Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan


Vegetativ refleks yoyining afferent zvenosi



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/115
Sana13.05.2022
Hajmi4,73 Mb.
#602931
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   115
Bog'liq
fayl 1605 20210825

Vegetativ refleks yoyining afferent zvenosi. 
Avtonom refleks yoylari turli 
retseptorlardan boshlanadi. Visseral a’zolarning retseptorlari (interoretseptorlar) 
qurilishi bo‘yicha erkin va qaram retseptorlarga bo‘linadi. Erkin oxirlar yordamchi 
tuzilmalar yoki maxsus hujayralar bilan o‘ralmagan. Ularning safiga oddiy tuzilgan 
butasimon retseptorlar kiradi. Bunday retseptorlar oxirlarining tarkibiy tuzilishi 
ilgak, xalqa, plastinka ko‘rinishiga ega bo‘lib, mitoxondriyalar to‘plamini va 
maxsus pufakchalarni o‘z ichiga oladi. qaram oxirlar tashqaridan kapsula, 
plastinkali tanachalar bilan qoplangan g‘uj to‘plam shakliga ega bo‘lib, ularning 
retseptorli oxirlari bir necha qatlam hujayralardan va hujayralararo moddalardan 
iborat 
kapsula 
ichida 
joylashgan. 
Evolutsion 
rivojlanish 
jarayonida 
interoretseptorlar soni ko‘paygan, shakli sekin-asta murakkablashgan va uni 
bajaradigan vazifa doirasi ham ancha toraygan bo‘lish ehtimoli bor. Organizmdagi 
interoretseptorlar deyarli barcha visseral a’zolar - yurak, qon tomirlar, o‘pka, 
buyrak, siydik pufagi, jigar va boshqalarning devorlarida joylashgan. Arterial 
retseptorlarning ko‘pchiligi sekin adaptatsiya qiluvchi bo‘ladi. Ularning faolligi 
doimiy bosim darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Aorta retseptorlarida sistolik ko‘tariliSh 
elektrokardiogrammaning (EKG) ikkinchi tishchasidan 70-80 ms kech qoladi. 
Turli funksional holatlarda, yurak va qon tomirlarning xastaligida retseptorlar 
faoliyati qayta o‘zgaradi. Me’dadagi bosimning, aorta yoki o‘pka arteriyasini qattiq 
qisilishi yo‘li bilan ortishi razryadlarning ancha ortishiga olib keladi. Epikard 
retseptorlari esa, bunday manipulyatsiyalarga reaksiya qilmaydi, ularga 
gipoksiyaning ham ta’siri bo‘lmaydi. O‘pka retseptorlari lokalizatsiyasi bo‘yicha - 
cho‘zilish retseptorlariga (nafas olish yo‘llari devorlarining silliq mushaklari 
elementlari bilan bog‘langan), Shilliq pardalar va bronxlar retseptorlariga, alveol 


179 
kapillyarlar yonida joylashgan (yukstakapillyar) retseptorlarga bo‘linadi. Buyrak 
va siydik pufagi retseptorlari - tez va sekin adaptatsiya qiluvchilarga bo‘linadi. 
Birinchisi siydik pufagidagi bosimning tebranishini qabul qiladi. A’zoning to‘lishi 
va bo‘shashishiga sekin adaptatsiya qiluvchi tuzilmalar reaksiya qiladi va bu, a’zo 
faoliyatini reflektorli boshqarish uchun ahamiyat kasb etsa kerak. Jigarda turli 
populyatsiyadagi maxsus retseptorlar (volyumo-, osmo-, natriy- va kaliy 
sezuvchan) mavjud. Ular turli faoliyatlarni bajaradilar, a’zo orqali qon hajmini 
tizimli boshqarishda qatnashadi va volyumo boshqariluvchi refleksning 
informatsion zvenosi bo‘lib xizmat qiladi. VATning afferent tolalari orqali 
markazga yetib kelgan impulslar tahlili faqat quyi markazlarda emas, balki yuqori 
markazlarda ham davom etadi. Bu impulslar ko‘tariluvchi yo‘llar bo‘ylab 
to‘rsimon formatsiyaga, miyacha va vestibulyar yadroga yetib keladi. Visseral va 
somatik afferent impulslar to‘rsimon formatsiyaning faolligini saqlab turishda katta 
ahamiyatga ega. Oraliq miyadagi gipotalamus - visseral faoliyatlarni 
boshqaradigan markazlar majmuasi, deb hisoblanadi. VATning afferent signallari 
talamus yadrolariga ham etib keladi. Bu yadrolar faoliyati o‘zgarib, retseptorlari 
qo‘zg‘algan tizim va boshqa a’zolar o‘rtasidagi faoliyatning uyg‘unligini 
ta’minlaydi, 
visseral 
faoliyatlarni 
somatik 
faollik 
darajasiga 
moslashtiradi.VATning qismlari bosh miya po‘stlog‘iga ham proeksiyalangan. 
Birlamchi va ikkilamchi somatosensor sohalar atrofida, po‘stloqning chakka 
sohalarida visseral asablarning vakilliklari aniqlangan. 

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish