Tovushning kuchi- 1sm2 maydondan 1sekundda ota’digan energiya miqdori. U detsibel
bilan o‘lchanadi.
Tovush tembri- tovushning asosiy ton (ovoz) va yordamchi tonlar (obertonlar)
qo‘shilmasidan tarkib topuvchi sifati.
Spektograf- tovush formantlarini aniqlovchi maxsus apparat.
Tovush cho‘ziqligi- tebranishning oz yoki ko‘p vaqt davom etishi.
Tovushning sifat belgilari- tovushning balandligi, kuchi (intensivligi), tembri.
Brok markazi - bosh miya qobig‘idagi markaziy nerv sistemasiga kiruvchi nerv
xujayralarining bir turi. .
Eshituv markazi - bosh miya qobig‘i tizimiga kiruvchi nerv xujayralarining yana bir turi.
U eshitish a`zolaridan keladigan ta`sirni idrok etadigan nerv markazi sanaladi.
Artikulyatsiya - nutq a`zolarining nutq tovushlarini hosil qilishdagi harakati va holati.
Do'stlaringiz bilan baham: |