174
13-Bob. MAT xususiy fiziologiyasi. Vegetativ asab tizimi.
Vegetativ asab tizimi (VAT) - markaziy va periferik asab hujayra tuzilmalari
majmuidan iborat bo‘lib, ular barcha tizimlarning adekvat
reaksiyasi uchun zarur
bo‘lgan organizmning ichki hayoti funksional darajasini boshqaradi. Odamda VAT
anatomik jihatdan orqa va bosh miyada yotuvchi yadroli hosilalar, asab
gangliyalari va asab tolalari bilan namoyon bo‘ladi. Somatik asab tizimini VAT
dan ajratib turadigan asosiy farq ulardagi effektor
neyronlarning MAT da
egallagan joyidadir. VAT ning effektor neyronlari orqa miya va bosh miyadan
tashqarida joylashgan bo‘lsa, somatik asab tizimi refleksini amalga oshirishda
qatnashadigan oraliq hamda harakat asab hujayralari
orqa miyaning kulrang
moddasida joylashgan. Keyingi tafovuti shundan iboratki, orqa miyaning oldingi
ildizlari
kesib tashlansa, somatik efferent tolalar bitta qolmay yemirilib ketadi,
ammo VAT ning efferent tolalari o‘zgarmaydi, chunki ularning somalari chetdagi
tugunlar neyronlarining o‘simtalari bo‘lib, ijrochi a’zolar faqat shu neyronlarning
impulslari tomonidan boshqariladi.
Yana bir farqi, somatik asablar orqa miya va
miya ustunidan bir tekis, segmentma-segment chiqqan va shu tufayli, tanada bittasi
tarqalgan sohani ikkinchisi ham innervatsiyalaydi. VAT tolalari MAT da
chegaralangan va bir-biridan ancha uzoq bo‘lgan markazlardan, ya’ni mezensefal,
bulbar, sakral va torakolyumballardan chiqadi.
Qolaversa, asab tolalarining
periferiyada tarqalishida ham farq bor. Somatik tolalar qat’iyan segmentar
tarqalgan bo‘lsa, VAT ning tolalari bu qoidaga rioya qilmaydi.
Ular barcha
a’zolarni innervatsiyalaydi, ayrimlari esa hattoki ikki va uch xil (ya’ni simpatik,
parasimpatik va metasimpatik) innervatsiyalangan. Bulardan
tashqari morfologik
jihatdan ham farqi bor. VAT ning tolalari asosan miyelinsiz, ingichka bo‘lib
diametri 7 mkm atrofida, somatik
efferent tolalar esa miyelinli, yo‘g‘on bo‘lib
diametri 12-14 mkm. Ingichka avtonom tolalardan qo‘zg‘alishning o‘tish tezligi
past (1-3 ms), yo‘g‘on somatik tolada esa yuqori (70-120 ms). Javob reaksiyasini
chaqirish uchun VAT qo‘zg‘alishning ancha katta kuchini ishlatishi zarur, chunki
uning tolalariga katta refrakterlik davri va katta xronaksiya xosdir.
175
VAT simpatik va parasimpatik qismlarga bo‘linadi. Ushbu qismlarga bo‘lish
ma’lum bir funksional va tarkibiy asosga ega. Simpatik va parasimpatik qismlarda
orqa miya va bosh miya yadrolari, hamda yuksak markaz - gipotalamik bo‘lim
ishtirokida yoylar paydo bo‘lgan.AAT somatik asab
tizimidan ajratib turuvchi
asosiy belgisi, uni odam idrokiga bo‘ysinmasligidir. Somatik asab tizimi
organizmni tashqi muhit bilan afferent va efferent aloqalarini ta’minlasa, AATning
asosiy vazifasi ichki muhit barqarorligini saqlashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: