boshqarishda markaziy nerv tizimining ishtirokini to’rt bosqichga bo’lish
mumkin.
Orqa miya markazlari eng pastki bosqichda turadi. Bu markazlarning qon
aylanishiga ta’siri orqa miya ko’ndalang kesilganda yaqqol namoyon bo’ladi.
Agar kesim oxirgi bo’yin segmenti va birinchi ko’krak segmenti o’rtasiga
tushsa, hayvon mustaqil nafas olish imkoniyatini saqlab qoladi.
Bunday
hayvonning qon bosimi avvaliga keskin pasayib ketadi, hayvon spinal karaxtlik
holatiga tushadi. Keyin bosim asli holiga keladi. Endi hayvonlarda qon
aylanishni o’zgargan sharoitga bemalol moslashishini kuzatish mumkin.
Masalan, tomirlardagi qonning 25% tashqariga chiqarilsa, bosim sog
hayvonlarda kuzatiladigan tezlikda asli holiga keladi.
Bu moslashish
reaksiyasini orqa miyadagi simpatik markazlar ta’minlaydi. Tabbiiy sharoitda
orqa miya markazlarining gemodinamikaga ta’siri uncha sezilarli emas.
Ayni vaqtda miya stvolidagi markazlar qon oqishini boshqarishda yetakchi
rol o’ynaydi. Bu iikinchi bosqichdagi markazlarni uzunchoq miya va Varoliy
ko’prigida joylashgan tuzilmalar tashkil qiladi. Ulardan biri V.F.Ovsyannikov
kashf etgan tomirlarni harakatlantiruvchi markazdir.
Markaz shikastlanganida
qon bosimi 60-70 mm.s.u. gacha pasayib ketadi. Demak, tabiiy sharoitda
tomirlarni harakatlantiruvchi markaz doimiy tonusga ega bo’lib, tomirlarni
toraytirib turadi. Markaz faoliyatini batafsil o’rganish uning ikki qismdan –
pressor va depressor qismlardan tuzilganligini ko’rsatdi. Pressor qismining
qo’zg’alishi
arteriyalarni toraytirib, qon bosimini oshiradi. Depressor markaz
qo’zg’alganda, arteriyalarni kengaytiradi va qon bosimini pasaytiradi. Miyaning
stvol qismidagi markazlar organizm tinch holatda bo’lganda gemodinamikaning
asosiy ko’rsatkichlarini bir me’yorda saqlab turish qobiliyatiga ega. Asosan
tomirlarni toraytiruvchi simpatik nervlarni tonusini o’zgartirish yo’li bilan ta’sir
qiladi. O’z navbatida bu nervlar to’nusi tomir refleksogen sohalaridan keladigan
afferent impulslar ta’sirida o’zgarib turadi. Afferent impulslarning kuchayishi
vazokonstriktorlarning
tonusini pasaytirib, tomirlarni kengaytiradi. Bu
impulsatsiyaning kamayishi vazokonstriktorlar tonusini oshirib, tomirlarni
toraytiradi.
Tomirlarni harakatlantiruvchi markazga qo’shni nafas markazidan va
markaziy nerv tizimining yuqori qismlaridan keladigan impulslar ham ta’sir
qiladi. Yuqori markazlardan birinchi galda gipotalamusning gemodinamikaga
ta’siri kuchli. Miyaning bu qismi stvol qismidagi markazlarni uzluksiz nazoratda
tutadi. Ularning tonusi va reflektor faoliyatini o’zgartirib, tana qismlari o’rtasida
qonni qayta taqsimlaydi. Bundan tashqari, gipotalamus turli hissiyotlar(qo’rqish,
g’azablanish, quvonch) bilan bog’liq gemodinamika o’zgarishlarini shakllaydi.
Gipotalamus qon aylanishini boshqaruvchi mexanizmlarning
uchinchi bosqichi
bo’lsa, to’rtinchi eng yuqori bosqichi miya yarim sharlari po’stlog’idir. Qon
aylanishiga sezilarli ta’sir ko’rsatuvchi sohalar bir nechta. Birinchidan, bu
premotor va motor sohalar. Ularning qo’zg’alishi pressor reaksiyalarni yuzaga
chiqaradi. Yarim sharlarning medial yuzasidagi sohalar,
peshona va tepa
sohalarining bazal yuzasi ham qo’zg’alganda qon aylanishiga ta’sir qilib,
bosimni pasaytiradi.
Miya po’stlog’i rejalashtirilgan xatti-harakatlardan oldin maqsadga erishish
uchun zarur bo’lgan gemodinamika o’zgarishlarini shakllaydi. Bu muhim
reaksiyalar vegetativ nerv tizimi tomonidan boshqariladigan qon aylanishini
somatik nervlar yordamida idora etiladigan skelet
muskullarining faollik
darajasiga moslashishini ta’minlaydi.
Faoliyat boshlanishidan oldin rivojlanadigan gemodinamika o’zgarishlari
shartli refleks yo’li bilan yuzaga chiqishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: