Nazorat savollari:
I I hnumiy li/ika к nisi va lining bo'limlaridan ma’ruza qanday o'qllluhl kcnik?
Ma'ni/a o'qishga ina'ruzachi qanday tayyorlanishi kerak?
* Mn’iii/n o'qishda ma'ruzachining mahorati qanday rol o'ynaydi?
Ma’ruza o'qishda namoyish tajribalaming ahamiyati qanday?
Ma’ruza o'qishda ma’ruzachi nimalarga e’tibor qaratishi /anil ?
l9-§. Ma’ruzada foydalaniluvchi namoyishlar va texnik
vositalar
llinuiniy fizikadan ma’ruzaning yutug'i ko'p hollarda unda ko'isaiiladigan namoyishlarga bog'liq. Ma’ruza rejasiga kirgan harcha asosiy hodisalar tajriba ko'rinishida, albatta namoyish qilinishi zarur. Chunki umumiy fizika kursining namoyishlari so'z bilan bayon qilinishini to'ldiribgina qolmasdan, uning ajralmas tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi. Namoyishlami o‘qitishning bir shakli deb qaramaslik kerak, ular kursni ko‘p qismining mazmunini tashkil qiladi.
Metodik nuqtayi nazardan, kuzatilayotgan namoyishlar, o‘quvchilarga ko‘pchilik tushunchalami, dalillami, hodisalami esda saqlab qolishga va ulami tushunib olishni yengillashtirishga xizmat qiladi. O‘rinli qo‘yilgan va yaxshi o‘tkazilgan namoyishlar, faqatgina o‘quvchilaming fikrlashini emas, ulaming emotsional tasavvurlarini ham rivojlantirib, qiziqishlarini oshiradi. Ma’ruzada ko‘rsatiladigan namoyishlarga quyidagicha asosiy didaktik talablar qo‘yiladi:
Namoyishlar, qo‘yilgan masalaning fizik ma’nosini yaqqol tushunib olishga xizmat qilib, uni ko‘rsatish va tushuntirish uchun qisqa vaqt ajratilishi zarur. •
Namoyishlar har doim asosli va ishonchli bo‘lishi, ular yordamida asosiy fizik hodisalar ko‘rsatilishi maqsadga muvofiqdir.
Ma’ruza namoyishi, uning sifatini oshirishga xizmat qilishi va asboblaming ko‘rsatishi orqali hodisani miqdoriy jihatdan baholashga imkon yaratishi zarur.
Namoyishlar qoida bo‘yicha yaxshi tayyorlanishi va barcha o‘quvchilarga yaqqol ko‘rinishi kerak. Fizik effektlami kuchaytirish uchun maxsus texnik vositalardan foydalanish zarur.
Namoyish qilinayotgan tajribalami ko‘rsatishda texnika xavfsizligiga rioya qilish zarur.
Nihoyat, namoyishlar o‘zlarining estetik jihatlari bilan o‘quvchilaming diqqat va e’tiborini jalb qilishi lozim. Albatta, har qanday namoyishni ma’ruzada ko’rsatishdan avval sinab ko‘rish maqsadga muvofiqdir.
Ma’ruzada namoyishlarning ko‘rsatilishi, asosan, oliy o‘quv yurti fizika xonasining jihozlanishi va ta’minlanganligiga va ma’ruzachining mahoratiga hamda tajribasiga bog‘liq. Ma’ruzada ko‘rsatiladigan namoyishlarning tanlanishi dasturdagi materialning mazmuniga, fizika xonasining jihozlanishiga, namoyishlarning ishonchliligiga, ma’ruzachini ularga bo‘lgan munosabatiga bevosita bog‘liq.
Hozirgi kunda fizika o‘qitish metodikasining dolzarb muam- molaridan biri, yangi o‘qitish texnologiyalarini yaratish, bilim bcrishning samarali usullarini ishlab chiqish, o‘quvchilarga o'qitilayotgan hodisalar to‘g‘risida to‘laqonli va aniq ma’lumotlar hcrish, o‘qitish jarayonini rivojlantiruvchi va samaradorligini oxhiruvchi yo‘llarini izlab topish hisoblanadi. Bu muammoning hal qllhiishi, nia’lum darajada, o‘qitishning texnik vositalarini qo‘llash- gii bcvosita bog‘liq.
o’qituvchi mehnatining samaradorligini oshirib, uni ayrim texnik ishlardan ozod qiladi;
inuterialni yaxshi cslab qolishni va o‘qitish sur’atini oshirishga linkon ynrnlndi;
nii'nnnvly o'qitishdn tushuntirish qiyin bo‘lgan materialni o'quvchllnr lotnoiiidnn to'hiqonli va ongli o‘zlashtirishni tn* in Inlnydi;
o'quvchihtrnirig ishini nazorat qilishga va tizimli olib borishga inikon berndi.
Oliy o'quv yurtlarida qoMlanilayotgan barcha texnik vositalami uch guruhga ajratish mumkin: ma’lumot beruvehi, o‘qitishni texnik jihatdan ta’minlovchi va texnikaning so‘nggi yutuqlariga asoslangan vositalar. Ma’ruzalarda ma’lumot berishning texnik vositalariga tovush texnikasi va audiovizual vositalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |