Fizika va astronomiya



Download 4,23 Mb.
bet65/149
Sana31.12.2021
Hajmi4,23 Mb.
#212030
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   149
Bog'liq
36fizikaastrooqitishnazmetpdf

Nazorat savollari:

  1. Umumiy fizikani o‘qitish qanday vazifalami bajarishni taqozo qiladi?

  2. Umumiy fizikani o‘qitishda talabalar fizik hodisalar va kattaliklami o‘zlashtirishiga qanday talablar qo‘yiladi?

  3. Umumiy fizika kursida fizik nazariyalami o‘zlashtirishga qanday talablar qo‘yiladi?

  4. Talabalar eksperimental tajribalami samarali o‘tkazishi uchun qanday malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari kerak?

  5. Talabalar materiyaning shakli va jismlaming xossalari to‘g‘risida nimalami bilishi kerak?

22-§. Talabalaming rnustaqil ishlarini tashkil qilish

Oliy o‘quv yurtidagi o‘quv-tarbiyaviy jarayon, o‘rta ta’lim tizimidagi ushbu jarayondan tubdan farq qiladi. Oliy maktablarda, o‘rta ta’lim tizimidan farqli, har kuni beriladigan uy vazifalari va o‘tilgan materialni takrorlash yo‘q.

Ikkinchidan, auditoriyadagi ma’ruza va mashg'ulotlar qancha- lik yuqori darajada o‘tkazilmasin, talabalar bilimining sifati, ularning mustaqil ishlashiga bevosita bog‘liq. Mustaqil ish o'qituvchi tomonidan aniqlanadi va tcgishli ko‘rsatmalar berilib, bajnrilishi nazorat qilib boriladi.

Umumiy flzikadan o'quvchilarning mustaqil ishlarining maqsadi: konspekt, o'quv kitobi, qo‘shimcha adabiyotlar bilan ishlashga o‘rgatish, bilimini kengaytirish va chuqurlashtirish, mustaqil bilim olish, malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.

I’alabalarni bunday ishlarga o‘rgatish, oliy o‘quv yurtida o'qitish boshlangan kundan boshlanishi zarur. Chunki, «Mutaxas- sislikka kirish» kursidan boshlanib, o‘quv ishini tashkil qilishning barcha shakllarida: ma’ruza, seminar, amaliy mashg‘ulotlar va boshqalar davom etadi. Bularda, talaba qanday mustaqil ishlami bajarishi va ularning sifati o‘qituvchi tomonidan nazorat qilib boriladi.

Oliy o‘quv yurtining har bir talabasi mustaqil ishlami o‘zi rejalashtirishi kerak, reja kundalik yoki haftalik bo‘lishi mumkin. Mustaqil ishlami rejalashtirish bo‘yicha talabalaming tajribasi hisobga olinsa, haflalik reja maqsadga muvofiq keladi. U quyidagilarni o'/ ichiga oladi:

qaysi kuni, qaysi soatda, qaysi predmetni o‘qiydi;

qaysi kuni, qaysi soatda jamoat ishlariga qatnashadi;

  • qaysi kuni, qaysi soatda mustaqil ishlami bajaradi;

  • qaysi kuni, qaysi vaqtda krujoklarga qatnashadi;

  • qaysi kuni, qaysi vaqtda sport bilan shug‘ullanadi.

Har bir haftaning oxirgi kunida, talaba bir hafta davomida bajargan ishlari to‘g‘risida xulosa chiqarib, o‘zi tuzgan rejaning bajarilishini tekshirib chiqishi kerak. Bunday xulosa chiqarishda, talaba o‘z ishiga haqqoniy yondashsa, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklami bartaraf qilish oson kechadi.

Talaba mustaqil ishlami bajarishda o‘zining kuchigagina ishonishi zarur. U oldinda ko‘p qiyinchiliklar kutayotganini esdan chiqarmasdan, ulami yengishga o‘zini tayyorlashi kerak.

Turli yo‘nalishdagi mutaxassislaming kasbiy tayyorgarligiga qo‘yiladigan talablar, ulaming «mutaxassislik tavsifhomasida» ko‘rsatilgan bo‘Iadi. Ularda quyidagicha talablar mavjud:

  • bilimini muntazam o‘stirib va rivojlantirib borish;

  • ilmiy-texnik axborotlami qidirishda va qo‘llashda samarali usullardan foydalanish;

  • mutaxassislik yo‘nalishiga mos eksperiment o‘tkazishni bilish.

Bu aytilganlar, talabalaming bilish faoliyatiga oid «umum- lashgan usullar»ni tuzish kerakligini taqozo qiladi. Agar bunday usullar qaysidir predmetni o‘rganishda shakllansa va boshqalarini o‘rganishda, amaliy ishlami bajarishda erkin qo‘llaniladigan bo‘lsa, ulami «umumlashgan usullar» deb atash mumkin. Boshqacha aytganda, «umumlashgan usul» deb, keng qo‘llaniluvchi, umumiy xususiyatga ega bo‘lgan usullarga aytiladi.

Talabalarda umumlashgan usullaming shakllanishi, birinchidan, o‘quv jarayoniga sarflanadigan vaqtni tejashga, ikkinchidan, bilim- lami yuqori darajaga yetishiga, uchinchidan, topshiriqlami tezroq bajarishga, ya’ni aqliy mehnatning samaradorligini oshirishga olib keladi. Masalan, talabalaming bilimini mustaqil tarzda oshirishda asosiy o‘rinni o‘quv adabiyotlari egallagani uchun, ular bilan samarali ishlashda quyidagi usullami shakllantirish maqsadga muvofiq hisoblanadi: ■>

  • o‘quv materialini mantiqiy tahlil qilib, uning asosiylarini ajratib olish;

  • hodisa va jismlaming xossalarini ko‘rsatuvchi fizik katta- liklaming o‘zaro bog’lanishini ifodalovchi formulalarni matematik yo‘l bilan chiqarilishini mustaqil bilish;

  • o‘qilgan matnni, grafiklami va jadvallami tushunish;

  • o‘qib chiqqanlarini o‘z so‘zi bilan aytib berish;

  • darslikda berilgan materialni boshqa kitoblardan o‘qiganlari bilan to‘ldirish;

  • katalog bilan ishlashni va bibliografiya tuzishni bilish;

  • o‘qiganlarini konspekt qilishni, ma’ruza tezisini yozishni va bayon qilish rejasini tuzishni bilish;

- necha adabiyotlar bilan ishlashni, bir masala bo'yicha turli qarashlami tahlil qilishni, materialni umumlashtirish va xulosa chiqarishni bilishi zarur.

Talabalarda, o‘quv adabiyotlari bilan ishlashning umumlashgan rejasini tuzish, ilmiy bilimlaming asosiy tarkibiy elementlarini topishni bilishdan boshlash kerak.

So'ngra talabalami, bilimlaming har bir elementini o‘zlash- tirishiga oid qo‘yiladigan talablar bilan tanishtirish zarur, bular 21-§ da batafsil bayon qilindi.

Darslik va o‘quv qo‘llanmalar bilan ishlash madaniyatining ayrim ijtimoiy elementlari bilan o‘quvchilami tanishtirish muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun, talabalarga juda zarur bo‘lgan quyidagi tavsiyalami keltiramiz:

  1. Kitob bilan to‘g‘ri ishlash uchun energiyani, vaqtni ortiqcha sarf qilmaslik talab qilinadi. Ishlash jarayonida vaqtdan va ish joyidan to‘g‘ri foydalanish muhim ahamiyatga ega. O‘qigan materialni esda saqlab qolish uchun ertalab, ya’ni inson miyasi charchamagan holatda samarali bo‘lishi hammaga ma’lum. Talabalar ertalabki smenada 0‘qishsa, ular mashg‘ulot tugagandan so‘ng, 1,5 soat o'tgach kitob bilan ishlashsa, unumli bo‘ladi. Aqliy mehnatni unumli bo'lishining bosh omili, ish joyining qulay bo‘lishini ta’ininlovchi shurtlardir.

I'alabalar, o'zlarining kitoblarini, yozuv qog‘ozlarini, chizma va yozuv qurollarini har doim toza va ehtiyot qilib saqlashi zarur. Ish joyining chap tomonidan yetarli darajada yorug‘lik tushib turishi kerak.

  1. Kitobni o‘qishni boshlashdan avval, quyidagi ishlami amal­ga oshirish zarur: kitobning qisqacha tavsifnomasi bilan tanishish, mualliflaming familiyasi, ismi va sharifini, nomini, bosmaxonasini, nashr qilingan shahri va yilini, nechanchi marta nashr qilinganini bilib olish maqsadga muvofiqdir. Ushbu ma’lumotlaming ahami- yati katta bo‘lib, ular kitob to‘g‘risida umumiy tushuncha beradi; qanday kitob, yangimi yoki eskimi, u o‘qilayotganini bildiradi; u kimlarga mo‘ljallab yozilganini bilishga imkon beradi.

Shundan so‘ng, kitobning birinchi varaqlaridan uning rejasi va tarkibi bilan tanishib chiqish mumkin. Kitobning kirish qismi bilan tanishish, uning mazmuni va boblari, bo‘limlari, paragraflari, mavzularga bo‘lingan materiallami qanday tizimga solinganligi to‘g‘risida tasavvur hosil qilishga imkon beradi. Talabaga ushbu axborotlami bilib olish, kitob to‘g‘risida to‘la tasavvurga ega boMishga va uni o‘qib o'rganishga qulaylik tug‘diradi. Kitob bilan oldindan tanishib chiqish, ya’ni rasm, diagramma va jadvallarga nazar tashlash foydali hisoblanadi.

  1. Kitobni boblar bo‘yicha o‘qishni boshlashdan avval, o‘qib o‘rganish zarur bo‘lgan bobni ko‘rib chiqish kerak. Natijada, uning umumiy mazmuni, materialni qanday darajada bayon qilinishi va ko‘rgazmaliligi namoyon bo'ladi. Bunday ko‘rib chiqishga 10-15 daqiqa vaqt sarflanadi.

  2. Paragraflar bi(an ishlash maxsus metodikani talab qiladi. Chunki, har bir paragraf bir-biri bilan mantiqiy bog‘langan to‘la- qonli savollami o‘z ichiga oladi. Fizika kursining ayrim paragraflari fizik hodisa va kattaliklarga, ular orasidagi bog‘lanishni ifodalovchi qonunlarga, fbrmulalarga, nazariyalarga, texnik jarayonlarga bag‘ishlangan bo‘lishi mumkin.

Kitob matni bilan ishlashga ijodiy yondashish samarali bo‘lishi uchun, uni mexanik tarzda o‘qish, maqsadga muvofiq emas. Matnni diqqat bilan ishlab chiqish, o‘quvchi o‘z so‘zi bilan uni tizimli, ishonchli qilib aytib va tushuntirib berishga intilishi, yaxshi natija beradi.


Download 4,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish