FIZIKA FANINI O’QITISHDA O‘QUVCHILARNI MUSTAQIL ISHLASHGA UNDASH
Sh.T. Boymirov
1
., I.B. Xaydarov
2
., E.Sh. Ikromxonov
3
.
Giliston davlat universiteti o’qituvchisi
1
Giliston davlat universiteti o’qituvchisi
2
Mirzaobod tumani 22-maktab o’qituvchisi
3
O‘quvchilarning mustaqil ishlari deganda o‘qituvchi topshirig‘ini maxsus ajratilgan vaqt ichida
o'quvchilar bajarishlari tushuniladi. Bu vaqtda o‘qituvchi kuzatib, rahbarlik qilib turadi.
“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
195
Fizika va astronomiyani o‘qitish jarayonida o'quvchilar tomonidan quyidagicha mustaqil ishlarni
bajarishlari mumkin:
—
astronomik hodisalarni ya’ni, osmon jisimlarini kuzatish;
—
o‘quv va ma’lumotnoma adabiyotlar bilan ishlash;
—
qiziqarli masala yechishda turli ish shakllari;
—
laboratoriya amaliy ishlar;
—
qidiruv elementiga ega bo'lgan frontal tajribalar;
—
tarqatma materiallar bilan ishlash;
—
kinematik sxemalar bilan ishlash;
—
o'rtoqlarining javoblari va chiqishlarini taqriz qilish, axborot va referatlar tayyorlash;
—
tajribalarni kuzatish va undan xulosalar chiqarish;
—
asboblar va ko'rgazmalar tayyorlash va hokazo.
Mustaqil ish qanday bo'lishidan qat’i nazar rahbarlik rolini o'qituvchi bajaradi. U mustaqil
ishning hajmi va mazmunini, darsdagi o'rnini, uslubini aniqlaydi, vazifa tuzadi, o'quvchilarga
yo’llanma beradi, o‘z-o‘zini nazorat qilishga o‘rgatadi. Mustaqil ishlar o‘quvchilarning yosh
xususiyatlariga mos tushishi, ular bajara oladigan va qiziqarli bo’lishi lozim.
Agar o'qituvchi o'quv jarayoniga muntazam ravishda turli ko'rinishdagi mustaqil ishlarni kiritib
borsa, o'quvchilarda mustaqil ishlash ko'nikma va malakasi shakllanib boradi.
Shu bilan birga darslik ham o'quvchilar tomonidan fan asoslarini egallashlaridagi asosiy
vositadir.
O'rta maktabda o'qish davrida o'quvchilar kitob bilan ishlaganda quyidagi ko'nikma va malakaga
ega bo'lib chiqishlari lozim:
a)
hodisalarning asosiy belgilarini, qonunlarning mohiyatini ajrata olishlari;
b)
rasm, chizma va grafiklardan foydalana olishlari;
d)
o'qiganlarining rejalarini tuza olishlari;
e)
o'qiganlarini o'z tillari bilan mantiqan ketma-ket va boshqa materiallar bilan to'ldirilgan
holda bayon qila olishlari;
f)
mustaqil ravishda formulaning matematik kelib chiqishini tushuna olishlari;
g)
mundarija, nom va ism ko'rsatkichlaridan foydalana olishlari;
h)
katalog bilan ishlay olishlari va bibliografiya tuza olishlari lozim.
Kitob bilan va yordamchi adabiyotlar bilan ishlash bir necha bosqichda amalga oshiriladi.
Birinchi bosqichning vazifasi o'quvchilarda kitob bilan ishlashning boshlang'ich ko'nikma va
malakasini hosil qilishdan iborat. Bunda o'quvchilarga sodda matnlar berilib, o'quvchilar uni o'qib,
o'qituvchi oldindan qo'ygan savollarga javob topadilar.
Ikkinchi bosqichda o'quvchilar tomonidan matn turini aniqlash mahorati mustahkamlanadi.
Bunda o'quvchilar matndagi asosiylarni aniqlab aytib berish rejasini tuzadi. Ularning nutq
madaniyatlari ham o'sadi.
To'rtinchi bosqichda o'quvchilarning aralash matnlar bilan ishlash mahorati shakllanib boradi.
Masalan, hodisa va uni xarakterlovchi kattaliklar, asboblarning tuzilishi va ishlatilishi.
Beshinchi va oltinchi bosqichlarda o'quvchilar mustaqil ravishda konferensiyalarga ma’ruzalar
tayyorlaydilar, referatlar yozadilar.
Mustaqil ishlash qanday bo'lishidan qat’i nazar uning natijasi doim tekshirilishi va muhokama
qilib borilishi lozim. So'rash individual, frontal, masala yechishda, tajriba o'tkazishda amalga
oshirilishi mumkin. O‘qituvchi o‘quvchilarning kitob bilan ishlashini tashkil qilgan holda yangi
materialni o‘rganish strukturasining bir necha variantlarini ko‘rib chiqadi. Darslik yangi axborot
manbai bo‘lib xizmat qiladi. Darslik bilan ishlash asosiy o‘rinni egallab, darsda o‘quvchilar faoliyatini
qanday tashkil qilishga bog‘liq bo’ladi.
O'quvchilarning mustaqil ishlari o'quv jarayonining zaruriy elementlaridan biridir. Mustaqil
ishlari faqat kitobni o'qib kelish va masala yechish bo'lmay, ko'proq ijodiy xa- rakterdagi
Do'stlaringiz bilan baham: |