Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan


Qon oqishining to‘xtashi (gemostaz)



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/115
Sana13.05.2022
Hajmi4,73 Mb.
#602931
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   115
Bog'liq
fayl 1605 20210825

Qon oqishining to‘xtashi (gemostaz).
Evolyutsiya jarayonida rivojlangan 
qonning ivishi - suyuq holdan lahtaga (jelesimon) aylanishi organizmning qon 
yo‘qotishiga to‘sqinlik qiladigan muhim biologik reaksiyasi hisoblanadi. Sog‘lom 
odamda kichik qon tomirlar jarohatlanganda qon oqishi 1-3 daqiqada to‘xtaydi 
(ilova: 21-rasm). Bu birlamchi gemostaz (qon to‘xtashi) asosan kichik qon 
tomirlarning torayishi va bir-biriga yopishib, g‘uj bo‘lib qolgan trombotsitlarning 
ularga tiqilib qolishiga bog‘liq. Qon tomirlarining torayishini serotonin va 
katexolaminlar ta’minlaydi. Trombotsitlar agregatsiyasi (bir-biriga yopishish) 
uchun adenozindifosfat (ADF) kerak. Ammo ADF yordamida hosil bo‘lgan 
trombotsitlar agregatsiyasi hali unchalik mustahkam emas. Trombotsitlarning 
mustahkam agregatsiyasi ikkilamchi gemostaz jarayonida trombin ta’sirida 
ro’yobga chiqadi. 
Qonni ivituvchi omillarga quyidagilar kiradi:
 
I omil - fibrinogen, qon 
plazmasining eng yirik molekulali oqsili. Qon ivish jarayonida, fibrinogen suyuq 
holatidan suvda erimaydigan (gel) holatiga o‘tadi. Qon ivishining mohiyati ham 
shunda; II omil - protrombin - glikoprotein jigarda vitamin K ishtirokida 
sintezlanadi. Tromboplastin ta’sirida faol enzim trombinga aylanadi. Trombin 
fibrinogen bilan o‘zaro hamkorlikka kirib, natijada fibrin hosil bo‘ladi; III 
omil -tromboplastin - fosfolipid, barcha hujayralar membranasida uchraydigan 
modda bo‘lib, protrombinni faollashtiradi; IV omil - kalsiy kationi, qon ivishida 
ishtirok etadigan hamma enzimlarni faol holatga o‘tishi uchun kerak; V va VI 
omillar - proakselerin va akselerin. As-globulin tromboplastinga aylanish 
jarayonini tezlashtiruvchi (akselerator) hisoblanadi; VII omil -prokonvertin, jigarda 
vitamin K ishtirokida hosil bo‘ladi va tromboplastin hosil bo‘lishida ishtirok qiladi; 
VIII omil - antigemofil bo‘lgan globulin A, qon protrombokinazasini hosil 
bo‘lishida qatnashadi. Uning yetishmovchiligi og‘ir irsiy gemofiliyaga olib keladi; 
IX omil - antigemofil bo‘lgan globulin V, gemokaogulyasiyaning birinchi 
bosqichida kerak bo‘lib, tromboplatin hosil bo‘lishida qatnashadi (Kristmas omili). 


58 
Uning yetishmovchigi ham nasliy gemofiliyaga olib keladi; X omil - Styuart-
Prauer omili bo‘lib, to‘qima va qon protrombinazalar tarkibiga kiradi; XI omil - 
troboplastinning plazmali o‘tmishdoshi. Yetishmovchiligi gemofiliyaga olib 
keladi; XII omil - Xageman omili bo‘lib, uning faolligi yot yuza bilan 
to‘qnashganda sodir bo‘ladi. Shu sababli, uning ikkinchi nomi - kontaktli omil. U, 
XI omilni faollashtiruvchi hisoblanadi; XIII omil - fibrinni stabillashtiruvchi omil 
bo‘lib, yakuniy yoki erimaydigan fibrin hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Bu omillar, 
ularning ochilishi xronologiyasi tartibiga va xalqaro qo‘mita qaroriga binoan rim 
raqamlari bilan ifodalangan.
 
Bundan tashqari, qon ivishining yana 12 ta 
trombotsitar omillari ham mavjud. Ularning ichida eng muhimi 3-omil, ya’ni 
trombotsitar tromboplastindir (ilova: 20-rasm)..

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish