AYLANUVCHI KO’ZGU METODI 1862 –yilda Fuko yorug’lik tezligini aniqlashning g’oyasini oldin (1838 y) Agaro bergan ikkinchi metodini amalga oshirdi; Agaro bu g’oyani yorug’likning havodagi tezligini uning boshqa muhitlardagi (suvdagi) tezligini solishtirish maqsqdida bergan edi. Bu metod juda kichik vaqt oraliqlarini aylanuvchi ko’zgu vositasida juda sinchiklab o’lchashga asoslanadi.Rasmda tasvirlangan S manbadan kelayotgan yorug’lik aylanayotgan R ko’zguga L obektiv yordamida yuboriladi ,undan ikkinchi ko’zguga tomon yo’nalishda qaytadi va keyin orqaga ketib , 2CR=2D masofani vaqt ichida bosib o’tadi.
Bu vaqt aylanish tezligi aniq ma’lum bo’lgan R ko’zguning burilish burchagiga qarab baholanadi; burilish burchagi esa qaytib kelgan yorug’likdan tushgan yorug’ dog’ siljishini o’lchashdan topiladi. Miqdorlar E okulyar va yarim shaffof M plastinka vasitasida o’lchanadi; M plastinkaning vazifasi xuddi oldingi metoddagidek bo’ladi; -yorug’ dog’ning R ko’zgu qimirlamay turgan holdagi vaziyati ,-o’sha dog’ning ko’zgu aylanayotgan holidagi vaziyati .
Fuko qurilmasining muhim xususiyati shuki ,unda C ko’zgu sifatida sferik ko’zgu ishlatilgan bo’lib , bu ko’zguning egrilik markazi R ko’zguning aylanish o’qiga yotadi. Shu tufayli R dan C ga tomon qaytgan yorug’lik hamisha R ga qaytib tushadi; yassi C ko’zgu ishlatilgan holda esa R dan qaytgan yorug’lik yana R ga qaytib tushishi uchun R bilan C bir –biriga nisbatan ma’lum bir vaziyatda turishi kerak , bu holda qaytgan nurlar konusning o’qi C ku’zguga normal ravishda yunalgan bo’lishi kerak.
Aylanuvchi ko’zgu metodi bilan o’tkazilgan o’lchash natijalari mana bunday: Fuko (1862 y) c=298000500 km/c
Nyukomb (1801 y) c=29981050 km/c
Maykelson (1902 y) c=29989060 km/c
Maykelson (1926 y) c=2997964 km/c
Difraksion panjara - optik asbob; noshaffof ekranga qilingan koʻp sonli parallel tirqishlar yoki oʻzaro bir xil masofada joylashgan koʻzgusimon yoʻllar (shtrixlar) majmui; ularda yorugʻlik difraksiyasi xodisasi sodir boʻladi. Difraksion panjara oʻziga tushayotgan yorugʻlik nurlarini spektrlarga ajratadi. Difraksion panjaraning muntazam va nomuntazam xillari mavjud. Tirqishlari tartibsiz boʻlgan xili nomuntazam, tartib bilan joylashtirilgan xili muntazam difraksion panjara deyiladi. Optikada nomuntazam difraksion panjaraning amaliy ahamiyati yoʻq. Muntazam difraksion panjara yassi yoki sferik sirtga bir xil shaklda (teng oraliqda) chizilgan chiziqlar toʻplami boʻlib, chiziqlar oraligʻi d difraksion panjara davri deyiladi.
Difraksion panjaraga tik tushayotgan yoruglik nurlari har qaysi tirqishda f burchakka sinadi, natijada nurlar yoʻli farqi d-simp hosil boʻladi. Baʼzi tabiiy kristallar ham rentgen nurlarini tahlil qilish uchun muntazam difraksion panjara sifatida ishlatiladi.