UNLI TOVUSHLAR TASNIFI
Hozirgi o’zbek tilida unli tovushlar 6 ta ya’ni: a, o, e, o’, i, u
Alifbomizda unlilarni ifodalash uchun 6 ta unli harf mavjud.
Unli tovushlar tilshunoslikda 3 tomonlama tasnif qilinadi.
tilning gorizontal holatiga ko’ra
tilning verikal holatiga ko’ra
lablarning ishtirokiga ko’ra
I. TILNING GORIZONTAL(YOTIQ) HOLATIGA KO’RA UNLILAR TASNIFI
1. Unli tovushlar tilning gorizontal holatiga ko’ra 2 xil bo’ladi a) til oldi
b) til orqa
Til oldi unlilarini talaffuz qilganda tilning old qismi ko’proq harakatda bo’ladi.Til tishlarga yaqinlashadi.- i, e, a
Til orqa unlilari talaffuz qilganda esa aksincha til tishdan uzoqlashib nisbatan orqaga tortiladi.-u, o’, o
Do'stlaringiz bilan baham: |