“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
194
Фойдаланилган адабиётлар
1.
А.А.Ахмедов, М.Джораев “Развитие компетентности учителя физики и пути её
усовершенствования” Pedagogy&Psychology, Theory and Practice International scitntifik journal ,
№6(8), 2016г .стр14-16.Volgograd
FIZIKANI O’QITISHDA TALABALAR MUSTAQIL TA’LIMINI TASHKIL ETISH
Sh.Jumanov, M.Davronov (Qarshi Davlat Universiteti)
Ma’ruza – bu ijodiy jarayon bo’lib, unda bir vaqtning o’zida ham o’qituvchi ham talaba ishtirok
etadi va ular jarayonga kerakli darajada tayyorgarlik ko’rishlari shart.
Shuni unutmaslik kerakki, ma’ruza avvalo, o’zining maqsad va yo’nalishlari qat’iyliligi,
mustaqil fikrlashga majbur etuvchi xususiyatlari bilan talabalarni o’ziga chorlaydi. O’qituvchi dars
jarayonida faqatgina “bilim manbai” sifatida emas, balki, barcha psixologik jarayonlarning qat’iy
nazoratchisi sifatida ham faol bo’lishi talab etiladi. Darsga tayyorgarlik ko’rmagan talaba, ma’ruza
qanchalik ma’noli va emotsional bo’lmasin ma’ruzaga qiziqmaydi. Ushbu vaziyat asosan ma’ruza
jarayonida muammoli o’qitish elementlari qo’llanilganida yaqqol namoyon bo’ladi, chunki, darsga
tayyor bo’lmagan guruh uchun muammoli vaziyatlarni yaratish hech qanday ma’noga ega emas,
sababi, dars davomida talabalar o’rtaga tashlangan muammo echimini topishda amaliy ishtirok eta
olishmaydi.
O’qituvchining vazifasi shundan iboratki, u ma’ruzani tayyorlash jarayonida nafaqat ma’ruzaga
tegishli asosiy faktlardan foydalanish kerak, balki, talabalarni tegishli ma’ruzaga tayyorlash va ularni
ma’ruza uchun rejalashtirilgan muammoli vaziyatlarni hal etishga qaratilgan materiallarni takrorlashga
e’tiborini jalb etmog’i lozim.
Pedagoglar va psixologlarning maxsus tadqiqot va kuzatishlari shundan dalolat beradiki, agar
talabalar ma’ruzani tinglagan kunida qayta ishlasalar u holda material to’lig’icha o’zlashtiriladi. Agar
bu hol bir kun o’tib amalga oshirilsa, tinglangan materialning 50% o’zlashtiriladi, ikki hafta o’tgach
esa – faqat 25%. O’qituvchi ushbu qonuniyatni e’tiborga olgan holda, talabalar har qaysi ma’ruza
materiallarini sistematik tarzda o’zlashtirishlariga erishmog’i lozim.
Mustaqil ish, ayniqsa u ma’ruza materiallarini konspekt qilish va qayta ishlashga asoslangan
bo’lsa va talabalar o’qituvchilarning to’g’ridan-to’g’ri aralashuvi va ishtirokisiz, biroq ularning
kuzatishlari va rahbarligi ostida bajarilsa, bu kabi ishlar talabaning maqsadli faoliyatiga yo’naltirilgan
hisoblanadi. Ushbu vaziyatda talaba: taqqoslash, tahlil qilish, umumlashtirish va h.k. ya’ni turli
muammolarni mustaqil hal etish uchun zarur bo’lgan mustaqil fikrlashga erishadi.
Talabalarning mustaqil o’zlashtirish bilim darajasini aniqlash uchun har qaysi o’zlashtirilgan
mavzu bo’yicha talabalarga rejalar va savollar tuzishni taklif etish maqsadga muvofiqdir. Talabalar
mustaqil ravishda yoki o’qituvchining talabiga ko’ra: qanday savollar qo’yishiga qarab ularning
bilimini va aqliy zakovati darajasini yetarli darajada haqqoniy baholash mumkin bo’ladi.
Savollar – talabalarning ma’ruza jarayonidagi mustaqil ishlarining ishonchli natija
ko’rsatgichlari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |