Nazorat savollari:
Fizik praktikum o‘tkazishdan maqsad nima?
2.Fizik praktikum qanday o‘quv-tarbiyaviy masalalami hal qiladi?
3.Fizik praktikum talabalar oldiga qanday masalalar qo‘yadi?
Fizik praktikumni frontal laboratoriya ishidan farqini ayting.
Umumiy fizika kursi va uning bo‘limlarini o'qitishda laboratoriya ishlarini o‘tkazishdan maqsad nima?
Qanday turdagi laboratoriya ishlarini o‘tkazish maqsadga inuvofiq hisoblanadi?
Umumiy fizika kursi bo'limlaridan masala ishlash mctodikasi qanday darajada ishlangan?
Didaktikaning izchillik prinsipini masalalar ishlashda qo*llashga qanday qaraysiz?
Bo'lg‘usi fizika o‘qituvchilarini tayyorlashda umumiy li/ikadan masalalar ishlashning ahamiyati qanday?
21 Talabalarning umumiy fizika kursini o‘zlashtirishiga
qo'yiladigan talablar
I l/ikn lio/itgi kundii va kclajakda ham texnikaning ilmiy iiMisinl tnshkil qilishi hammaga iiyon. Oliy o'quv yurtlarida fizika o’qilishmng asosiy vaz.itasi, biliruvchilarga hozirgi sharoitda (exnika va iizikaning muammolariga bog‘liq masalalarni hal qilishga yetarli kasbiy va amaliy ijodkorlikni ta’minlovchi bilim berishdan iborat. Fizika kursining o‘quv dasturida keltirilgan klassik va zamonaviy fizikaning asosiy bo‘limlari bo‘yicha talaba- laining tushuncha va bilimini rivojlantirishni ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Bu esa, o‘z navbatida, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablariga mos keladi.
Oliy o‘quv yurtlarida umumiy fizika o‘qitishning maqsadi, umuman olganda, ko‘p qirrali vazifadir. Ulaming asosiylaridan biri - talabalami asosiy fizik hodisalar bilan, ulaming yuz berish mexanizmlari, qonuniyatlari va amaliy tatbiqi bilan tanishtirishdan iborat. Bular keyinchalik, nazariy fizika, fizika o‘qitish metodikasi va mutaxassislik fanlarini to‘laqonli o‘zlashtirishga xizmat qiladi.
Boshqacha aytganda, umumiy fizika kursini o‘qitish, quyidagi vazifalami bajarishni nazarda tutadi:
O‘quv dasturidagi turli tabiiy predmetlaming asosini tashkil qiluvchi muhim tabiat qonunlarini talabalarga to‘laqonli tushun- tirish.
Talabalami ilmiy-texnik taraqqiyotda qo‘llaniluvchi hodisa- laming mexanizmlari to‘g‘risidagi zamonaviy qarashlar bilan tanishtirish.
Turli ilmiy-texnik masalalami hal qilishda bevosita qo‘11a- niluvchi fizik nazariyalaming asosiy g‘oya va tushunchalari bilan talabalami qurollantirish.
Talabalami fizikaning asosiy qonunlari bilan nazariya- larining amaliy ahamiyatli masalalarini hal qilishga o‘rgatish.
Talabalami fizik tadqiqotlaming asosiy metodlari bilan tanishtirib, ulami eksperimental usullami qo‘llashga o'rgatish.
Olamning zamonaviy tabiiy ilmiy manzarasining tarkibiy qismi bo‘lgan olamning zamonaviy fizik manzarasini bo‘lg‘usi fizika o‘qituvchilarida shakllantirib, ularda ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish.
Ushbu vazifalar, biri ikkinchisidan ajralmagan holda bir-birini to‘ldirib, bo‘lajak mutaxassislami mustaqil mehnat faoliyatga o‘rgatishga yo'naltirilgan.
Tabiat to‘g‘risidagi boshqa fanlar qatori, fizika ham olamning xususiyatlari, materiyaning tuzilishi va xossalari, moddiy jismlar va maydonning o‘zaro ta’siri hamda harakat qonunlarini o‘rgatadi.
Jismlaming tuzilishi va xossalari murakkab bo‘lib, ulami faqatgina fikrlab bilib olish mumkin emas. Bevosita, sezgi organlari orqali ulaming faqatgina tashqi shakllarini aniqlash mumkin. Hodisalami o‘rganishda esa, fan o‘rganilayotgan hodisalar bo‘ysu- nadigan qonuniyatlami va ulaming mohiyatini bilishi mumkin. Bulami bilmasdan turib, ulaming amaliy tatbiqini ishga oshirish mumkin emas.
Fizikani o‘rganishda, hodisalar orasidagi sabab-oqibat bog‘la- nishlarga, ulami bir-biriga bevosita va bilvosita bog‘liq ekanligiga e’tibor berish zarur. Bu esa, talabalarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Bunday bilim hodisaiaming borishini boshqarishga, ulaming yuz berishini insoni- yatga foydali tomonga yo‘naltirishga imkon beradi.
Oliy o‘quv yurti fizika kursining ilmiy darajasi, o‘rta ta’Iim tizimi kursidan ancha yuqori darajada bo‘lib, unda matematik apparat keng qo‘llaniladi. Fizik hodisaiaming yuz berish mexanizmi to‘laqonli o‘rganiladi, jarayonlar esa kinetik, dinamik, statistik va energetik nuqtayi nazarlar asosida tushuntiriladi. Jumladan, mexanikada deformatsiya, molekular fizikada diffuziya, elektromagnetizmda termoelektron emissiya, kvant fizikada fotoeffekt hodisalari va boshqalami ko‘rsatish mumkin. Demak, hodisalarni o‘rganish, ulaming o‘zaro bog‘liqligini, o‘ziga xos amaliy tatbiqlari bilan tanishtirishni taqozo qiladi.
Talabalarning fizik hodisalarni o‘zlashtirishiga quyidagicha talablami qo'yish maqsadga muvofiq bo‘ladi:
hodisaning ta’rifini va qanday sharoitda yuz berishini bilish;
mazkur hodisani boshqalaridan ajratib turuvchi belgilarini va yuz berish mexnizmini bilish;
hodisaning mazmuni va mohiyatini zamonaviy ilmiy nazariyalar asosida tushuntirishni va boshqa hodisalar bilan bog'lanishini bilish;
hodisani tavsiflovchi kattaliklarni, ulaming o‘zaro bog‘la- nishlniini va ularni ifodulovchi formulalami bilish;
hodisaning amaliy tatbiqini va foydali hamda zararli lomonlarini bilishi zarur.
Talabalarning fizik kattaliklarni o‘zlashtirishiga quyidagicha talablar qo‘yiladi:
berilgan kattalik jism yoki hodisaning qanday xossalarini ifodalashini va uning ta’rifini bilish;
kattalikning quyidagicha mazmunini: vektor yoki skalyar, asosiy yoki hosilaviy kattalik ekanligini hamda uning belgila- nishini va boshqa kattaliklar bilan bog‘lovchi formulani bilish;
kattalikning o‘lchov birligini va uni o'lchash usullarini bilish;
mazkur fizik kattalikni o‘lchovchi asboblami bilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |