“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
129
Юқорида баён этилганлардан кўринадики, фотокимёвий реакцияни, жумладан,
фотосинтезни ёруғликнинг квант назарияси асосида тушунтириш мумкин экан.
Фойдаланилган адабиётлар.
1. Г. Аҳмедова ва бошқа. “Атом физикаси”. Т., “Истиқлол”, 2013 й.
2. А. Абдуллаев. “Атом ва ядро физикаси элементар асослари”. Т., “Ўзбекистон”, 1967 й..
3. И. Асқаров, К. Ғофуров ва Ш. Қирғизбоев. “Кимёвий билимлар сарчашмаси”. Т.
“Ўзбекистон”, 2013 й.
KIMYOVIY TERMODINAMIKA MAVZUSINI O`TISHDA FIZIK QONUNLARNING
O`RNI
Kirgizov Sh.M, Nasriddinova F.T, Pattojonova N.D.
Andijon davlat universiteti
Fizika fanining kimyo faniga bog`liqligi shunchalik yaqinki, ikkala fanning ohiri borib bir-biriga
tutashib ketadi. Ana shunday tutashgan mavzulardan biri –termodinamikadir. Huddi fizika fanida
bo`lganidek, kimyo fanida ham termodinamika mavzusi muhim hisoblanadi.
Termodinamika molekula va atom tushunchalaridan foydalanmay va jarayonarni mikroskopik
nuqtai nazardan tekshirmay turib ham bu jarayonlarning borishi to’g’risida qator xulosalar chiqarishga
imkon beradi. Termodinamikada juda ko’p tajribalardan olingan faktlarni umumiylashtirish orqali bir
nechta qonunlar asos qilib olingan. Shuning uchun ham termodinamika xulosalari juda umumiy
xarakterga ega. Modda holatining o’zgarishlarini tekshirishga turli xil nuqtai nazardan yondashib
termodinamika bilan molekulyar-kinetik nazariya bir-birini to’ldiradi va aslida borib birlashib
ketadi[1].
Kimyoning reaksiya sodir bo‘lishdagi energetik o‘zgarishlarni o‘rganuvchi qismi kimyoviy
termodinamika deb ataladi.
Kimyoviy reaksiyalar ko‘pincha issiqlik yoki boshqa energiya turlarini yutish yoki chiqarish
bilan sodir bo‘ladi. Kimyoviy reaksiyalarda yutiladigan yoki ajralib chiqadigan issiqlik reaksiyaning
issiqlik effekti deyiladi.
Issiqlik chiqishi bilan boradigan reaksiyalar ekzotermik reaksiyalar, issiqlik yutilishi bilan
boradigan reaksiyalar endotermik reaksiyalar deyiladi.
Issiqlik effektining qiymati termodinamika qoidalariga ko‘ra ekzotermik reaksiyalarda ajralgan
issiqlik miqdori musbat (+Q), endotermik reaksiyalarda yutilgan issiqlik esa manfiy (–Q) ishora bilan
belgilanadi. Reaksion sistemaning bosim o‘zgarmas sharoitdagi (izobarik jarayon) energiyasining
o‘zgarishi sistema entalpiyasining o‘zgarishi bo‘lib, ΔH bilan belgilanadi. Δ belgisi o‘zgarish, farqni
anglatadi. Ekzotermik reaksiyada reaksion sistemadan issiqlik ajralib chiqqani uchun sistema
entalpiyasining o‘zgarishi manfiy (–ΔH), endotermik reaksiyalarda esa musbat (+ΔH) qiymatga ega
bo‘ladi. Demak, reaksiyaning issiqlik effekti Q ayni reaksion sistema entalpiyasining ozgarishi bilan
quyidagi munosabatda bo‘ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |