on -
reaksiya), 2. Yorug‘lik yo‘qolganda qo‘zg‘aluvchi hujayralar (
off -
reaksiya) va 3. Har ikkalasiga ham javob beradigan hujayralar (
on –
va
off -
reaksiyalar) mavjud. Har bir ganglioz hujayraga 100 tadan ko‘proq retseptor
elementlar to‘g‘ri keladi. Bu retseptor hujayra bir necha ganglioz hujayra bilan
bog‘lanishi mumkin. Demak, bitta ganglioz hujayra juda ko‘p retseptor
184
hujayralardan axborot oladi. Bitta ganglioz hujayra bilan bog‘liq retseptor
hujayralar, to‘r pardada, shu hujayraning retseptiv sohasini tashkil qiladi. Retseptiv
sohalarda ham on - va off - neyronlar bo‘ladi va ular to‘r pardada aylanma zonalar
hosil qiladi. Ba’zi retseptiv soha o‘rtasida on - neyronlar bo‘lsa, chetlarini off -
neyronlar egallaydi. Boshqa retseptiv sohalarning markazida esa aksincha off -
neyronlar bor, ularni on - neyronlar halqasi o‘rab olgan. Ushbu on - neyronlardan
iborat sohaga
kichkinagina yorug‘ dog‘ markazi tushsa, Shu sohaga bog‘liq
ganglioz hujayraning elektr faolligi kuchayadi. Bordiyu nur, qo‘shni soha
markaziga tushsa ham, ganglioz soha markaziga va off - neyronlardan tashkil
topgan soha chetiga ta’sir etsa ham, ganglioz hujayralarning faolligi juda susayib
ketadi. Bu jarayon, axborotlar to‘r pardaning o‘zida biri ikkinchisini yo‘q qilib
tashlab, miyaga kerakli axborot yuborish mezanizmlaridan biri hisoblanadi.
Ganglioz hujayralarda rivojlangan qo‘zg‘alish, ko‘ruv asabi bo‘ylab to‘rt
tepalikning oldingi do‘mboqchalariga, lateral tirsakli tanalarga va bosh miyaga
o‘tkaziladi. Chap va o‘ng tirsakli tanalarga va undan yuqoridagi ko‘ruv tizimi
tuzilmalariga ikkala ko‘zning to‘r pardasidan impulslar boradi. Ko‘z kosasidan
bosh chanog‘iga o‘tgan ko‘ruv asablari, miya asosida birlashib, xiazma hosil
qiladi. Xiazmada ikkala to‘r pardaning nazal (burun tomon) yarimlaridan keluvchi
asab tolalari kesishib qarama - qarshi tomonga o‘tadi. To‘r pardaning chakka
tomonlaridan keluvchi tolalar kesishmaydi. Kesishgan tolalar esa ular bilan
birlashib ko‘ruv yo‘llarni hosil qiladi. Tirsakli tanadagi hujayralar, ayrim
hususiyatlariga ko‘ra, to‘r pardaning ganglioz hujayralariga o‘xshaydi. Ularning
asosiy vazifasi oq-qora o‘rtasidagi farqni kuchaytirishdan iborat. To‘rt tepalikning
oldingi do‘mboqchalaridagi neyronlarga aloqador to‘r pardadagi retseptiv sohada
harakatlanuvchi rag‘bat paydo bo‘lsa, ular qo‘zg‘alish bilan javob beradi. To‘r
pardadagi va lateral tirsakli tanadagi neyronlar ko‘ruv sohasining umuman
yoritilish darajasining, oq-qora o‘rtasidagi farqni, ya’ni kontrastni va ko‘ruv
rag‘batlarining rangini belgilaydi. Afferent ko‘ruv signallarning tahlili ko‘ruv
po‘stloqda davom etadi va ko‘ruv obrazi, ya’ni narsaning qiyofasi shakllanishi
bilan tugaydi.
185
Do'stlaringiz bilan baham: |