2.2. Qo’sh elektr qavatning tuzilishi haqidagi nazariyalar.
Qo’sh elektr qavatning tuzilishi haqida tasavvur yaratilganiga 100 yildan oshdi. Bu davr ichida qo’sh elektr qavat tuzilishi haqidagi tasavvurlar asosli ravishda o’zgarib bordi. Qo’sh elektr qavat hosil bo’lishi haqidagi tasavvurni dastlab Kvinke ilgari surdi. Qo’sh elektr qavatning tuzilishini birinchi marta Gelmgols va Peren tushuntirib berdilar. Ularning fikricha, qo’sh elektr qavat xuddi yassi kondensator kabi tuzilgan bo’lib, zaryadlar fazalar chegarasida ikkita qarama-qarshi ionlar qatori shaklida joylashadi. Ikki qavatning biri qattiq jism sirtiga bevosita yopishib turadi. Ikkinchisi (ya’ni birinchiga nisbattan qarama-qarshi zaryadli qavat) esa suyuqlik muhitida bo’ladi. Qavatlar orasidagi masofa juda kichik bo’lib, uning qalinligi molekulalarining (yoki salvatlangan ionlarning) radiuslari kattaligiga yaqin bo’ladi. Gelmgols fikricha, qo’sh elektr qavat quyidagi tartibda kelib chiqadi. Dastlab qattiq faza sirtiga musbat yoki manfiy ionlar adsorbilanadi: ular sirtda plyus yoki minus ishorali ionlar qavati, hosil qiladi. Bu qavat potensial belgilovchi qavat deb ataladi. Eritmadagi qarama-qarshi ishorali ionlar qattiq faza sirtidagi avval adsorbilanib olgan ionlarga mumkin qadar yaqin joylashishga intiladi. Natijada oralig’i 1-2 molekula radiusiga teng bo’lgan qarama-qarshi zaryadli ionlardan iborat qo’sh elektr qavat paydo bo’ladi. Ularning biri qattiq faza sirtidan, ikkinchi- eritma muhitidan joy oladi.
A-Gelmgolsning qo’sh elektr qavati, B- Gui va chepmenning qo’sh elektr qavati; Г-SHterining qo’sh elektr qavati; ϕ0- termodinamik potensial; α- adsorbsion qavat qalinligi.
(1-rasm A) Bunday qo’sh elektr qavat potensialning qiymati xuddi kondesatordagi kabi (tog’ri chiziq bo’ylab) keskin o’zgarishi lozim; qo’sh elektr qavat sirtidagi elektr qiymati qs ning kattaligi yassi kondensator nazariyasiga muvofiq ushbu tenglama:
qs= 0 (II.2.1)
asosida aniqlanishi mumkin. Bu tenglamada E-muhitning dielektrik konstantasi, l- qarama-qarshi zaryadli qavatlar orasidagi masofa, φ0- qattiq faza bilan eritma orasidagi potensiallar ayirmasi. 2-rasmda Gelmgols va perron tasavvur qilgan qo’sh elektr qavatning tuzilish sxemasi keltirilgan.
Birinchi qarashdayoq, agar ionlar suyuqlik ichida doimo sodir bo`lib turadigan Broun (issiqlik) harakatida ishtirok etmasagina, yuqoridagi tenglama maqsadga muvofiq bo`lar edi, degan mulohaza kelib chiqadi. Shunga va boshqa kamkiliklari borligiga ko`ra, Gelmgols va Perren nazariyasi zamonaviy kalloid ximiyada endi faqat tarixiy ahamiyatga ega bo`lib qolgan. Bu sxemaning asosiy kamchiligi yana shundaki yana shundaki Gelmgols va Perren qavatlar orasidagi masofani juda kichik (molekula radiusiga teng)deb faraz qilganlar. Gidrodinamik tekshirishlar qattiq faza sirtiga yopishgan suyuqlik qavatining qalinligi Gelmgols nazariyasidagiga qaraganda bir qancha marta katta ekanligini ko`rsatdi. Bu nazariyaga ko`ra qattiq faza va eritma orasidagi umumiy potensial bilan elektrokinetik potensial bir-biridan farq qilmasligi kerak edi. Vaholangki, ular bir-biridan farq qiladi. Gelmgols va Perren nazariyasi keyinchalik M. Smoluxovskiy tomonidan rivojlantirildi. U bu nazaridan elektr kinetik hodisalarni tavsiflash uchun foydalandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |