Rezus-faktor bilan bog’liq bo’lgan ikkinchi ko’ngilsiz hol ona bolan homila
o’rtasida rivojlanishi mumkin bo’lgan rezus-kelishmovchilik.
Agar rezus-
musbat erkakdan rezus-manfiy ayol homilador bo’lsa (bunday nikohlarning
ehtimolligi 50% ga yaqin), homilaga rezus otasidan o’tishi mumkin. Uning
eritrotsitlaridagi rezus-antigen yo’ldosh orqali homilaga o’tadi. Rezus-faktorga
qarshi ona qonida anti-rezus agglyutininlar paydo bo’ladi.
Ular ham ham
yo’ldosh orqali homila qoniga o’tadi va homila eritrotsitlarini agglyutinatsiya va
gemolizga uchratadi. Agar anti-rezus agglyutininlar konsentratsiyasi yuqori
bo’lsa, bu jarayon kuchayib ketib, homilani halokatga olib kelishi mumkin.
Rezus-kelishmovchilik unchalik kuchli bo’lmasa,
gemoliz natijasida bola
sariqlik bilan tug’iladi. Uning terisini va shilliq pardalarini gemoglobindan ko’p
miqdorda hosil bo’lgan bilirubin sariq ragga bo’yaydi.
Agar rezus-manfiy ayol rezus-musbat erkak bilan turmush qurgan bo’lsa, bu
holatning oldini olish choralarini ko’rish kerak.
Agglyutinatsiya rivojlanishini o’rganish natijasida qon quyishning ikkita
asosiy sharti shakllandi: 1) quyiladigan qon tanlashda donorning (qon beruvchi
odamning) agglyutinogenlari retsipiyentning (qon oluvchi odam) qonida bir
nomli agglyutininlar bilan uchrashmasligini ta’minlash zarur; 2) donorning
agglyutininlari
hisobga olinmaydi, chunki oz miqdorda (200-500 ml) qon
quyilganda, qonning plazmasi retsipiyent qonida ko’p marta suyulib ketadi
(suyulish qoidasi). Agglyutininlar konsentratsiyasi keskin kamayadi va ular
retsipiyent eritrotsitlarini agglyutinatsiyaga uchrata olmaydi.
Bu
qoidalarga rioya qilinganda, I guruh qonni birinchi va boshqa uchta
guruhga quyish mumkin. II guruhga mansub qonni ikkinchi va to’rtinchi
guruhga, III guruh qonni uchinchi va to’rtinchi guruhga quyish mumkin.
Keyingi yillarda faqat bir guruhga mansub qonni quyishga o’tish taklif
qilinda. Buning sabablaridan biri shuki, ko’p miqdorda qon quyilganda (4-5 l),
donorning
agglyutininlari
suyulmaydi
va
retsipiyent
eritortsitlarini
agglyutinatsiyalaydi. Ikkinchidan, I guruh qoniga ega bo’lgan shaxslarning 10-
20% ida anti-A va anti-B agglyutininlar borligi aniqlandi.
Bularning qoni
boshqa guruhlarga quyuilganda gemotransfuzion shok rivojlanib, halokatga olib
kelishi mumkin. Bu xavfli holatning rivojlanish mexanizmi quyidagicha:
eritrotsitlar bir-biriga yopishib qoladi, ulardan tromboplastin ajralib, tomirlarda
qonni ivitadi va tomirlardan qon o’tmay qoladi.
Hozirgi vaqtda qon quyish qoidalarini shunday ta’riflash mumkin:
1) donor va retsipiyent qoni bir guruhga mansub bo’lishi kerak;
2) rezus-manfiy odamga rezus-musbat qonni quyish mumkin emas;
3) bir donorning qonini muayyan retsipiyentga
qayta quyishdan voz jechish
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: