“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr. 123
FIZIK KIMYOVIY ANALIZ USULLARINI O’QITISHNING FIZIKA FANLARI BILAN INTEGRATSIYASI E.A.Ro’ziyev. Samarqand davlat universiteti.
Mamlakatimiz hukumatining oliy ta’lim tizimiga berayotgan katta e’tiborini “Biz ta’lim va
tarbiya tizimining barcha bo’g’inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni
o’zimizning birinchi darajali vazifamiz, deb bilamiz… Ilm fan namoyondalarining, ta’bir joiz bo’lsa,
“igna bilan quduq qaziydigan” zahmatkash olimlarimizning mashaqqatli ilmiy izlanishlari
mamlakatimiz, uning bugungi va kelgusi ravnaqi uchun juda katta ahamiyatga ega. Bu fidoyi insonlar
uchun har tomonlama qulay sharoitlar yaratish maqsadida biz bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar
etamiz” –deb ta’kidlagan Respublikamiz Prezidentining murajaatlaridan bilsak bo’ladi. Bugungi
kunda ta’lim tizimida o’qitilayotgan fanlarning bir–biriga bevosita bog’liqligini hisobga olib, ularning
integratsiyalashuv jarayoniga katta e’tibor qaratilmoqda. Jumladan fizika fanlarining kimyo fanlarini
o’qitishdagi o’zaro bog’liqligidan foydalanishning o’rni beqiyosdir.
Oily ta’lim tizimidagi o’qitilayotgan fanlarning integratsiyalashuvi ta’limning nafaqat o’quv-
uslubiy jihatdan, balki ilmiy- uslubiy jihatdan ham kuchaytirilishiga imkon beradi. Fundamental
fanlarni o’qitishda, ayniqsa, yangi ilmiy texnologiyalarga asoslangan zamonaviy ta’lim olish
uslubiyatini yaratish, ta’lim tizimida axborot texnologiyalarini qo’llash zamonaviy asbob-uskunalar
bilan ta’minlash va foydalanish ta’lim sifatini oshishida muhim ahamiyatga egadir.
Kimyo fanlaridan analitik kimyoni o’qitish uning nazariy asoslarini mukammal tushunishdan
amaliy jihatlarini va u bilan bog’liq bo’lgan tabiiy fanlarning ilg’or jihatlari bilan qo’shib olib
borishdan, ulardan foydalanishdan, har bir analitik natijani matematik statistika usullari yordamida
metrologik jihatdan baholashdan, turli analitik usullarda olingan ma’lumotlarni ilmiy-metodik nuqtai
nazardan asoslashdan iborat bo’ladi.
Analitik kimyoda analitik ob’yektlar analizi fizikaviy,fizik-kimyoviy usullar yordamida
bajarishda elektrometrik va optik kattaliklarning barchasidan aniq modda miqdori va sifatiga
bog’liqligi xususiyatlaridan foydalaniladi. Shuning uchun ham ta’lim tizimida o’qitishning ilmiy-
metodik jihatdan yuqori bo’lishini ta’minlashda bir- biriga yaqin bo’lgan fizika va kimyo fanlari
aloqalaridan foydalanish lozimdir.
Fanlarning bir-biriga bog’liqligini analitik kimyo fanini o’qitishda quydagi tizim asosida yo’lga
qo’yish maqsadga muvofiqdir:
-analiz ob’ektlarni o’rganishdagi fizika va kimyo fanlaridagi umumiylik;
-kimyo va fizika fanlaridagi turli qonunlar, tushunchalar va nazariyalarning umumiyligi;
-analiz jarayonlarini tashkil etishda ilmiy uslubiyatlarning qo’llanilishidagi umumiylik;
-fizik kimyoviy analiz usullari, fizikaviy tadqiqot usullari va ularning turlaridagi fanlarning
birgalikdagi istiqbolli aloqalari;
-turli murakkablikdagi analiz jarayonlarni baholashda va anaiqlashda mantiqiy-strukturaviy
sxema va usullarning umumiyligi;
-analitik kimyo fanlarining fizikaviy kattaliklarini baholashga asoslangan usullaridan
foydalanishga mo’ljallangan mutaxassislik fanlari yo’nalishlarida o’quv-dasturiy hujjatlardagi
umumiylik;
-miqdoriy analiz natijalarining to’g’riligi va aniqligini matematik statistika usullari va ehtimollar
nazariyalari asosida hisoblash va qayta ishlashni yengillashtirishning mumkinligi;
-axborot texnologiyalari, zamonaviy o’lchov vositalari va fundamental tatqiqotlar jarayonidagi
o’xshashlik va umumiyliklardan iborat.
Bugungi kunda tayyorlanayotgan analitik bakalavr va magistrlar tor doiradagi alohida
mutaxassislik bilan cheklanib qolmasdan, xalq xo’jaligining turli sohalarida ishlab ketish imkoniga
ega bo’lishini nazardan chetda qoldirmasligimiz zarur. Shuning uchun ham bugungi talaba o’quv