H i s o b l a b ch i q a r i sh.
Kalorimert doimiyligining topilgan qiymatiga va tajriba natijalariga qarab, suvsiz mis sulfat va uning kristallogidratining erish issiqligi hisoblab chiqariladi. Suvsiz tuzning erish issiqligi qiymatidan tuz kristallogidrati erish issiqligining qiymati ayirib tashlanib, suvsiz tuzdan kristallogidrat hosil bo‘lish issiqligi topiladi.
|
KNO3
|
CuSO4
|
CuSO4 5H2O
|
Bo‘sh probirkaning g 1,g
|
|
|
|
Tuz solingan probirkaning og‘irligi g 2,g
|
|
|
|
Tuzning og‘irligi g=g2—g1 , g
|
|
|
|
Bo‘sh kolba (dyuar idishi)ning og‘irligi G1 , g
|
|
|
|
Distillangan suv solingan kolbaning og‘irligi G2, g
|
|
|
|
Suvning og‘irligi G=G2—G1
|
|
|
|
|
Har 0.5 minutda o‘lchangan temperatura
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
Kalorimetrdagi suvning temperaturasi……..
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
KNO3 eritmasining temperaturasi……..
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Kalorimetrdagi suvning temperaturasi……..
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
CuSO4 eritmasining temperaturasi….…
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Kalorimetrdagi suvning temperaturasi……..
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
CuSO4*5H2O eritmasining temperaturasi….…
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Qilingan ish haqida hisobot.
1. Kolorimetr sxemasini chizish.
2. Vaqt o‘tishiga qarab temperaturaning o‘zgarish grafigini chizish.
3. Kolorimetr doimiyligini hisoblab chiqarish.
4. Suvsiz tuzdan kristalogidrat hosil bo‘lish issiqligini hisoblab chiqarish.
4-Laboratoriya ishi: Neytrallanish issiqligini topish.
Ishdan kuzatilgan maqsad: 1. Sirka kislotaning o‘yuvchi kaliy eritmasi bilan neytrallanish issiqligini toppish va uning dissotsiyalanish issiqligini hisoblash.
2. Ishqorni titrlash uchun sarf bo‘lgan xlorid kislota miqdorini (normalligi) hisoblash.
Ish uchun kerakli jihozlar:Issiqlik effektini toppish uchun asbob (kalorimetr); ishqor quyish uchun ampula.
O‘yuvchi kaliyning 10% li eritmasi; xlorid kislotaning 10% li eritmasi; o‘yuvchi natriy; muz sirka kislota.
Nazariy qism.
Kuchli kislotalarning suvdagi eritmalari kuchli asoslar yordamida neytrallanganda xamma vaqt bir xil miqdor issiq chiqadi, bu issiq 1gr-ekv kislota yoki asos uchun 13,65 kkal gat eng bo‘ladi. Bu- neytrallanish issiqligining doimiylik qonuni deb ataladi.
Elektrolitik dissotsiyasi nazariyasiga muvofiq, neytrallanish issiqligi doimiylik qonunining sababi shuki, neytrallanish reaksiyasi vodorod ionlarining gidroksil ionlari bilan o‘zaro ta’sir etishidan iborat, natijada kam dissotsiyalanuvchi suv molekulalari hosil bo‘ladi.
NaOH + HCl = NaCl + H2O + 13,65 kkal
Ionlar orasida bo‘ladigon reaksiya tarzida quyidagicha ifodalasa bo‘ladi:
Na+ + OH- + H+ + Cl- = Na+ + Cl- + H2O + 13,65 kkal
Tenglamaning o‘ng tomonida xam, chap tomonida xam Na+ va Cl- ionlari borligini nazarda tutib, tenglamani quyidagicha yozish mumkin:
H+ + OH - = H2O + 13,65 kkal
Demak, qanday kislota va qanday asos olinganidan qat’iy nazar neytrallanish reaksiyasi vodorod xamda gidroksil ionlaridan suv hosil bo‘lish reaksiyasidan iboratdir. Vodorod suv hosil qilganda 13,65 kkal issiqlik chiqadi.
Bir gramm ekvivalent kislota bilan bir gramm ekvivalent asos o‘zaro ta’sir etganda chiqadigon issiqlik miqdori neytrallanish issiqligi deb ataladi.
Kuchsiz kislota kuchli asos yordamida yoki, aksincha, kuchli kislota kuchsiz asos yordamida neytrallansa, neytrallanish reaksiyasining issiqlik effekti 13,65 kkal dan kam yoki ko‘p bo‘lishi mumkin. Kuchsiz kislota va kuchsiz asoslarning dissotsiyalanish darajasi uncha katta emas va titrlanayotganda kuchsiz kislota (asos) ionlarga dissotsiyalanadi. Turli elektrolitlarning dissotsiyalanish issiqlik effekti qiymat jihatidan ham, ishorasi jihatdan xam xar xil bo‘ladi.
Bir mol elektrolit ionlarga ajralganda (dissotsiyalanganda) chiqadigon issiqlik miqdori dissotsiyalanish issiqlik effekti deb ataladi. Shuning uchun kuchsiz asoslar kuchli kislotalar bilan neytrallanganda neytrallanish reaksiyasi issiqlikning qiymati turlicha (13,65 kkal dan kam yoki ko‘p) bo‘ladi. Masalan, vodorod ftorid kislota (HF) o‘yuvchi kaliy bilan neytrallanganda, neytrallanish reaksiyasining issiqlik effekti 16 kkal / gr – ekv ga teng, sianid kislota o‘yuvchi natriy bilan neytrallanganda esa issiqlik effekti 12,9 kkal/ gr – ekv ga teng bo‘ladi.
Kuchsiz kislota kuchli asos bilan neytrallanganda neytrallanish reaksiyasining issiqlik effektini tajriba yo‘li bilan topib, Gess qonuniga asosan, shu kuchsiz kislotaning disotsiyalanish issiqligini hisoblab chiqarish mumkin. Tajriba yo‘li bilan topilgan neytrallanish issiqligidan foydalanib, neytrallash uchun qancha kislota yoki qancha asos ketganligini hisoblab toppish mumkin.
Bu quyidagi tenglama bilan hisoblanadi:
Bunda n = kislotaning qidirilayotgan normalligi;
Q – tajribadan topilgan neytrallanish issiqlik effekti, kkal;
q- kislota eritmasini suyiltirish issiqligi, kkal;
V – tajriba uchun olingan kislotaning hajmi ( ml hisobida); bu hajm kislota og‘irligini shu kislotaning solishtirma og‘irligiga bo‘lish yo‘li bilan topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |