45
tekisda tarqalganligi xos. Ko`rsatilgan muskul tolalarni tuzilishi va funksiyasi bir-
biri bilan bog`liq. Masalan,
oq tolalar tez qisqaradi, lekin tez charchaydi. Qizil
tolalar uzoq vaqt davomida, lekin sekin qisqarishi mumkin. Oxirgi yillarda
sportchilarda muskullarni xolatini nazorat qilish maqsadida sitoximik tekshirish
usullari
qo`llaniladi. Ma’lumki, tez oq tolalari uchun
aerob glikolitik modda
almashinuvi va sekin qizil tolalari uchun aerob oksidlanish modda almashinuvi
xos. Qizil va oq tolalarni ifodolovchi fermentlar bir-biridan farqlanishi sababli,
ularni maxsus bo`yoqlar bilan bo`yaladi va tolalarni turi aniq ajratiladi. Turli
odamlarda qizil va oq tolalarni miqdoriy nisbati turlicha bo‘ladi va hayot
davomida deyarli o`zgarmaydi. Muskullarda tolalarni
taqsimlanish xususiyati
odamning genotipi bilan bogliq. Muskul tarkibidagi tolalarni miqdoriy
taqsimlanishi aniqlangan ko`rsatkichlar asosida sportga layoqatli bolalar va
o`smirlarning orasida sport tanlovini o`tkazish tavsiya etiladi. Har bir muskul
ichida harakat va sezuvchi asab oxirlari bo‘lib, ular muskullarini markaziy asab
sistemasi bilan bog`lab turadi. Harakat asablari markaziy
asab sistemasida hosil
bo`lgan qo`zg`alishni yetkazib beradi, impulsni uzatadi, natijada muskul markaziy
asab sistemasining xoxishi bilan qisqaradi. Asab impulsi muskullarning maxsus T-
naychalari orqali sarkoplazmatik turning sisternalariga yetkaziladi. So`ng
sarkoplazmatik membranalardan sitoplazma ichiga kalsiy ionlari chiqadi. Natijada,
aktin bilan miozinning birikishi natijasida muskulning qisqarishi vujudga keladi.
Muskul qisqarishda ingichka aktinli miofilamentlar kalta, yo`g`on miozinli
miofilamentlar orasiga kiradi va I-disk kaltalashadi. Muskullar ichida simpatik
asab oxirlari bor, shuning uchun tirik organizm muskullari bo`shashgan
vaqtda
doimo sal qisqargan holatda bo‘ladi. Bunga muskul tonusi deyiladi. Har bir
muskulning aktiv qisqaruvchi go‘shtdor qismi - tanasi va ikki uchi, ya’ni
boshlanish va birikish joylari - pay qismlari bo‘ladi. Uzun muskullarda bundan
tashqari yana bosh va dum qismlari tafovut qilinadi. Yassi muskullarning yupqa
yassi payi bo‘ladi, bu pay aponevroz deb ataladi. Ba’zi
muskullar bir necha bosh
bilan boshlanishi mumkin. Bunday muskullarni ko‘p boshli muskullar deyiladi.
46
Muskul tolalari yo`nalishiga qarab to‘g‘ri, qiyshiq, ko`ndalang va aylanma bo‘ladi.
Bundan tashqari, bir patli va ko‘p patli muskullar tafovut qilinadi.
Tana muskullarini bajaradigan ishiga qarab 4 guruhga bo`lish mumkin:
1. Aylanma harakatlarni bajaruvchi muskullar - tayanch-harakat apparatida,
naysimon suyaklarga birikkan bo‘lib, tana lokomotsiyalarda ishtirok etadi.
2. Oldinga va orqaga, yuqoriga va pastga tomon harakat etuvchi muskullar –
masalan, ko`rsatilgan harakatlar jag` muskullari tomondan bajariladi.
3. Tana bo`shliqlar hajmini o`zgartirishda ishtirok etuvchi muskullar – gavda
muskullari ko‘krak qafasini yoki qorin bo‘shlig‘ini hajmini o`zgartirishda ishtirok
etadi.
4. Teshik va yoriqlarni hajmini o`zgartirishda ishtirok etuvchi muskullar – bu
ishni doiraviy shaklga ega bo`lgan muskullar tomonidan bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: