Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan


Vegetativ refleks yoyining efferent zvenosi



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/115
Sana13.05.2022
Hajmi4,73 Mb.
#602931
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   115
Bog'liq
fayl 1605 20210825

Vegetativ refleks yoyining efferent zvenosi. 
Avtonom refleks yoyining 
efferent zvenosi orqa miyadan chiqib periferiyadagi gangliyalarning biriga kelib 
qo‘shilgan asab hujayrasi ko‘rinishida bo‘ladi. Ushbu hujayralar aksonlarning 
uzunligiga qarab kalta va uzun, terminallarining shoxlanish xususiyati bo‘yicha - 
quyuq va bir maromda to‘rlangan kabilarga bo‘linadi.Simpatik va parasimpatik 
effektor yo‘llarining somatik efferent yo‘ldan asosiy farqi ularning ikki 
neyronligidadir. Birinchi pregenglionar neyron yuqorida ko‘rsatilgan avtonom 
markazlarda bo‘lib, aksoni tashqariga, simpatik tizimning paravertebral va 
prevertebral tugunlariga hamda parasimpatik tizimning intramural yoki a’zoga 


180 
yaqin tugunlariga yo‘l oladi. Bu tugunlarda, ikkinchi neyron soma va dendritlari 
ganglionar oldi tola oxirlari bilan bevosita yoki oraliq neyron ishtirokida sinapslar 
yordamida bog‘lanadi. Visseral afferent tolalarning bir qismi tugunlarning o‘zida, 
MAT ga yetmasdan efferent neyronlarga ulanishi mumkin. Natijada, mahalliy 
reflektor yoy shakllanadi, periferik refleks yuzaga chiqishi uchun tuzilma asos 
paydo bo‘ladi. Tugun, bunday reflekslar sodir bo‘lishida MAT ning rolini bajaradi. 
Vegetativ asab tizimida sinaptik o‘tkazish. 
VATda uch xil sinaptik 
o‘tkazish mavjud: elektrli, kimyoviy va aralash. Elektrli o‘tkazish, ko‘proq 
qo‘zg‘alish tez o‘tkazilishi zarur bo‘lgan joylarda (masalan, himoya reflekslari) 
bo‘ladi. Ularda sinaptik to‘xtalish bo‘lmaydi va elektr signal ko‘pincha ikkala 
yo‘naliShda o‘tadi. Kimyoviy sinapslardan elektrli sinapslar o‘zining 
membranalarini simmetrikligi va yaqin kontakti bilan farqlanadi. Kontaktli 
joylarda toraygan sinaptik yoriq (bo‘shliq) ingichka kanalchalar bilan qoplangan va 
ular hujayralar o‘rtasidan ionlarni tez o‘tishi uchun imkoniyat yaratadi. Aralash 
sinapslarda elektrli kontaktlar sinaps yuzasining faqat bir qismini egallaydi, qolgan 
qismini esa morfologik ko‘rsatgichlari va funksional xususiyatlari bo‘yicha tipik 
kimyoviy sinapslar egallagan. Qo‘zg‘alishlarni kimyoviy o‘tkazuvchi sinaptik 
apparatlarning faoliyat ko‘rsatish qonuniyatlari bo‘yicha, neyron o‘zining 
o‘simtalari bilan har doim bitta mediator ajratadi (Deyl prinspi), ikkinchi prinspga 
asosan har bir mediatorning neyron yoki effektorga ta’siri sinaptik membranalar 
retseptorlarining tabiati bilan belgalanadi. Deyl prinspiga ko‘ra, har bir neyron 
o‘zining spetsifik axborotini o‘tkazish uchun faqat bitta mediatorni ishlatadi. Lekin 
keyinchalik, ushbu neyronda, asosiysi bilan birga ularning sintezida ishtirok 
etuvchi boshqa o‘tkazuvchilar va moddalar ham bo‘lishi mumkinligi aniqlandi. 
Hozirgi vaqtda, VATda, o‘nlab turdagi asab hujayralari turli mediatorlarni - 
atsetilxolin, noradrenalin, serotonin va boshqa biogen aminlar, ATF va 
aminokislotalarni sintezlaydi. Shu tufayli, ularni xolinergik, adrenergik, 
serotoninergik, purinergik va h.k. hujayralar deb ataladi. 

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish