FIZIKA VA ASTRANOMIYANI O’QITISHDA MNEMONIKADAN FOYDALANISH.
T.A.Cho’liev Guliston davlat universiteti o’qituvchisi
X.O.Babamuratov Guliston davlat universiteti magistranti
Annotatsiya. Mnemonika-inson xotirasini kuchaytirish uchun maxsus fan. Mnemonikadan
foydalanib fizika fanini oson o’rganish.
Kalit so’zlar: Mnemonika, fotoeffekt, assosiyasiya, sinipaz, emotsiya.
“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
25
O’z davrida Siseron mnemonika haqida ko’plab ishlarni yozib qoldirib ketgan. Qadimgi
yunonistonda Mnemonika Xudosi bo’lgan. U xotira mabudi bo’lgan shu sabab bu fanni uning nomiga
atashgan. Hozirgi kunda hech bir o’quvchi fizikani bilmayman deyolmaydi sababi biz harakatdamiz
demak mehanik harakat qilamiz, o’zimiz tinch tursak ham yurak va ichki azolarimiz harakatda.
Ovqatlanishimiz (mexanika), ko’rishimiz (optika), eshitishimiz (akustika) va hk barchasini fizika bilan
tushuntirib bersa bo’ladi. Fizik olimlar Demokrit, Pluton, Aflotun, Kopernik, Kepler, Galileo, Nyuton
hattoki Enshteyn va Teslaga ham innavatsion darslar o’tilmagan, hodisa va jarayonlarni bizlarga
o’xshab 3D farmatlarda ko’rmagan. Ularda tasavvur va hotiralar kuchli bo’lgan holos shuning uchun
ular kelajakni ko’ra olgan odamlardir har bir holatni his qilish uni boshqa holatlar bilan bo’glash uchun
bizga kuchli hotira va tasavvur kerak bo’ladi. Nazariyotchi Albert Enishteyn barcha qilgan ishlari
olimning tasavvur maxsuli emasmi yoki ushlab ko’rib o’rganganmi. Olim nisbiylikni yaratdi,
fotoeffekt hodisasi uchun nobel mukofotiga sazovvor bo’ldi. Uning miyasi haligacha olimlar
tomonidan o’rganiladi. Mnemonika usuli bilan qisqa vaqt ichida turli fanlar va tillarni o’rgansa bo’ladi.
Unda biz birinchi navbatda ongimizni kuchaytirishimiz kerak bo’ladi. Odam miyasi kun davomida
ko’rgan jarayonlarni barchasini eslab qololmaydi, faqatgina e’tibor berganlari yoki emotsianal
holatlarni eslab qoladi holos
1 chi darajali mnemonika mashqi. Kamalak ranglari 7 xil. Bu ranglar ketma-ketligi: qizil,
zarg’aldoq, sariq, yashil, havorang, ko’k, binafsha. Bu ranglar ketma- ketligini assosiasiyalar
yordamida yodlab olish juda oson. Shunchaki bitta so’zni boshqasiga ulab hikoya tuzish kerak.
Ongimiz kichik kichik neyronlardan tashkil topgan. Ma’lumot miyaga kelishi bilan neyronlar bir-
biriga sinipaz ya’ni bog’lovchilar orqali bir–biriga m’alumot uzatadi. Mnemonika aynan shunga
asoslangan. Ya’ni birinchi axborotni ikkinchisi bilan bog’lash. Ayrimlar shu yettita so’zni ketma-ket
aytaolmaydi biz buni qanday qilamiz oddiy hikoya orqali bog’laymiz. Qizlar Zafarga stadion yonida
havorang va ko’k burgutlarni ko’rganini aytdi. Voqea qanchalik komik bo’lsa shuncha yaxshi bo’ladi.
Hozirgi kunda o’quvchilarimiz orasidagi muommo masala yechish ko’nikmasi yo’qligi, ayniqsa
yuqori sinflar masala yechishga qiynalishadi. Buni yechimi oddiy. O’quvchilarimiz masala shartiga
qarab birdan ishlab ketadilar bu noto’g’ri, masala shartini yaxshilab o’qib uni tasavur qilsagina
berilgan kattaliklarning o’zidan formula yaraladi. Enshteyn ham bir soatlik masalani 45 daqiqa o’ylab
15 daqiqada yechgan. Tasavvur 80% eslab qolish hususiyatiga ega qolgan his tuyg’ular 10% ni
bo’lishib oladi yana 10% esa matnli hotira hisoblanadi. Hamma murakkab ko’ringan narsalar aslida
oddiy yechimga ega bo’ladi. Biz masala yechganimizda ongimizda uning idial 3d maketini tasavvur
qilamiz va har qanday topshiriqni tasavvur orqali bir zumda bajaramiz. Biz yashayotgan zamonda eng
kata tezlik yorug’lik tezligi hisoblanadi (300000000 m/s ga teng). Bemalol ayta olaman bizning
tasavvur tezligimiz undanda tezdur bir onda dunyoning istalgan joylarda bo’la olamiz fazodami,
quruqlikdami, suv ostidami ahamiyati yo’q. Hammamiz bir kunda 24 soatga egamiz u olim bo’lsin
yoki oddiy ishchi, kuchlar teng. Vaqtdan unumli foydalanish yo’llarini o’quvchilarga o’rgatishimiz
kerak vaqt faqat oldinga harakat qilishini bu onlarni qaytmas jarayon ekanligini (Termodinamikaning
2-qonuni) tushutra bilish kerak bo’ladi. Foydalanilayotgan qo’llanmalarda chuqurroq fikir
yuritiladigan muommoliy savollar bo’lish kerak. Masalan devorga otilgan jism elastik to’qnashsin,
ta’sir aks ta’sirini yuzaga keltiradi. Nyutonning 3-qonuni ta’sirlashayotgan kuchlar o’zoro teng va
qarama - qarshi, ta’sir kuchlar teng va qarama - qarshi bo’lsa natijalovchi kuch nolga teng. Nega
urilgan jism ortga qaytadi. Javob jismga ta’sir qilayotgan kuchlarning yig’indisi nolga teng ya’ni
jismga ta’sir qilayotgan kuchlar bir-birini kompentsatsiyalaydi. Lekin bu yerda bir jism emas ikki jism
bo’lganligi uchun jism ortga qaytadi. Yana savol tug’uladi, nega devor qimirlamaydi sababi unga ta’sir
qilayotgan (og’irlik kuchi, atmosfera bosimi va hk) kuchlar bu ta’sirlashishdagi kuchdan kata
bo’lganligi uchun. Buni oddiygina impulsning saqlanish qonuni bilan tushuntirsa ham bo’ladi. Yana
bir savol nega stalbalar simlari ustiga kichkina qushlar qo’nsa tok urmaydi, kata qushlar qo’nsa uradi?
Do'stlaringiz bilan baham: |