Savol va topshiriqlar:
1. Folklor atamasiga ta’rif bering.
2. Folklor asarlariga xos yetakchi xususiyatlar deganda ni- mani tushunasiz?
16
www.ziyouz.com kutubxonasi
3. Folklorda variantlilikni sharhlab bering.
4. Folklor va folkorshunoslik so'zlarining ma’nosini tushun- tirib bering.
5. Folklorning o‘rganilish tarixi haqida so'zlab bering.
6. Mustaqillik davri folklor san’ati o‘ziga xosligini nimada deb tushinasiz?
1.3. FOLKLORNING 0 ‘RGANILISH TARIXI
0 ‘zbek folklori asarlarining to‘planishi va yozib olinishi tarixi haqida so‘z yuritganda, X asrda yashab ijod qilgan mashhur muarrix Abu Bakr ibn Ja’far Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asarida shahar va qishloq nomlari, tarixiy obidalar hamda o‘tmishda boiib o‘tgan voqea-hodisalar haqidagi xalq rivoyatlari, afsonalari keltirilganligi, XI asming buyuk olimi Mahmud Koshg‘ariy turkiy qavmlar diyo- rini kezib, maqol, matal, qo‘shiq, rivoyat va afsona singari folklor janrlariga oid boy materiallarni yozib olib, “Devonu lug‘otit turk” asariga kiritganligini eslash kerak boiadi. Shuningdek, maqol va matallami yozib olib, ulaming xususiyatlarini o‘rgangan Mahmud Zamaxshariy, qadimgi xorazmliklarning mif, afsona, rivoyat va hikoyatlarini “Qissasi Rabg‘uziy”ga jamlagan Nosiruddin Burhonud- din Rabg‘uziy, o‘zbek xalq she’riyatining janrlar tarkibi xususida fikr yuritgan Alisher Navoiy, ulug£ o‘zbek shoiri to‘g‘risidagi xalq rivoyatlarini naql qilgan tarixnavis Xondamir, musiqa folklorining turli xil janriy rang-barangligiga doir materiallarni yozib qoldirgan Darvesh Ali Changiy, o‘zbek xalqining urf-odatlari, marosimlari, maqol va hikmatli so'zlari, rivoyatlari haqida qiziqarli faktlami keltirgan Zahiriddin Muhammad Bobur, o‘zi tuzgan lug‘atda xälq qo‘shiqlaridan misollar keltirgan Shayx Sulaymon Buxoriy-o‘zbek folklori asarlarining ilk to‘plovchilari edilar.
Maiumki, Mahmud ibnu-l-Husayn ibn Muhammad Koshg‘ariy
1029—1038-yillar oraligidatugilgan. U 1072-yilda o‘zining “Devonu lug‘otit turk” asarini yozishga kirishgan va uni 1078-yilda nihoyasiga
www.ziyouz.com kutubxonasi
yetkazgan. Bu asami yozishdan avval u uzoq yillar mobaynida tur- kiy qabilalar istiqomat qiladigan barcha viloyatlarni kezib chiqqan va boy lingvistik, folkloristik va etnografik materialiarni to‘plagan. Bu haqda uning o'zi shunday yozadi: “Men turklar, turkmanlar, o‘g‘uziar, chigillar, yaginolar, qirg'izlarning shaharlarini, qishloq va yaylovlarini ko‘p yillar kezib chiqdim, lug‘a.tlarini lo'pladim, turli xil so‘z xususiyatlarini o‘rganib, aniqlab chiqdim. Men bu ishlarni til bilmaganim uchun emas, balki bu tillardagi har bir kichik farqlami ham aniqlash uchun qildim. Boimasa, men tilda ularning eng yetuk- laridan, eng katta mutaxassislaridan, xushfahmlaridan, eski qabi- lalaridan, jang ishlarida usta nayzadorlaridan edim. Ularga shuncha diqqat qildimki, turklar, turkmanlar, o‘g‘uzlar, chigillar, yaginolar va qirg‘iz qabilalarining tillari butunlay dilimga jo boidi. Ularni har tomonlama puxta bir asosda tartibga soldim”.3
Keng koiamli to‘plovchilik faoliyati olib borgan Mahmud Koshg‘ariy o‘zining ana shu safarlari chog‘ida faqat lug‘at uchun lisoniy materiallar to‘plash bilangina kifoyalanib qolmasdan, bal- ki folklor namunalarini ham yozib oigan. Buni olimning “men har bir qabilaga mansub so‘zlaming yasalish xususiyatlarini va qanday qoilanilishini qisqacha izohlab ko‘rsatish uchun alohida y o i tutdim. Bu ishda misol tariqasida turkiylaming tilida faydalanilib kelingan she’rlardan, shodlik va motam kunlarida qoilaniladigan hikmatli so‘zlaridan, maqollaridan keltirdim, toki, ulardan foydalanuvchi- lar naql qiluvchilarga, naql qiluvchilar esa, o‘z navbatida, shu tilda so‘zlovchilarga yetkazsin”.
Demak, Mahmud Koshg‘ariy turkiy qabilalar folklorining qo‘shiq, maqol, matal, marosim folklori, afsona, rivoyat kabi janrlariga oid katta material to‘plagan. Shuning uchun ham “Devonu lug‘otit turk” asaridagi folklor materiallarini o‘zbek xalq og‘zaki badiiy ijodi na- munalari bilan qiyosiy o‘rganish folklorning tarixiy taraqqiyotini tadqiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, “Devonu lug‘otit
Do'stlaringiz bilan baham: |