IО О) О& t
М. JO‘RAYEV, J. ESHONQULOV
FOLKLORSHUNOSLIKKA
www.ziyouz.com kutubxonasi
0 ‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASI
OLIY VA 0 ‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
M. JO‘RAYEV, J. ESHONQULOV
FOLKLORSHUNOSLÏKKA KIRISH
O ‘zbekiston Respublikasi Oliy va о ‘rta maxsus ta ’lim vazirligi tomonidan 5151600 - X a lq ijodlyoti (Folklor va etnografiya) ta 'lim yo ‘nalishi uchim o 'quv qo ‘llanma sifatida tavsiya etilgan
TOSHKENT - 2017
www.ziyouz.com kutubxonasi
UO‘K: 398(575.1)(075)
KBK: 82 (50 ‘)ya7
J 96
J 96 M.Jo‘rayev, J,Eshonqulov. Folklorshunoslikka kirish. ( 0 ‘quv qoMlannia). -T.: «Barkamol fayz media», 2017, 180 bet.
ISBN 978-9943-5010-9-6
Ushbu o ‘quv qo‘llanmada o‘zbek xalq folklor san’atining tarixi, rivojlanish bosqichlari, folklorshunoslik maktablari va metodlari, folkiorning tur va janr- larga boiinishi, motiv va syujet, o‘zbek folklorshunosligini tarixiy taraqqiyoti, epos va uning ilmiy o‘rganilish muammolari kabi masalalarni qamrab oigan.
0 ‘quv qo‘llanma Oliy ta’lim muassasalarida o‘tiladigan “Folklorshunos- lik tarixi va nazariyasi”, “0 ‘zbekiston nomoddiy madaniy merosi” fanlarida qoilash uchun qo‘shimcha adabiyot sifatida mo'ijaliangan.
Ushbu o ‘quv qoilanma folklorshunoslik bilan qiziquvchi keng ommaga hamda musiqa san’ati yo‘nalishida saboq olayotgan Oliy va o ‘rta ta’lim muas- sasalari talaba va o ‘qutuvchilari uchun moijallangan
UO‘K: 398(575.1)(075) KBK: 82 (50 ‘)ya7
Mas’ul muharrir:
T.Mirzayev - filologiya fanlari doktori, professor.
Taqrizchilar:
O.Axmedova -- U‘zDSMl «Folklor va etnografiya» kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi;
Sh.Turdimov - O zR FA 0 ‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti yetakchi ilmiy xodimi, filologiya fanlari doktori.
ISBN 978-9943-5010-9-6
©«Barkamol fayz media» nashriyoti, 2017.
www.ziyouz.com kutubxonasi
KIRISH
Xalqimizning eng qadimiy hayotbaxsh milliy qadriyatlaridan biri folklor san’atidir. Bu san’at badiiy an’analari tizimi sifatida xal- qimizning ilg‘or umuminsoniy g‘oyalarini takomillashtirib, kela- jakka umid, ezgulik, mehr-sahovat, insoniylik, vatanparvarlik bilan bogiiq milliy va ma’naviy qadriyatlami shakllantirishga xizmat qilmoqda.
“Folklorshunoslikka kirish” fanini o‘rganish, folklor san’ati me- rosini chuqurroq tatbiq etish, bugungi zamondoshlarimiz ma’naviy ehtiyojini qondirishda katta muhim manba vazifasini o‘taydi. Bu fan milliy qadriyatlarimizni tiklash va rivojlantirishda o‘z hissasini qo‘shadi, ya’ni folklorshunoslikning an’anaviy tur hamda janrilami amaliy va nazariy jihatdan bosqichma-bosqich o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
0 ‘zbek folklorining so‘z san’atiga asoslangan janrlar tizimi dos- ton, ertak, qissa, rivoyat, naqi, afsona, mif, lof, latifa, marosim folk- lori, bolaiar folklori, og‘zaki drama, maqol va hikmatli so'zlar, afsun, avrash, olqish va qarg‘ishlardan iboratdir. Bu ulug‘vor badiiy meros ajdodlarimiz poetik tafakkurining mahsuli o‘laroq shakllangan. Har bir janrga oid folklor materiallari o‘ziga xos poetik tizimi, ijro usuli, hayotiy-maishiy vazifasi, musiqaga munosabati, voqelikni badiiy aks ettirish tarzi va boshqa jihatlariga ko‘ra bir-biridan farqlanib turadi. Xalqimiz orasida folklorshunoslikning yuqori malaka va salohiyatiga ega boigan ijodiy maktablari shakllangan boiib, ularning merosini o‘rganishda “Folklorshunoslikka kirish” fanining ning o‘z o‘mi bor. Xalq ijodiyotida mujassamlashgan yuksak ma’naviy barkamollik an’analari bugungi kunda yosh avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazish-
ning milliy negizi hisoblanadi. Shu bois, o‘zbek xalq ijodining bey
; • , Í } j j ' ' ,
kOOfyO
www.ziyouz.com kutubxonasi
va serqirra an’analarini qayta tiklab, keng rivojlantirish, yoshlaming bugungi kundagi ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishda yetarli da- rajada imkoniyatlar yaratish uchun folklor va etnografiya bo‘yicha mutaxassislarini tayyorlash amaliy ahamiyatga egadir. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Taiim to‘g‘risidagi” Qonun ham mamlakatimiz ma’naviy hayoti uchun g‘oyat zarur boigan shun- day malakali, intellektual salohiyati yuqori, ma’naviy olami teran mutaxassislami tayyorlash lozimligini taqozo etadi. Folklor va et- nografiya yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashning milliy negizi - xalqimizning ma’naviy qadriyatlarini yanada takomillashti- rish, ommaning ijodiy iqtidorini o‘stirish, yosh avlod ongiga musta- qillik mafkurasi g‘oyalarini, milliy qadriyatlami singdirishdan ibo- rat. Chunki bunday mutaxassislar ajdodlarimiz ijodiy salohiyatining eng yaxshi an’analarini kelgusida ham davom ettirishni ta’minlashga o‘z hissalarini qo‘shmog‘i kerak.
Xalqimizning dunyoqarashi, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-estetik va falsafiy qarashlarini o‘ziga xos tarzda badiiy talqin qiluvchi xalq og‘zaki ijodi folklorshunoslikning nodir manbalaridan hisoblanadi. Folklor asarlari ona diyorimizda yuksak madaniyatni bunyod etgan ulug‘ ajdodlarimizning turmush tarzi, orzu-intilishlari, urf-odat va marosimlari, an’analari-yu o‘zbekona samimiyatini mukammal aks ettirganligi uchun ham qadrlidir.
An’anaviy xalq ijodiyotining o‘ziga xos xususiyatlarini chuqur biladigan, mustaqillik davri o‘zbek folklorining taraqqiyot qonuni- yatlarini teran anglaydigan xalqning ma’naviy ehtiyojlari va qiziqish doirasini yaxshi tushunadigan, havaskorlik ijodiyotini tashkil qilish, boshqarishning nazariy hamda amaliy jihatlarini to ia o‘zlashtirgan malakali mutaxassislami tayyorlash bugungi kunning dolzarb ma- salalaridan biridir. Shu sababli ham mazkur sohaning ilmiy salohi-
yatini takomillashtirishda“Folklorshunoslikka kirish” fanini o‘qitish muhirn ahamiyat kasb etadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |