Tovush texnikasi fizikadan ma’ruzada predmet xususiyatiga mos holda qo‘llaniladi. Jumladan, katta auditoriyalarda mikrofonsiz yoki radiomikrofonsiz ma’ruza o‘qish qiyin. Masalan, Rin - 7 radiomikrofoni ma’ruzachiga auditoriyaning xohlagan joyida turib ma’ruza o’qishga imkon beradi.
Audiovizual vositalarga o‘quv kinosi va televideniye ham kiradi. O‘quv kinosini,’ oliy maktab pedagogikasi asoschilaridan biri bo‘lgan S.LArxangelskiy o‘qitishning barcha vositalari ichida eng asoslisi va ko‘rsatmalilisi deb hisoblagan. O‘quv kinosi oddiy sharoitda yaqqol ko‘rish mumkin bo‘lmagan hodisalami, jumladan, uchqunni, to‘qnashish jarayonidagi deformatsiyani, diffuziyani va boshqa murakkab jarayonlaming yuz berish mexnizmini yaqqol ko’rishga va tasavvur qilishga imkon beradi va o’quvchilami fizikaning rivojlanishida muhim o‘rin tutgan tajribalar bilan tanishtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |