Fonetika Hurmatli bo‘lajak talabalar, bugun sizlar bilan fonetika bo'limini boshlaymiz avvalo, sizlar (avval tayyorlangan bo'lish-bo'lmasligingizdan qat`i nazar) quyida berilgan savolni ishlashga harakat qilib ko‘rasizlar


SAVOL: To'kilmoqda tomchilab umr



Download 2,39 Mb.
bet21/49
Sana19.02.2022
Hajmi2,39 Mb.
#459452
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   49
Bog'liq
fonetika (3)

SAVOL:
To'kilmoqda tomchilab umr
Malaklarning gul kosasidan.
Berilgan she'riy parchadagi to'rtta morfemada iborat so'z(lar)ning sintaktik vazifasini aniqlang.
A) hol. B) kesim, hol.
C) kesim. D) aniqlovchi, kesim
Avval tayyorlangan abituriyentlar quyidagi bo`sh o`ringa ushbu tesni tahlil qilib yeching, avval tayyorlanmaganlar esa mavzu yakunida tushinib olishadi.

Sizlardan iltimos, testni ishlashda shoshilmang, ushbu savolda abituriyentlarning ko'pchilgi "yetakchi morfemani ham tahlilga tortish"ni muhiiim deb bilgan bo'lsa, adashadi. Chunki e'tibor bergan bo'lsangiz, yetakchi morfema tahlilga tortilmasa, hech bir javob chiqmaydi. Bu savoldagi asosiy maqsad -moqda” yaxlit zamon qo'shimchasini "-moq" + "-da" kabi alohida ikkita qo'shimchali holatdan farqlay olasizmi, ya'ni so'zning ma'noli qismlarini vaziyatga qarab to'g'ri ajrata olasizmi? Shuni aniqlashtirish savolda ko'zda tutilgan asosiy maqsad edi. To'g'ri javob: A. Chunki "to'kilmoqda" so'zi tarkibida “-yapti” qo`shimchasi bilan almashina oladigan yaxlit(ajralmas) “–moqda” zamon qo`shimchasi mavjud, ya'ni ushbu so'zda uchta morfema mavjud: to'k(yetakchi morfema)+il(ko`makchi morfema)+moqda(ko`makchi morfema).


"Tomchilab" so'zi tarkibida rostdan ham to'rtta morfema mavjud: "tom(yetakchi morfema)+chi(ko`makchi morfema)+la(ko`makchi morfema)+b(ko`makchi morfema)" va bu so'z matnda HOL vazifasini bajargan.
JAVOB: A. edi.

Biz endi "MORFEMAGA AJRATISHDA E'TIBORLI BO'LISHIMIZ KERAK BO'LGAN HOLATLARNI" birma-bir o'rganamiz: 👇👇👇



  • -lan (yaxlit fe'l yasovchi qo'shimchasi) g'ururlanmoq, afsuslanmoq, shodlanmoq.

  • -la + n (bu holatda fe'l yasovchi "-la" va nisbat qo'shimchasi "-n" kabi ikkita qo'shimcha mavjud) tayyorlangan, ayblanmoq, o'ylanib, ......

  • -lash (yaxlit fe'l yasovchi) suhbatlashmoq, xayrlashgan, birlashgach.....

  • -la + sh (fe'l yasovchi "-la" va "-sh" nisbat yoki "-sh" harakat nomi) so'zlashgan, tozalashsin, yig'lashmasin, isbotlashning.......

  • -lar (yaxlit otning ko'plik shakli) insonlar, tomchilar, varaqlar, o'ylar, fikrlar, gullar......

  • -la + r (bunda fe'l yasovchi -la va shakl yasovchi -r) tomchilar, varaqlar, o'ylar, gullar, ......

Yuqoridagi bir xil berilgan misollar(gullar, o'ylar, ...) tarkibidagi morfemalar miqdori matnda bilinadi yoki savollarda so'z oxirida qavs ichiga turkmi yozilganida aniqlanadi:
Stol ustidagi VARAQLAR sochilib yotardi. (Ot tarkibida -lar yaxlit).
Ukam tuni bilan kitob VARAQLAR, hisobsiz testlar yechardi. (Fe'l tarkibida fe'l yasovchi -la va zamon -r mavjud)
-lab (yaxlit chama son qo'shimchasi, lug'aviy) minglab, yuzlab, millionlab......

  • -lab (yaxlit so'z yasovchi - ravish yasovchi) tonnalab, saharlab, oylab, yillab...

  • -la + b (fe'l yasovchi -la va lug'aviy ravishdosh -b) anglab, ifodalab, yig'lab.....

  • -ir (yaxlit fe'l yasovchi) gapirmoq

  • -ir (yaxlit orttirma nisbat) bitirmoq, uchirgach, pishirmasin....

  • "-i" + "-r" (fe'l yasovchi "-i" va zamon "-r") tinchir edi, mendan besabab ranjir edi, bir yilda boyir emish, sal shamoldan ko'chasi changir ekan.

  • -ish (birgalik nisbat) bajarishdi, olib kelishsin......

  • -ish (harakat nomi) bajarishning, olib kelishini.....

  • -i + -sh (fe’l yasovchi “-i” va lug'aviy “-sh”: birgalik nisbat yoki harakat nomi)

Juda tez boyishning siri nimada?
Hamkasblarim mendan ranjishdi.
ESLATMA: Birgalik nisbat -sh, -ish qo'shimchalari va harakat nomi -sh, -ish qo'shimchalari birbir-biridan juda oson farqlanadi. Agar o'zidan keyin zamon, shaxs-son, mayl, bo'lishsizlik kabilarni qabul qilgan bo'lsa, birgalik nisbat hisoblanadi. Agar -sh, -ish qo'shimchalari o'zidan keyin egalik, kelishik, bog'lamalarni yoki ko'makchilarni(bilan, uchun, haqida....) qabul qilgan bo'lsa, harakat nomi qo'shimchasi hisoblanadi. (Bu haqida hali omonim qo`shimchalar mavzusida batafsil fikrlashamiz.)

  • -ar (yaxlit fe'l yasovchi) ko'karmoq, qizargach, bo`zarmoq....

  • -ar (yaxlit zamon qo'shimchasi) Nabiramni ham olib kelarsiz. Ahvolimga kular edingiz. Ukangiz, balki, ertaroq qaytar.

  • -ar (yaxlit lug'aviy sifatdosh) Aytar so'zim qolmadi. Qaytar dunyo hech kimni ayamaydi. Kuylasangiz, uchar qushlar parvozni ham to`xtatar.

  • -ar (yaxlit lug'aviy, orttirma nisbat qo'shimchasi) ukam qaytdi - ukamni qaytardim. Yangi maqolasi chiqdi - yangi maqolasini chiqardi. (Bu qo'shimcha haqida hali ko'o'o'p gaplashamiz....😜)

  • -a + -r (bunda ajraluvchi fe'l yasovchi “-a” va zamon qo'shimchasi “-r” edi.)

Jon kerakmi? Mana, ol endi,
QIYNAR(qiyin + a + r) bo'lsang, qiynab to'yding-ku.
Tun-u kun hovlida O'YNAR edik. (o`yin + a + r)
SANAR (son + a + r) edi

  • -ib (ravishdosh) ishlatib qo'ymoq, xo'rsinib qo`ydi, qo`rqib ketmoq...

  • -ib (-man, -miz, -san, -siz kabi shaxs-sonlardan oldin kelsa, zamon qo'shimchasi hisoblanadi) eshitibman, bajaribsiz, qaytargansan...

  • -i + -b (bunda “-i” fe’l yasovchi va “-b” shakl yasovchi) Bemavrid ranjibsan, ularning janjali tinchib ketdi, boyib ketdi...

  • -ayotgan (undosh bilan tugagan fe'llarga qo'shiladigan sifatdosh qo'shimchasidir) olib kelayotgan mahsulotlaringiz, kulayotgan inson, ishlanayotgan masala...

  • -a + yotgan (bunday holda -a fe'l yasovchi hamda -yotgan qo'shimchasi unli bilan tugagan fe'llarga qo'shiladigan sifatdosh qo'shimchasi hisoblanadi: o'qi+yotgan) qiynayotgan savollar, yashayotgan insonlar, o'ynayotgan bolalar..... o'yin+a+yotgan.....

  • -sat (yaxlit orttirma nisbat). Eslatma: bu qo'shimcha faqat "ko'rmoq" fe'liga qo'shiladi va ayrim abituriyentlar "ko'rsatmoq" fe'lining tarkibidan shart mayli -sa va orttirma nisbat -t kabi qo'shimchalarni ajratishadi. Bu xatoooo, chunki MAYL QO'SHIMCHALARI hech qachon NISBAT QO'SHIMCHALARIdan oldin kelmaydi:

ko'rsatmoq=ko'r+sa+t+moq. Xato tahlil.
ko'rsatmoq=ko'r(yetakchi morfema)+sat(ko`makchi morfema)+moq(ko`makchi morfema). To'g'ri tahlil.

  • -sa + -t. (Bunday ajaraladigan hollarda -sa fe'l yasovchi va -t orttirma nisbat hisoblanadi) Ishchilarni suvsatmoq. Suv+sa+t+moq

  • -aylik (undosh bilan tugagan fe'llarga qo'shiladigan buyruq mayli qo'shimchasi) Biroz suhbatlashaylik. Muammolarni birma-bir aytaylik, gaplarni eshitaylik.

  • -a + -ylik (bunday holda -a fe'l yasovchi hamda -ylik unli bilan tugagan fe'llarga qo'shiladigan buyruq mayli qo'shimchasidir) Tinch-xotirjam yashaylik. Keling, birga o'ynaylik. (o'yin+a+ylik)

  • -ay (undosh bilan tugagan fe'llarga qo'shiladigan buyruq mayli qo'shimchasi) Men ham borib kelay. Ozroq suhbatlashay. O`zim yordamlashay....

  • -a + -y (bunday holda -a fe'l yasovchi hamda -y unli bilan tugagan fe'llarga qo'shiladigan buyruq mayli qo'shimchasi) Pulni o'zim sanay. (🙈🙈😜😜). Ozroq playsteshin o'ynay. 😉😉😉

  • a + -y (bunday holda -a fe'l yasovchi va -y zamon qo'shimchasi. -man, -miz, -san, -siz qo'shimchasi -y zamon qo'shimchasdan keyin kelishi kerak) Salqin havoda o'ynaymiz. Xorijda yashaysanmi?

  • -a + -y (bunday holda -a fe'l yasovchi va -y ravishdosh bo'la oladi. Bunday holda ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasining yetakchi fe'li bo'lib keladi) Ishchilarning ro'yxatini sanay olaman. Shundan so'ng tinch yashay boshladi. Meni asossiz qiynay olmaysiz. ......

  • -moqda (yaxlit hozirgi zamon qo'shimchasi) ESLATMA: bu qo'shimcha, albatta, fe'l kesim tarkibida keldi va -yapti(-yap) kabi hozirgi zamon qo'shimchasi bilan erkin almashina oladi:

To'kilmoqda tomchilab umr,
Malaklarning gul kosasidan.
Ushbu matndagi "to'kilmoqda" so'zi "to'k(asos) +il (nisbat) +moqda (yaxlit zamon)" mana qarang:



Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish