Fonetika tilshunoslikning mustaqil bo’limi bo’lib yunoncha so’zdan olingan fone- tovush, tika- quti yani tovushlar qutisi ma’nisini ifodalaydi.
Og’zaki nutqning tovushlar tizimini o’rganadigan tilshunoslik bo’limiga fonetika deyiladi. 3. Bu bo’limda nutq tovushlari ularning tasnifi, bo’g’in, urg’u, fonetik hodisalar va ularning turlari o’rganiladi.
NUTQ TOVUSHLARI HAQIDA MA’LUMOT
1. Ma’lumki tovushlar 2 xil bo’ladi:
tabiiy tovushlari
inson nutq tovushlari 2. Tabiatdagi insondan tashqari paydo bo’lgan barcha tovushlar tabiiy tovushlar deyiladi.
Inson nutq a’zolari harakati yordamida ma’lum maqsadda talaffuz qilingan tovushlar esa nutq tovushlari deyiladi.
Og’zaki nutqning eng kichik boshqa mayda bo’laklarga bo’linmaydigan qismiga nutq tovushlari deyiladi.