Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan


Plazma va shaklli elementlar



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/115
Sana13.05.2022
Hajmi4,73 Mb.
#602931
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   115
Bog'liq
fayl 1605 20210825

Plazma va shaklli elementlar. 
Qonda plazma miqdori 55%, qonning 
shaklli elementlari 45% tashkil qiladi (ilova: 17- rasm).. Plazma qonning suyuq 
qismi bo‘lib, uni tarkibida suvda erigan oqsillar, uglevodlar, tuzlar, biologik aktiv 
moddalar - gormonlar, fermentlar va organizmdan ajralishi zarur bo`lgan 
dissimilyasiya maxsulotlari uchraydi. Kapillyarlardan o`tayotgan qon to‘qimalarga 
turli moddalar yetkazib berib, ayni shu vaqtda moddalarni qabul qilib turishiga 
qaramay, kimyoviy tarkibi o`zgarmas. Uni tarkibida 92% suv, 7-6% oqsillar, 
0.12% glyukoza, 0.7-0.8% yog`lar va 0.9% tuzlar tashkil etadi.
 
Plazma tarkibidagi 
oqsillar
turli muayyan funksiyalar va xususiyatlarga ega. Oqsillar asosiy 3 
guruhlarga bo`linadi: albuminlar 4.5%, globulinlar 1.7 - 3.5% va fibrinogenlar 
3.5% miqdorda uchradi. Fibrinogen qon ivish jarayonida ishtirok etadi, 
gammaglobulin fraksiyasi tarkibida turli antitanachalar bo‘lib, turli yuqumli 
kasalliklarga nisbatan immunitetni hosil bo`lishini ta’minlaydilar. Oqsillarni 
qolgan turlari plazmadagi suv miqdorini idora etadigan kolloid-osmotik bosimini 


51 
saqlashi uchun javob beradilar. 
 
Glyukoza
hujayrada asosiy energetik manba 
hisoblanadi. Qon plazmasida glyukozani miqdori kamayib ketishi bosh miyaning 
asab hujayralarining qo`zg`aluvchanligini keskin oshiradi va natijada titroq paydo 
bo‘ladi. Keyinchalik qonda glyukoza miqdorini kamayishi davom etsa, qon 
aylanishi, nafas olishi buziladi va organizmni o`limga olib kelishi mumkin. 
Plazmani mineral tuzlariga natriy, kalsiy tuzlari kiradi. Bu tuzlarning ionlar 
konsentratsiyasi va nisbati organizmning hayotiy faoliyatida katta ahamiyatga ega. 
Amaliy tibbiyotda o`zining miqdoriy tarkibi jihatdan qon plazmasiga muvofiq 
bo`lgan fiziologik eritmalar qo`llaniladi. Bunday fiziologik eritmalarga 0.8-0.9% 
NaCl eritmasi kiradi. Plazmani kimyoviy tarkibini doimiy bo‘lib saqlanishi 
organizmning neyro-gumoral boshqarilishi hisobidan ta’minlanadi. Qon shaklli 
elementlariga qizil qon tanachalari - eritrotsitlar, oq qon tanachalar - leykotsitlar va 
qon plastinkalari - trombotsitlar kiradi (ilova: 18- rasm).
 
Eritrotsitlar
qon plazmasida tarqoq holda uchraydi va qonni rangini 
ifodalaydi. Katta yoshdagi erkaklarda 1mm

qonda 5-5.5mln, ayollarda esa 3.7-4.5 
mln
eritrotsit bo‘ladi. Normada eritrotsitlarlarda yadrosi bo`lmaydi, shakli esa ikki 
tomoni botiq diskka o`xshaydi, diametri 7-8 mikron, qalinligi 1-2 mikron. 
Mikroskopning immersimon sistemasi ostida qaralganda qon tarkibida eritrotsitlar 
pushti rangda bo`lgan yumaloq yoki ovalsimon yadrosiz hujayralar bo‘lib, ko‘p 
miqdorda ko`rinadi. Eritrotsitlarning ikki tomoni botiq bo`lganligi tufayli, 
markaziy qismi yupqa bo‘lib och rangda ko‘rinadi. Eritrotsitlar tarkibiga maxsus 
qonni pigmenti gemoglobin kirib, uni tarkibida murakkab oqsil va gemin gruppasi 
bo‘ladi. Oqsil qismi globin gemin gruppasidagi temir bilan birikadi. Odamda 100 
ml qonida gemoglobin 15 g tashkil etadi. Eritrotsitlar
 qizil suyak ko`migida
hosil 
bo‘ladi (ilova: 23- rasm). Eritrotsitlarni o`rtacha yashash muddati 120 kun. Har 
sekundda taloq va jigarda 2.5 mln eritrotsitlarni parchalanishi ro`y beradi. Buning 
natijasida to‘qimalarda kislorodni miqdori kamayib ketadi. Eritrotsitlarni asosiy 
vazifasi nafas olish a’zolardan kislorodni to‘qimalarga yetkazib berish va 
to‘qimalardan esa karbonat angidridni olib ketish. Bu funksiyani bajarilishi 
gemoglobin molekulasini ajoyib xossalaridan kelib chiqadi: o‘pkada gemoglobin 


52 
kislorod bilan birikadi va tez parchalanadigan, mustahkam bo`lmagan kimyoviy 
birikma - 

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish