Rivoyat - og‘zaki tarada aytib beriluvchi hikoya. Yuzaga kelishi va tarixiy asoslari juda qadimiy folklor, NMM namu- nalaridan biri, O'tmishda boiib oigan tarixiy hodisa yoki kech- mish voqeani badiiy to‘qima vositasida tasvirlovchi, hajman qisqa. an’anaviy shaklga ega boimagan asar.
Rivoyatlar ertak yoxud doston kabi qat’iy, an’anaviy uslubiy shaklga ega boimaydi. Shuning uchun rivoyatlarni maxsus ijrochi emas, istagan odam hikoya qilib berishi mumkin. Odatda, rivoyat- lar oddiy bir hikoyaehi bayonidan boshlanib, ogizdan-ogizga o‘tish jarayonida erkin tarzda talqin qilinadi va xuddi shu narsa ulaming og'zaki ijodga xos boigan asosiy xususiyatlaridan biri-variantlili- gini ta’minlaydi.
Afsona va rivoyatda tarixiy voqelik fantastika libosida boiadi. Ular o‘z shakliga ko‘ra sehrli ertaklarga yaqin turadi. Rivoyat bi- lan afsona o‘xshash boisa ham o‘zaro farqlarga egadir. Rivoyat- larda afsonaga nisbatan tarixiylik ustun turadi. Aksincha, afso-nalar rivoyatlarga nisbatan fantastik bo‘yoq va diniy elementlarga boy boiadi. To‘maris va Shiroq haqidagi rivoyat bunga raisol b o ia oladi.
Rivoyatlar g‘oyaviy va mavzu koiam i jihatdan rang-barangdir. Rivoyatlar, odatda, ixcham syujetga ega boiib, ikki, uch epizoddan iborat voqelikdan tashkil topadi va qat’iy kompozitsiyaga ega emas. Shuning uchun syujet voqealari, ko‘pincha, go‘yo tugallanmagan- dek, davomi bordek seziladi va tinglovchiga katta asardan uzib olin- gan bir lavha singari tuyuladi.
Rivoyatlarda tarixiy voqea va shaxslar bilan bogiiq boigan vo- qealar, kishilar hayoti, geografik makon - tog‘, dengiz, koi, sahro, shahar, qishloq, qal’a, saroy va hokazolarning paydo boiishi yoxud tanazzulga yuz tutishi haqida hikoya qilinadi. Binobarin, rivoyatlar u yoki bu voqea haqida xabar berishi va uni tasdiqlash vazifasini oiaydi. Rivoyatlarda milliylik va umuminsoniylik ulugianib, inson- parvarlik, ezgulik, yaxshilik tushunchalari vahshiylik, yovuzlik va yomon illatlarga qarama-qarshi qo'yiladi.
148
www.ziyouz.com kutubxonasi
Rivoyatlar tematikasiga ko'ra tarixiy va toponimik rivoyatga boiinadi.
Tarixiy rivoyatlar biror shaxs faoliyati yoki xalq qahramon- lari bilan bogiiq boigan voqealarni aks ettirib, axloq va odobning ideal normalarini tashviq etadi. To£maris, Shiroq, Alisher Navoiy, Ulug‘bek, Ibn Sino, Beruniy singari tarixiy shaxslar haqida yaratil- gan rivoyatlar shular jumlasidandir.
Tarixiy rivoyatlarni u yoki bu tarixiy shaxs yoki voqealar guvohi boiganlarning, ko‘rgan-bilganlarning esdaliklari asosida yuzaga kelgan, deyish mumkin. Bu narsa rivoyat janrining o‘ziga xos xu- susiyatini belgilaydi. Ba’zi tarixiy rivoyatlarda esa faktik voqealar- dan asar ham qolmay, faqat shaxs nomigina saqlanib qolishi ham mumkin. Ba’zan esa tarixiy shaxs sayyor syujetlar qolipida hikoya qilinadi. Shunga qaramay tarixiy shaxslarning ishtirok etishi, syujet- da badiiy to‘qimaning mavjudligiga qarab, bunday asarlarni tarixiy rivoyaí deyish mumkin bo‘ladi.
Toponimik rivoyatlarda shahar, qishloq, qo‘rg‘on, saroy, maqbara-
lar nomi hamda ularning yuzaga kelish sabablari bilan bogiiq voqea- lar hikoya qilinadi. Toponimik rivoyatlar xotimasida, odatda, ushbu hikoyadan maqsad ta’kidlanadi va muayyan fakt izohlanadi (mas,
«To‘rabek xonim maqbarasi», «Anda jon qildi», «Odinajonim»,
«Qo‘ng‘irot» va b.).
Rivoyatlar og‘zaki ijod namunasi boigani uchun, bizgacha aso- san og‘zaki hamda qisman yozma shaklda yetib kelgan. Geredotning
«Tarix», Vosifiyning «Badoye’ ul vaqoye’», Xondamiming «Ma- korim ul-axloq» va boshqa asarlarda rivoyatlaming qadimiy namu- nalari keltirilgan. 0 ‘zbekistonda juda ko‘p rivoyatlar yozib olingan va ular xalq tarixi hamda madaniy-estetik qarashlarini o‘rganishda muhim manba boiib xizmat qiladi. 0 ‘zbek xalq rivoyatlarining yozib olingan ko'plab namunalari bugungi kunga qadar folklor ada- biyotlar arxivida saqalandi.
Ertak- o‘zbek xalq og‘zaki ijodining eng qadimiy va eng omma- viy janrlaridan biri. Fantastik xayolot hamda badiiy to‘qimalar aso-
149
www.ziyouz.com kutubxonasi
siga qurilib, didaktik g‘oya tashuvchi og‘zaki hikoyalar ertak deb ataladi. NMM namunasi bo‘lgan ertaklarda xalqning dunyoqarashi, milliy xarakteri, turmush tarzi, tafakkur olami ma’Ium darajada o‘z ifodasini topadi. Ertaklarning paydo bo‘lishida qadimiy miflar, urf- odat va marosimlar rauhum o‘rin tutadi. Ertak atamasi Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asarida «etuk» shaklida kela- di va biror voqeani og‘zaki hikoya qilish ma’nosini bildiradi. Folklor- shimoslikda ertak atamasi qabul etilgan bo‘lsa-da, 0 ‘zbekistonning turli hududlarda matal, ushuk, varsaqi, cho‘pchak nomlari ham uchraydi.
Ertaklarda biror bir voqea mukammal hikoya tarzida bayon qili- nadi, voqelik xayoliy va hayotiy uydirmaiar vositasida kishilarda ba- diiy zavq uyg‘otadi.
Ertaklar tarixiy taraqqiyot jarayonida turlicha o‘zgarishlarga uchrab, bizga qadar yetib kelgan. Shu sababdan ko‘pgina ertaklarning g‘oyaviy yo‘nalishi, kompozitsiyasi, qahramonlaming vazifalari o‘zgarib, yangi-yangi variant va versiyalari yuzaga kelgan. Ertak- lardagi variantlaming vujudga kelishi, ertak aytilganda ijrochining ijodiy qobiliyati, dunyoqarashi, voqelikni aks ettira olish iqtidori, er- takchilik an’analarini qay darajada bilishi, tajribasi, ruhiy holatlari bilan bog‘liq holda amalga oshadi.
Ertak asosida yotgan badiiy to'qimaning davr e’tibori bilan tash- kil topgan vaqti va o'mini, uning real haqiqatga bo‘lgan munosabati va asosiy funksiyasi, badiiy aks ettirish prinsiplariga ko‘ra:) hayvon- lar haqidagi ertaklar («Tulki va laylak» kabi), b) sehrli ertaklar («Kenja botir», «Muqbiltoshotar» va h.), v) maishiy («Davlatmir- zo», «Ayoz» va h.) ertaklarga bo‘linadi.
Hayvonlar haqidagi ertaklar shakl va mazmuniga ko‘ra ikki turga bo‘linadi: sof hayvonlar haqidagi ertaklar va majoziy er- taklar.
Sof hayvonlar haqidagi ertaklar nisbatan qadimiydir. Hayvon- personajlar harakati va munosabati qadimiy dunyoqarash bilan bog‘langan.
150
www.ziyouz.com kutubxonasi
Majoziy ertaklar hayvonlar haqidagi ertaklar zaminida vujudga kelib, tanqidiy vazifani ado etishga bo‘ysundirildi. Bir vaqtlar to- tem sanalgan hayvonlar ijtimoiy-siyosiy mazmunni aks ettiruvchi ko‘chma ma’nodagi personajlarga aylanadi. Bunday ertaklaming g‘oyaviy mazmuni va obrazlar talqinida majoz asosiy oiinda turadi. Majoziy ertaklaming pedagogik ahamiyati katta.
0 ‘zbek xalq ertaklari orasida sehrli ertaklar alohida turkumni tashkil etadi. Sehrli ertaklaming yuzaga kelishi qadimiy tarixga ega boiib, ularning ildizi ibtidoiy jamiyatga bogianadi.
Sehrli ertaklarda personajlar, voqea va hodisalar odatdan tashqa- ri, g‘ayritabiiy holda tasvirlanadi. Sehrli ertaklardagi har bir epizod qahramoniarning xatti-harakatlari, sehr, jodu, mo‘jiza, xayoliy ob- razlar bilan bogianadi.
Sehrli ertaklarda u yoki bu totem hayvon asosiy personaj boiib, bosh qahramon yordamchisi sifatida hal qiluvchi rolni o‘ynaydi.
Sehrli ertaklar poetikasida tilsim alohida o‘rin tutadi. Tilsim va til- simli hodisalar ta’sirchanlikni orttirib, ertaklarga xos tabiat yaratadi, voqea va hodisalar mazmunini ochadi, qahramon ruhini belgilaydi. Tilsim syujetning asosiy bezagi, ertak poetikasining tarkibiy qismi- dir. Chunki sehr-jodu va tilsim vositalari ertak syujetini harakatga keltiradi, qahramonlar xarakterini belgilaydi.
Maishiy ertaklaming tematikasi, g‘oyaviy mazmuni sehrli er- taklardan farq qiladi. Aqlni sinash, vafodorlik, jangovarlik, oi- laviy tortishuvlar, ayyorlik va tentaklikni tanqid qilish bu xildagi ertaklaming asosiy tematikasini tashkil etadi. Shuning uchun ularda ijtimoiy tengsizlik, adolatsizlik, zulm va zo‘rlik qoralanib, ezgulik va haqiqat ulugianadi. Ertak qahramonlari - hayot- ning faol kishilari, ular ajoyib va g‘aroyib yordamchilarsiz ish ko'radilar, aql kuchi, tadbirkorlik, chidam, jasorat, iroda kuchi, do‘stga vafodorlik, sadoqat, adolatsizlikka nisbatan murosasizlik ularning asosiy sifatlaridir. Maishiy ertaklarda voqealar harakati nisbatan hayotiy. Ertak syujetini asosan sotsial-maishiy motivlar tashkil qiladi.
151
www.ziyouz.com kutubxonasi
Ertaklar o'ziga xos kompozitsiyaga ega boiib, kirish qismi - boshlama, voqealar rivoji, tugallanmalardan tashkil topadi.
Qirish qismi - boshlama tinglovchi diqqatini jamlab, uni ertak eshitishga hozirlaydi. Ertakning an’anaviy boshlamasi voqeaning qaysi vaqtda bo'lib o‘tganini aniq bildirmaydi, uni umumiy tarzda ifodalaydi. Maishiy ertaklarda boshlama nihoyatda ixcham va soddal Bunda ham voqelikning bo‘lib o‘tgan vaqti noaniq boisa ham, biroq sirlilik sezilmaydi, hayotiylik hukmron bo‘ladi. Voqea boiib o‘tgan joy va qahramon nomi aniq hamda to iiq beriladi.
Tugallanma-ertakning yakuniy qismini ifodalaydi. Sehrli ertak- larda tugallanma doimo to‘y-tomosha tasviri bilan yakun topadi. Maishiy ertaklarda esa, u voqealar sintezidan kelib chiqqan xulosa boiib, sotsial ruh hamda taiimiy mazmunni anglatadi.
Ertak aytib beruvchiga ertakchi deyiladi. Har bir ertakchi aytib berayotgan ertaklarining xarakteri va hikoya qilib berish uslubiga ko‘ra bir-biridan farqlanadi. Ayrim ertakchilar havvonlar haqidagi, ayrimlari sehrli, ba’zilari esa maishiy mazmundagi ertaklami aytish boiycha dong taratganlar.
Ertakchilar: ijodkor va ijrochi ertakchilarga boiinadi. Ijodkor er- takchi o‘zi eshitgan ertakka ijodiy yondoshadi, an’anani buzmagan holda, ertak voqeligiga yangiliklar qo'shadi, uning ta'sir kuchini oshiradi. 0 ‘z bilim darajasi va mahorati hamda tinglovchi talabidan kelib chiqib, ertak voqelariga o‘zgartirishlar kiritadi. Ijrochi ertakchi esa o‘zi qanday eshitgan boisa, aynan shunday takrorlaydi, matnga ijodiy yondoshmaydi.
Ertaklaming asrlar osha yashab qolishida, ajdodlardan avlodlarga yetib kelishida mahoratli, ya’ni professional ertakchilaming xizmat- lari alohida ahamiyatga ega. Hamrobibi Umarali qizi, Hasan Xudoy- berdi o‘g‘li, Haydar Boycha o‘g‘li, Nurali Nurmat o‘gii, Husanboy Rasulov, Abdug’ofur Shukurov kabi mashhur ertakchilar o‘z davrida mashhur boigan va ulardan ko‘plab ertak namunalari yozib olingan. Bugungi kunga qadar ko‘plab ertak namunalari turli nomlar ostida chop etib kelinmoqda.
152
\ \
www.ziyouz.com kutubxonasi
Milliy va umuminsoniy g'oyalarni o‘zida mujassam etgan ertak- Jarning ta’limiy hamda tarbiyaviy ahamiyati juda katta.
Do'stlaringiz bilan baham: |