Fizika va astronomiya



Download 4,23 Mb.
bet31/149
Sana31.12.2021
Hajmi4,23 Mb.
#212030
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   149
Bog'liq
36fizikaastrooqitishnazmetpdf

Nazorat savollari:

  1. 1 izika o'qitishni uyushtirishning qanday shakllarini bilasiz?

  2. O'qitishning yakka shaklini tushuntirib bering.

  3. O‘qitishning guruh shaklini qanday tushunasiz?

  4. O‘qitishning sinf-dars shaklini tushuntirib bering.

  5. Fizika o‘qitish darsiga qanday talablar qo‘yiladi?

  6. O‘qitishning bilim berish, tarbiyalash va rivojlantirish funksiyalari bo‘yicha qanday dars turlarini bilasiz?

12-§. O‘qituvchi o‘quvchilarni o‘qitishga tayyorlanishi

O‘qituvchini o‘qitish ishiga, ya’ni ma’ruza o‘qishga, amaliy yoki seminar mashg‘ulotlarini o‘tkazishga tayyorlanishining murakkab va mas’uliyatli bosqichi, o‘z ishini rejalashtirishdir. U yillik yoki semestr mavzulari rejasidan hamda darsning rejasidan iborat. Rejalashtirishning asosiy hujjati bo‘lib, o‘quv rejasi va dasturi hisoblanadi. Ularda mutaxassis tayyorlash uchun zarur o‘quv predmetlari va ularga ajratilgan soatlar ko‘rsatilgan.

O‘qituvchi o‘quv rejasi bilan tanishgandan keyin, o‘zining predmeti bo‘yicha o‘quv dasturi va adabiyotlami ilmiy-metodik nuqtayi nazardan tahlil qiladi. U asosan ikki qismdan iborat: 1) o‘quv materialini ilmiy nuqtayi nazardan tahlil qilish; 2) o‘quv materialini didaktik yoki metodik jihatdan tahlil qilish.

Ilmiy jihatdan tahlil qilish quyidagilami qamrab oladi:

  • o'quv adabiyotlardagi materiallami fizika fanining hozirgi zamon yutuqlari va amaliy ahamiyatiga mos kelishi;

  • tushunchalaming ifodalari va qonunlarining ta’riflarini ilmiy nuqtayi nazardan aniqlanganligi va asoslanganligi;

  • fizika kursi va uning bofiimlarini nazariy asosda yozilishining holati;

- kursning ayrim bo‘limlari mazmunini klassik mexanika, molekular-kinetik, elektromagnit va kvant nazariyalaming asosiga mos kelishi;

ilmiy kashfiyotlami xronologik va mantiqiy ketma-ketlikda berilishi va ularga katta hissa qo‘shgan olimlammg faoliyatini yoritilishi va boshqalar.

O‘qitiluvchi materialni metodik nuqtayi nazardan tahlil qilishda quyidagilarga e’tibor berilishi lozim:

- o‘qitiladigan kursning mazmunini tarkibiy elementlari bo‘yicha ajratish, ya’ni ushbu kursni o‘qish davomida o‘quvchilar o'zlashtiruvchi faktlami, tushunchalami, qonunlami, nazariyalami vii ulaming amaliy tatbiqlarini aniqlash;

o'qib o'rganiladigan materiallaming mantiqiy bog‘lanishlarini aniqlash va ulami ketma-ket graf-sxema ko‘rinishida joylashtirish hnmda o'qitish bosqichlari bo‘yicha izchillikni amalga oshirishni ko'rsatish;

darslik yoki asosiy adabiyotlarda berilmay qolgan ma’lumot- larni boshqa adabiyotlardan topish va ulami asosiy materiallar bilan birlashtirib tartibga solish;

adabiyotlarda keltirilgan namoyish tajribalami bajarishga kerakli qurollami, materiallami va boshqa ko‘rgazma vositalami laboraloriyalarda bor-yo‘qligini bilish va yo'qlarini topish choralarini ko'rish;

o'quv adabiyotlarda va masalalar to'plamida berilgan mnsalalarni o'quv materiallarining mazmuni bilan bog'Iash;

har hir paragraf, boblar bo‘yicha o‘quvchilaming mustaqil bajaradigan ishlari mazmunini aniqlash va bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarni rcjalashtirish;

o'qitilayotgan fizikaning bo‘limini boshqa predmetlar bilan bog'lnb o'qitishni amalga oshirish yo'llarini aniqlash va amaliyotga |orly qili*h.

O'qiluvihi prcdmclning o'quv material! mazmunini ilmiy- mrtodik tnhlil qilish natijasida kalcndar-tcmatik reja tuzadi va u knlcdni muhokumasidan o'tgandan so'ng, kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi. Kalendar-tematik rejada mashg‘ulot shakli, mavzuning noini, mashg'ulotlarga ajaratilgan soatlar, ya’ni ma’ruzaga, amaliy va laboratoriya mashg'ulotlarga hamda mustaqil ishga ajratilgan soatlar ko'rsatiladi.

O'qituvchining darsga tayyorlanishi. O'qituvchi o'quvchilami o'qitishga tayyorlanishi va ulaming o'quv faoliyatini tashkil qilishida, asosiy o'rinni uning darsga tayyorlanishi o'ynaydi. Bunda asosiy masala, darsning turini aniqlashdan iborat. U o'qiladigan mnv/unmg miv/muniga va darsning didaktik maqsadiga mos bo'lishi kerak. Shunga yarasha, har bir darsning qisqacha rejasi yoki to'liq reja-konspekti luziladi. Yosh o'qituvchilar albatta to'liq reja- konspekt tuzishi kerak. Katta pedagogik tajribaga va predmetni o'qitishda o'ziga xos metodikaga ega bo'lgan o'qituvchilargina qisqacha reja yozish bilan cheklanishi mumkin. Ammo darsni oldindan rejalashtirish, o‘qituvchi uchun zarur ekanligini esdan chiqarmasligimiz kerak. Shuni alohida ta’kidlash zarurki, dars o‘tish jarayoni ijodiy jarayon bo‘lgani uchun, ijodkor o‘qituvchilaming har bir darsida o‘ziga xos ijobiy elementlar yuzaga keladi, bunga maxsus e’tibor berish kerak.

Dars rejasining tuzilishi qanday? U qanday elementlardan tashkil topishi kerak? - degan savollar paydo bo‘lishi tabiiy. Amaliyotning ko‘rsatishicha, ko‘pchilik o‘qituvchilar dars rejasida quyidagi elementlaming bolishini ma’qullashadi:

  • kurs va guruhning nomeri;

  • darsning mavzusi;

  • darsning maqsadi ( bilim berish, tarbiyalash va rivojlantirish);

  • darsning turi va unda qo‘llaniluvchi asosiy metod yoki usul;

  • darsning jihoziari (qo‘llaniluvchi o‘quv vositalari, axborot va kompyuter texnologiyalar);

  • predmetlararo bog‘Ianish turi;

  • darsni tashkil qilishning boshlanishida bajariladigan ishlar mazmuni;

  • o‘quvchilaming tayanch bilimlarini mustahkamlash, aniqlash va yangi materialni o‘zlashtirishga tayyorlash (savollar va ulaming aniq javoblari yoziladi);

  • yangi materialni tushuntirish jarayonining mazmuni ( o‘quv materialining mazmuni mantiqi bo‘yicha qismlarga ajratiladi, har bir bosqichda qo‘llaniladigan usullar va vositalar aniqlanib, texnologiyasi yoziladi, o‘quvchilami yangi materialni o‘zlashtirish yo‘llari ko‘rsatiladi, mustaqil ishlarning mazmuni aniqlanadi);

  • o‘quvchilami yangi materialning mazmunini o‘zlashtirish darajasini tekshirish;

- o‘quvchilarda kerakli amaliy malakalami shakllantirish (masala ishlash va tajribalar o‘tkazish malaka va ko‘nikmalarini hosil qilish);

- o‘quvchilaming o‘quv ishlarini baholash uchun berilgan joriy, oraliq, mustaqil ish va yakuniy nazorat savollarini o‘zlashtirishi bo‘yicha suhbatlar va yozma ishlar o‘tkazish.

O‘qituvchi darsga muntazam va maqsadli tayyorlanishi uchun, o‘zining o‘quv-metodik kompleksini tuzishi kerak. Ular yil '.avm lo'ldirilib va yangilanib turiladi. Unda quyidagi materiallar bo'lishi zarur;

fizikadan bilim berish konsepsiyasi va davlat ta’lim standard;

tizikadan o‘quv dasturi;

kerakli o‘quv adabiyotlar to‘plami;

lizika o‘qitish metodikasi bo‘yicha nashr qilingan o‘quv- mclodik qo'llanmalar;

joriy, oraliq, yakuniy nazorat savollari va testlar hamda mustaqil ish mavzulari;

namoyishli tajribalar va laboratoriya ishlarini hamda fizik urnnliyotlarni o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar va bayonnomalar;

lizika fani va texnikaning yutuqlari, olimlaming yangi kashliyotlaridan xabar beruvchi axborotlar to‘plami;

o4|itish jarayonini yaxshilashga, yangi pedagogik va axborot lexnologiyalar bo‘yicha maqolalar va tavsiyalar to‘plami;

elektron variantdagi o‘quv-metodik axborotlar va qo‘llan- mnlnr.


Download 4,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish