari konlari va sanoat turlarini ayting.
Bog‘lovchi moddalarga qaysi tog‘ jinslari kiradi?
Qum va shag‘al qaysi sohalarda ishlatiladi?
Gillarga ta’rif bering. Kaolin nima?
Gillarning qo‘llanish sohasi va sanoat tipidagi konlarini ayting.
Glossariy
Tabiiy tosh qurilish materiallari – donali toshlar (turli o‘lchamdagi bloklar, qayta ishlovdan so‘ng bezak toshlar sifatida, yo‘l qurilishi uchun qo‘llaniladi; aniq shaklga ega bo‘lmagan yalpi tosh mahsuloti (portlatish va sun’iy maydalash natijasida olinadi).
Sun’iy tosh qurilish materiallari – bog‘lovchi moddalar (sement, gips va ohak) uchun xom ashyo sifatida ohaktosh, gillar, mergel, gips ishlatiladi, o‘tga chidamli materiallar, sopol, shisha va silikatli g‘isht hom ashyosi hisoblanadi.
24. KIMYOVIY VA ORGANIK XOM-ASHYOLARNING
SANOAT TURLARI
24.1. Mineral tuzlarning konlari va sanoat turlari
Mineral tuzlarga quyidagi minerallar kiradi: NaCl-galit, KCl-silvin, MgCl2 ·6H2O oq bishofit, poligalit, karnolit, kaynit, mirabilit, langebeynit, tenardit va boshqalar. Bularning barchasining rangi tiniq, oqish va yaltiroq bo‘ladi. Agarda qo‘shimchalar bo‘lsa-pushti, qo‘ng‘ir, qoramtir bo‘lishi mumkin. Minerallarning qattiqligi 1-2. Barchasi suvda yaxshi eriydi. Tuzlar asosan kimyoviy cho‘kma sifatida hosil bo‘ladi. SHuning uchun ularning konlari asosan ekzogen cho‘kindilar hisoblanadi.
Sanoat miqyosida qazib olinadigan konlar asosan qadimgi davrda suv havzalarida hosil bo‘lgan va keyin qatlamlar ostida ko‘milib ketgan konlardir. Tuz to‘plamlarining birlamchi shakli qatlam shaklida bo‘ladi. Ularning qalinligi bir necha santimetrdan 500-1000 metrgacha. Ular juda katta maydonlarda tarqalgan bo‘ladi. Agarda tektonik kuchlar ta’sir etsa, tuz qatlamlari gumbazlarni tashkil etadi.
Tuz konlari ochiq holda, burg‘i quduqlari orqali eritilib yoki lahmlar kavlab o‘tish yordamida qazib olinadi. Hozirgi paytda suv havzalarida paydo bo‘layotgan tuz konlari ikkinchi o‘rinda turadi. Ular ham qatlam, ba’zan linza shaklida yotadi. Kimyoviy tarkibi bo‘yicha tuzlar xlorid-sulfatli, xloridli (Qrim ko‘llari, Bosqunchoq, Elton ko‘li), sulfatli (Qorabo‘g‘ozgul, Kaspiy dengizi) va sodali (Kulundi ko‘llari) bo‘ladi.
Solikam tuz koni Rossiyaning Perm gubernyasida joylashgan. Tuz qatlamlarining o‘rtacha qalinligi 300-400m. Kimyoviy tarkibi bo‘yicha kaliyli silvin tuzlaridir (KCl-23%, MgCl2 -30%). Ulardan tashqari angidrit va gillar uchraydi. Zahirasi behisob.
Bosqunchoq koni Rossiyaning Volgograd gubernyasida joylashgan. Kon tuz va gil qatlamlarining qatlamlanishidan iborat. Antiklinal burmalarga burilgan. Bulardan tashqari qizg‘ish qumtosh va konglomeratlar uchraydi. Bu kon yuzasi 1154 km2 bo‘lgan ko‘llardan iborat. Tuz 5-10 m qalinlikdagi ko‘l tubidagi qatlamdan qazib olinadi. Ko‘lning yon atrofidagi gips qatlamlaridan sizib chiquvchi ko‘p sonli buloqlar tuz bilan ta’minlaydi.CHet ellarda tuz konlari Germaniya, AQSH, Fransiya, Ispaniya, Efiopiyada mujassamlangan. Turkmanistonda (Gaurdak), O‘zbekistonda (Xo‘jaikon) ham yirik tuz konlari mavjud. Tuzlar xilma xil bo‘ladi: galit (osh tuzi), silvin, karnallit, mirabilit.
O‘g‘it sifatida kaliyli tuzlarning 95%, natriyli tuz oziq ovqat sanoatida, kimyoda, teri va lak-bo‘yoq sanoatida, karnallit magniy metali va engil qotishmalar olish uchun ishlatiladi, bundan tashqari soda va xlor olishda qo‘llaniladi (38 – 39 rasmlar).
Do'stlaringiz bilan baham: |