Fiziologiyasi va gigiyenasi


Tushlikdan  keying!  ovqat



Download 12,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet342/390
Sana31.12.2021
Hajmi12,82 Mb.
#245684
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   390
Bog'liq
Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi (Z.Rajamurodov va b.) (4)

Tushlikdan  keying!  ovqat  -   bu  bir  kecha-kunduzlik  energiya­
ning  15-20  %  ini  tashkil  etishi  kerak.  Bolada  kunduzgi  uyqudan 
keyin  chanqoqlik  kuchayadi.  Shuning  uchun  bu  paytda  bolaga 
meva.  sabzovat  hamda  turli  xil  sharbatlar  berish  lozim.
Kechki  ovqat  -   kundalik  ratsionining  20-25  %  ini  tashkil  eti­
shi  lozim.  Bu  pavt  sutli,  sabzovatli,  mevali  va  yormali  yoki  vengil
352
www.ziyouz.com kutubxonasi


hazm  b o ia d ig an   mahsulotlardan  tayyorlangan  ovqatlar  m a’qul 
b o ia d i.
Kechqurun  uyquga  ketish  oldidan  bir  pivola  qatiq  ichish  maq- 
sadga muvofiq b o ia d i.  Kechki  ovqatni uxlashdan kamida 3  soat ol- 
din yeyish kerak.  Ovqatni  ancha kech  yeganda m e’dada  dam  olish 
o ‘rniga  shira  ajratiladi,  oqibatda  ovqat  hazm  qiladigan  bezlarga 
z o 'r  keladi,
G o'sht  va  baliqdan  tayyorlangan  yoki  oqsilga  boy  b o ig a n  
ovqatlar  bola  organizmida  moddalar  alamashuvini  oshirib,  miya 
p o 'stlo g in in g   asab  tizim ida  q o 'z g ‘alish jarayonini  yuzaga keltira- 
di.  Shuning  uchun  taomnomani  tuzavotganda  ayrim  xil  ovqatlarni 
kunning  birinchi  yarmiga  qo'shish  maqsadaga  muvofiqdir.
Kuchsiz  nimjon  bolalar  oqsilga  boy  b o ig a n   taomdan  tez-tez 
iste’mol  qilishlari  zarur.  O 'quvchi  va talabalarning ovqatlanish tar- 
tibi  o ’qish jarayoniga  va yoshiga  qarab  taqsimlanib  beriladi.  Mak- 
tab yoshidagi  bolalar ratsioni taxminiy  sutkalik ovqatlar ro'yxatiga 
asoslanib  tuzilishi  lozim.
Bolalar  va  o ‘smirlar  butun  yil  davomida  har  xil  xarakterdagi 
aqliy  yoki jism oniy  ishlar  bilan  m ashg'ul  boiadilar.  Jismoniy  ish 
bilan  shug‘ullanganida  o 'sm ir  organizmining  oqsilga  (kaloriyaga) 
b o ig a n  talabi  10  % oshadi.  Shuning uchun bunday hollarda,  albat­
ta.  oqsilga  boy  taomlardan  iste’mol  qilish  tavsiya  etiladi.
M aiu m k i,  maktablarda  darslar  2  smenada  olib  boriladi.  Shu 
sababli  ovqatlanish  tartibi  ham  har  qaysi  smena  uchun  o 'ziga  xos 
b o ia d i.  Masai an.  1-smenada shug'ullanadiganlar uchun  1-nonush- 
ta  soat  7 -8   da.  yoki  bola  maktabga  ketishidan  oldin,  2-nonushta 
soat  10-11  da, tushlik maktabdan qaytgandan  so'ng,  yoki  soat  14— 
15,  kechki  ovqat  esa  19-20  da  b o iish i  maqsadga  muvofiqdir.
Ikkinchi  smenada  shug'ullanadiganlar  uchun  1-nonushta  soat 
8.  00  larda, tushlik o'qishga ketishidan oldin yoki soat  12—13  larda, 
tushlikdan keyingi ovqat soat  15-16 da, kechki ovqat esa  19-20 lar­
da b o iish i  kerak.  O 'quvchilar maktabda bor v o 'g i   6  soat b o ia d i­
lar.  Shuning  uchun  bir  paytda  ovqatlanish  uchun  vaqt  ajratish 
ularning  ishlash  qobiliyati,  kayfiyati  va  ovqat  hazm  qilish  tizimi 
faolij^atiga  ta ’sir  qiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Kasb-hunar kolleji  o'quvchilari  3  mahal  ovqatlanadilar.  Ovqat- 
lanish  orasidagi  vaqt  3 -4   soatdan  ortiq  bo'lm asligi  kerak.  O 'quv- 
chilarning  ota-onalariga  ularning  to 'g 'ri  ovqatlanishi  haqida  mu- 
kammal  tushuntirish  kerak.
Ovqatlanish taomnomalarini  tuzishda ovqatlanishni to 'g 'ri  tash­
kil  qilish  uchun  quyidagilar  zarurligiga  (tegishli  kaloriyalik,  ovqat 
ratsion  tarkibi  va  organizmning  ovqatdan  maksimal  foydalanish 
sharoiti)  e'tibor  beriladi.  Bunga  to 'g 'ri  ovqatlanish  tartibi  va  oziq 
ovqat  mahsulotlarini  tanlash  hamda  ovqat  tayyorlashning  to 'g 'ri 
texnologiyasi  kiradi.
Bolalar  va  o'sm irlarni  ovqatlantirishda  ishtaha  ochadigan  ov- 
qatlar  berish  zarur.  Ishtaha  (lot. 

Download 12,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish