Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/115
Sana13.05.2022
Hajmi4,73 Mb.
#602931
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   115
Bog'liq
fayl 1605 20210825

Simpatik qism. 
Simpatik asab tizimi tuzilishi bo‘yicha markaziy (orqa 
miyada joylashgan) va periferik (ko‘p sonli shoxlar va tugunchalarni o‘z ichiga 
olgan) qismlardan iborat (ilova:63-rasm). Uning markaziy qismi bo‘lib, orqa miya 
kulrang moddasining yon shoxlarida joylashgan simpatik yadro hisoblanadi. Bu 
yadro birinchi ko‘krak segmentidan boshlanib, bel segmentlarigacha tushadi va 
AATning torako-lyumbal bo‘limini tashkil qiladi. Simpatik tolalar bu markazdan 
tegishli orqa miya segmentlarining oldingi ildizlari orqali orqa miya 
neyronlarining o‘simtalari bilan birga chiqadi. Simpatik yadro ancha kichik 
multipolyar hujayralardan tuzilgan, bu neyronlarning dendritlari orqa miyaning 
o‘zida tarqaladi. Preganglionar tolalar deb ataladigan ingichka miyelinli aksonlar 
orqa miyadan chiqib, umurtqaoldi (paravertibral) yoki umurtqadan oldingi 
(prevertebral) tugunlarda tugaydi. Bu aksonlardan qo‘zg‘alishni o‘tish tezligi 20 
ms dan oshmaydi. Periferik qismini simpatik tugunlar va ularga aloqador afferent 
va efferent tolalar tashkil qiladi. Umurtqaoldi tugunlar, bosh chanog‘i asosidan to 
dumg‘azagacha tushgan umurtqaning ikki yonida yotuvchi o‘ng va chap simpatik 
ustunlarni hosil qiladi. Ustunlar tarkibidagi tugunlar bir-biriga komissuralar 
yordamida, orqa miya asablari bilan esa oq va kulrang tarmoqlar yordamida 
bog‘lanadi. Oq tarmoq orqali ganglionaroldi tola tuguniga kirib, effektor neyron 
bilan tutashishi mumkin. Unda effektor neyronning aksoni (ganglionarketi tola) 
kulrang tarmoq orqali orqa miyaga qaytadi va oldingi ildiz tarkibida uzilmasdan 
ishchi a’zoga yetadi. Tugunlarda ganglionaroldi tolalar bilan tutashgan neyronlar 
aksonlarning anchagina qismi kichik tutamlarga yig‘ilib, ko‘krak qafasi, qorin 
bo‘shlig‘i va chanoq a’zolarini innervatsiyalaydi. Ganglionar oldi simpatik 


176 
tolalarning bir qismi, umurtqa oldi tugunlarida uzilmasdan, prevertebral tugunlarga 
yetib boradi va bu yerda effektor neyronlar bilan tutashadi. Umurtqadan oldingi 
tugunlar umurtqadan ancha narida innervatsiyalanadigan a’zoga yaqin joylashgan. 
Shuning uchun, ularga yetib kelgan ganglionar oldi tola ham, ulardan chiqqan 
ganglionar keti tola ham ancha uzun bo‘ladi. Umurtqadan oldingi katta tugunlarga 
yulduzsimon, quyoshsimon, ichak tutqichining yuqori va pastki tugunlari kiradi. 
Bu 
tugunlardagi 
neyronlar 
qorin 
bo‘shlig‘i 
a’zolarining 
simpatik 
innervatsiyalanishini ta’minlaydi. Deyarli barcha a’zo va to‘qimalar simpatik 
innervatsiyalanishga ega. Bularga qon tomirlar, kovak a’zolar, terining silliq 
shakllari, teri va hazm bezlari, o‘pka, jigar, yog‘ to‘qimasi hujayralari, skelet 
mushaklari va MAT kiradi.

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish