Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/115
Sana13.05.2022
Hajmi4,73 Mb.
#602931
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   115
Bog'liq
fayl 1605 20210825

Oraliq miya.
Umurtqali hayvonlarda gipotalamus visseral jarayonlarni 
integratsiya qiluvchi asosiy po‘stloq osti markazi hisoblanadi. Gipotalamus, bu 
ishni bir nechta mexanizmlar yordamida bajaradi. Birinchidan, gipotalamusning 
gipofizotrop sohasi gipofizdan gormonlar ajralishini o‘zgartirib, modda 
almashinuviga, ichki a’zolar faoliyatiga doimo ta’sir o‘tkazib turadi. Bu 
gipotalamo-gipofizar tizim to‘g‘risida batafsil ma’lumot ichki sekretsiya bezlariga 
bag‘ishlangan bobda berilgan. Ikkinchidan, gipotalamusdagi ma’lum hujayralar 
qonning pH darajasi, kationlar miqdori, kislorod, karbonat angidrid tarangligi 
o‘zgarishiga juda ham sezgir. Supraoptik yadroda qonning sistolik bosimi 
o‘zgarishini sezuvchi, ventromedial yadroda glukoza miqdori, oldingi 
gipotalamusda esa jinsiy gormonlar miqdori o‘zgarishini sezuvchi hujayralar bor. 
Demak, gipotalamusning hujayralari retseptorlar vazifasini bajarib, gomeostatik 
ko‘rsatgichlardagi o‘zgarishlarni asab impulsiga aylantirib, sodir bo‘lgan 
o‘zgarishlarni asli holiga keltiruvchi mexanizmlarni ishga soladi. Bu impulslar 
o‘zgargan gomeostatik ko‘rsatgich tiklanmaguncha yo‘qolmaydi. Uchinchidan, 
ma’lumki, gipotalamusning orqa yadrolarini ta’sirlash xuddi simpatik tizim 
qo‘zg‘alganidagi kabi natija beradi. Ko‘z qorachiqlari va ko‘z yorig‘i kengayadi, 
Yurak urishi tezlashadi, qon bosimi ortadi, qonda adrenalin, noradrenalin, glukoza 
miqdorlari ko‘payadi va h.k. Gipotalamusning oldingi guruh yadrolari 
ta’sirlanganda kuzatiladigan o‘zgarishlar parasimpatik tizimni qo‘zg‘agandagi 
o‘zgarishlarga o‘xshaydi, ya’ni ko‘z qorachiqlari va ko‘z yorig‘i torayadi, qon 
bosimi pasayadi, qonda glukoza miqdori kamayadi va h.k. Demak, gipotalamus 


173 
ichki a’zolarga va gomeostaz mexanizmlariga simpatik va parasimpatik markazlar 
orqali ta’sir o‘tkazadi. Gipotalamusning o‘rta guruh yadrolari asosan metobolizmni 
boshqarishni ta’minlaydi. Lateral gipotalamik yadrolarning faollashuvi ovqat 
yeyishni kuchaytiradi, uning ikki tomonlama buzilishi esa ovqatlanishdan 
to‘xtashga va xattoki, hayvonlarni holsizlanib o‘lishiga sabab bo‘ladi. 
Ventromedial yadrolar faolligining ortishi ovqatlanish motivatsiyasi darajasini 
pasaytiradi va ular shikastlansa ovqat iste’mol qilish kuchayadi (giperfagiya) va 
hayvon semirib ketadi.
Miyacha.
Asab tizimining maxsus bo‘limi sifatida, miyacha, barcha 
harakatchan hayot tarziga ega umurtqali hayvonlarda mavjud bo‘lib, uning yuksak 
hayvonlar uchun tipik bo‘lgan tuzilishi ilk bor amfibiyalarda uchraydi. Asosan 
harakatlarni va mushaklar tonusini boshqarishda ishtirok qiladigan miyacha ichki 
a’zolar faoliyatini boshqarishda ham ishtirok qiladi. Miyachaning ma’lum qismini 
ta’sirlash simpatik asab tizimi qo‘zg‘alganda kuzatiladigan o‘zgarishlarni deyarli 
to‘la takrorlaydi: qorachiqlarni kengaytiradi, qon tomirlarni toraytiradi, yurak 
urishini tezlashtiradi va h.k. Miyachasi olib tashlangan hayvonlarda me’da va 
ichak harakatlari o‘zgaradi. Miyachaning avtonom innervatsiyaning yuqori 
markazlari, endokrin bezlar bilan o‘zaro harakati, uni VATning boshqaruv 
mexanizmlari bilan bog‘liq a’zo ekan deb hisoblashga asos bo‘ldi. 

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish