4-VARIANT
1. Bazal plazmatik membrananing maxsus tuzilmalari. Ko`pchilik epiteliy hujayralarning bazal plazmatik membranasi tekis. Lekin suv va ionlarning transportida ishtirok etuvchi hujayralarning bazal plazmatik membranalari tekis bo`lman, ko`pgina burmalar hosil qiladi. Burmalarning kattaligi bir-biridan farq qiladi. Masalan, ko`zning oldingi kamerasi hujayralari (http://hozir.org/ozbekiston-avtomobil-va-daryo-transporti-agentligiga.html), miyaning xorioidal chigali hujayralaridagi burmalar son jihatidan kam va yuza joylashgan bo`ladi. Lekin buyrak nefronining proksimal, distal qismlaridagi, bezlarning so`lak chiqaruv naylaridagi hujayralar natriy ionini kontsentratsiyasi yuqori bo`lgan muhitga haydagani uchun bazal plazmatik membrana burmasi kuchli rivojlangan. Bazal plazmatik membrana burmasi orasida yirik mitoxondriyalar bor. Bioximiyaviy va sitoximiyaviy tadqiqotlar natijasida ionlarning aktiv transportida (harakatida) ishtirok etuvchi natriy va kaliy bilan aktivlanuvchi adenozintrifosfatazaning Na+ - K ATF-aza) bazal plazmatik membranada joylashishi aniqlandi.
Ferment sistemasining mitoxondriyalar bilan yaqin joylashishiga qarab, bu ikki sistemani morfologik jihatdan plazmolemmomitoxondrial nasos deb atasa ham bo`ladi.
Bazal plazmatik membranada «gemidesmosomalar» (yarim desmosomalar) ham uchraydi. Ular yordamida epiteliy hujayralari bazal membrana (plastinka) bilan birlashadi. Yarim desmosomalar desmosomalarning yarmini eslatib bir hujayra sitoplazmasining bo`rtmasidan va shu bo`rtma sohasida joylashgan disksimon tuzilmadan iborat.
HUJAYRA ORGANELLALARI
Hujayra organellalari – h u j a y r a n i n g d o i m i y t a r k i b i y q i s m i b u l i b, ma ‘ l u m t u z i l i sh g a e g a v a m a x s u s v a z i f a l a r n i b a j a r a d i. Hujayraning organellalariga mitoxondriya, endoplazmatik to`r, ribosoma va polisoma, Golji kompleksi, lizosoma, mikronaycha, sentrosoma, peroksisoma va fibrillyar tuzilmalar kiradi. Hujayra organellalarini tuzilishiga qarab m e m b r a n a l i va membranasi bo`lmagan hujayra organellalariga bo`lish mumkin.
MEMBRANALI HUJAYRA ORGANELLALARI
Membranali hujayra organellalariga mitoxondriya, endoplazmatik to’r, plastinkasimon kompleks (Golji kompleksi), lizosoma va peroksisomalar kirib, ularning tuzilishida elementar biologik membrana ishtirok etadi.
Membranalar asosan lipid, oqsil, suvdan tashkil topgan. Hujayra ichki tuzilmalarining membranalari oqsil va lipid tarkibining o`zgarishi bilangina farqlanmasdan ularning tarkibiga kiruvchi molekulalarning joylashishi va ultrastruktur tuzilishi bilan ham farqlanadi. Membrananing bunday o`ziga xos tuzilishi ularning funktsional ixtisoslanishiga bog`liq. Turli xil vazifani bajaruvchi membranalar fermentlar va ularning aktivlik darajasiga qarab farqlanadi. Fermentlarning aktivligi esa hujayraning boshqa komponentlari, ayniqsa suv va lipidlar bilan munosabatiga bog`liq. Bu holatda membranalar fermentlarning aniq joylashishi uchun struktur karkas rolini o`ynaydi. Shunday qilib, hujayra sitoplazmasining membranalari funktsional va struktur tarafdan aniq ixtisoslashtirilgan va bu holat membrananing ximiyaviy tuzilishi va molekulalarning joylashishiga bog`liq.
Membranasi bo`lmagan hujayra organellalari. Bu organellalarga turli xil tuzilishga ega bo`lgan va spetsifik vazifani bajaruvchi organellalar: ribosoma va polisoma, mikronaycha, sentrosoma va kiprikcha, xivchin va fibrillyar tuzilmalar kiradi.
Ribosomalar alohida tuzilmalar hisoblanib, ular ko`pincha endoplazmatik to`r bilan kompleks hosil qiladi.
Mikronaycha va sentrosomalar oqsil tabiatli subbirliklardan tashkil topgan. Oqsil globulalari marjonlar singari o`zaro bog`lanib ipsimon tuzilmalar hosil qiladi.
Hujayrada sentrosoma singari mikronaychalardan tashkil topgan kiprikchalar, xivchinlar ham bo`lib, ular yuqorida qayd qilingan organellalardan farqli ravishda ustki tarafdan membranali struktura bilan qoplangan. Hujayraning fibrillyar tuzilmalari hujayrada turli funksiyalarni bajaradi. Fibrillyar tuzilmalar hujayra sitoplazmasiga ma’lum tartibda joylashishi yoki hujayraning mikrovorsinka, tonofibrilla, neyrofibrillalar, miofibrillalarni hosil qilishi mumkin.
Mitoxondriyalar. Mitoxondriyalar har bir hayvon hujayralarida uchraydigan organellalardir. Mitoxondriya nomi (yunon. mitos - ip, chondros - dona) birinchi marta 1898 yilda Benda tomonidan berilgan bo`lsada, Flemming (1882) va Altman (1890) boshqa nom bilan bu organellani undan ilgariroq ta’riflab bergan edilar.
Mitoxondriya shakli o`zgaruvchan bo`lib, ko`pincha, ipcha yoki donacha holida ko`rinadi. Ma’lum funktsional holatlarda uning formasi o`zgarishi mumkin. Masalan, uzun mitoxondriya bir tarafdan shishib yoki bir tarafidan botib tennis raketkasi shaklini olishi mumkin. Ba’zan mitoxondriyaning markaziy zonasi tiniqlashib, pufakcha tusiga kiradi.
Mitoxondriya kattaligi o`zgaruvchan. Ko`pincha hujayralarda bu organellalarning eni nisbatan o`zgarmas (0,5 mkm ga yaqin). Uzunligi esa o`zgarib turadi (eng uzuni 7 mkm). Lekin hujayraning funktsional holatiga qarab juda ingichka (0,2 mkm) va yo`g`on (2 mkm) tayoqchasimon xillarini uchratish mumkin.
Mitoxondriya shakli va kattaligi osmotik bosimga va fiksatorning pH iga qarab o`zgaradi. Mitoxondriya, asosan, sitoplazmada bir tekis joylashadi. Ba’zan esa bu qoida buziladi. Mitoxondriyaning bunday joylashishi ularning funksional holatiga bog`liq. Ular qayerda energiya ko`proq kerak bo`lsa o`sha yerga to`planadi. Masalan, diafragmaning mushak tolalarida mitoxondriyalar miofibrillalarning disklari atrofida bo`ladi, ko`z to`r pardasining tayoqcha va kolbachasimon hujayralarida esa ichki bo`g`imning bir qismiga yig`iladi. Buyrak kanalchalari hujayralarida mitoxondriya bazal plazmatik membranada yotadi.
2. Bioelektr potensiallar — tirik organizmlar va ularning ayrim hujayralarida paydo boʻladigan elektr potensiallar, qoʻzgʻalish va tormozlanish jarayonlarining eng muhim tarkibiy qismi. Bioelektr potensiallar — "xeyvon elektri" toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumot 18-asrning oʻrtalarida elektr baliklarining "zarba"larini oʻrganish tufayli paydo boʻldi. Bioelektr potensiallar toʻgʻrisidagi taʼlimotning asoschisi italiyalik olim L. Galvani hisoblanadi. L. Galvani bilan A. Volta "hayvonlar elektri"ni oʻrganib, elektr toki hosil qilishning yangi Volta usulini kashf etishdi va galvanik elementlar yaratildi (1791—97). Italiyalik K. Matteuchchi ilk bor (1837) galvanik elementlar yordamida Bioelektr potensiallar ni oʻlchab kurgan. Nemis olimi E. Dyubua Raymon muskul va nerv hujayrasi Bioelektr potensiallar ni oʻrganib, tinchlik holatida hujayraning ichki va tashqi muhiti oʻrtasida statsionar potensiallar farqi (tinchlik potensiali) mavjudligi, bu farq qoʻzgʻalish holatida qonuniy oʻzgarishini koʻrsatib berdi. 1868 yil Yu. Bernshteyn nerv tolalari boʻylab qoʻzgʻalishning tarqalishida sekundning bir necha mingdan bir qismida davom etadigan alohida potensial tebranishlarni oʻlchash metodini ishlab chikdi. A. Ye. Vvedenskiy nerv va muskullarda ritmik potensiallarni telefon yordamida eshitib koʻrdi (1883). Bioelektr potensiallar ni oʻrganish sohasidagi asosiy yutuklar elektronkuchaytirgich texnikasining fiziologik tekshirishlarga tatbiq etilishi bilan bogʻliq. Hujayra ichiga mikroelektrodlar kiritish usulining ishlab chiqilishi alohida tola yoki hujayra Bioelektr potensiallar ni oʻrganishga imkon beradi. Kalmarlarning gigant nerv tolalaridan foydalanish orkali Bioelektr potensiallar generatsiyasi mexanizmi oʻrganib chiqildi. Bu tolalarning K+ va Na+ ionlariga nisbatan oʻtkazuvchanligini tekshirish asosida A. Xojkin, A. Haqsli va B. Kats 1947—52 yillarda harakat potensiali ion mexanizmini ochib berishdi va Bioelektr potensiallar ning membrana taʼlimotini yaratishdi. Hayvonlar Bioelektr potensiallar ni oʻrganish tirik sistemalardagi fizikkimyoviy jarayonlarni tushunib olishda hamda diagnostikada (elektrokardiografiya, elektroensefalografiya , elektromiografiya va boshqalar) katta ahamiyatga ega. Oʻsimliklar Bioelektr potensiallar tabiatan hayvonlarnikiga oʻxshash boʻladi (E. Dyubua Raymon, 1882). D. Ch. Bos qoʻzgʻatuvchiga nisbatan Bioelektr potensiallar va elektr javob qilish barcha oʻsimliklarga xos ekanligini koʻrsatadi (1926). Bos tomonidan kashf etilgan juda sezgir oʻzi yozadigan galvanometrlar oʻsimliklarning "dastxati"ni, yaʼni qoʻzgʻatuvchiga nisbatan hosil qilinadigan maxsus elektr javoblarini olishga, fizik va kimyoviy taʼsirotga oʻsimliklarning elektr reakdiyasini oʻrganishga imkon berdi. Iirik harasimon suv oʻtlari Bioelektr potensiallar ning ion tabiatini oʻrganishda klassik obʼyekt hisoblanadi.
3. Bioelektr potensiallar — tirik organizmlar va ularning ayrim hujayralarida paydo boʻladigan elektr potensiallar, qoʻzgʻalish va tormozlanish jarayonlarining eng muhim tarkibiy qismi. Bioelektr potensiallar — "xeyvon elektri" toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumot 18-asrning oʻrtalarida elektr baliklarining "zarba"larini oʻrganish tufayli paydo boʻldi. Bioelektr potensiallar toʻgʻrisidagi taʼlimotning asoschisi italiyalik olim L. Galvani hisoblanadi. L. Galvani bilan A. Volta "hayvonlar elektri"ni oʻrganib, elektr toki hosil qilishning yangi Volta usulini kashf etishdi va galvanik elementlar yaratildi (1791—97). Italiyalik K. Matteuchchi ilk bor (1837) galvanik elementlar yordamida Bioelektr potensiallar ni oʻlchab kurgan. Nemis olimi E. Dyubua Raymon muskul va nerv hujayrasi Bioelektr potensiallar ni oʻrganib, tinchlik holatida hujayraning ichki va tashqi muhiti oʻrtasida statsionar potensiallar farqi (tinchlik potensiali) mavjudligi, bu farq qoʻzgʻalish holatida qonuniy oʻzgarishini koʻrsatib berdi. 1868 yil Yu. Bernshteyn nerv tolalari boʻylab qoʻzgʻalishning tarqalishida sekundning bir necha mingdan bir qismida davom etadigan alohida potensial tebranishlarni oʻlchash metodini ishlab chikdi. A. Ye. Vvedenskiy nerv va muskullarda ritmik potensiallarni telefon yordamida eshitib koʻrdi (1883). Bioelektr potensiallar ni oʻrganish sohasidagi asosiy yutuklar elektronkuchaytirgich texnikasining fiziologik tekshirishlarga tatbiq etilishi bilan bogʻliq. Hujayra ichiga mikroelektrodlar kiritish usulining ishlab chiqilishi alohida tola yoki hujayra Bioelektr potensiallar ni oʻrganishga imkon beradi. Kalmarlarning gigant nerv tolalaridan foydalanish orkali Bioelektr potensiallar generatsiyasi mexanizmi oʻrganib chiqildi. Bu tolalarning K+ va Na+ ionlariga nisbatan oʻtkazuvchanligini tekshirish asosida A. Xojkin, A. Haqsli va B. Kats 1947—52 yillarda harakat potensiali ion mexanizmini ochib berishdi va Bioelektr potensiallar ning membrana taʼlimotini yaratishdi. Hayvonlar Bioelektr potensiallar ni oʻrganish tirik sistemalardagi fizikkimyoviy jarayonlarni tushunib olishda hamda diagnostikada (elektrokardiografiya, elektroensefalografiya , elektromiografiya va boshqalar) katta ahamiyatga ega. Oʻsimliklar Bioelektr potensiallar tabiatan hayvonlarnikiga oʻxshash boʻladi (E. Dyubua Raymon, 1882). D. Ch. Bos qoʻzgʻatuvchiga nisbatan Bioelektr potensiallar va elektr javob qilish barcha oʻsimliklarga xos ekanligini koʻrsatadi (1926). Bos tomonidan kashf etilgan juda sezgir oʻzi yozadigan galvanometrlar oʻsimliklarning "dastxati"ni, yaʼni qoʻzgʻatuvchiga nisbatan hosil qilinadigan maxsus elektr javoblarini olishga, fizik va kimyoviy taʼsirotga oʻsimliklarning elektr reakdiyasini oʻrganishga imkon berdi. Iirik harasimon suv oʻtlari Bioelektr potensiallar ning ion tabiatini oʻrganishda klassik obʼyekt hisoblanadi.
4. Retseptorlar (lot. receptor — qabul qiluvchi) — tashqaridan (eksterotseptorlar) yoki organizmning ichki muhitidan (interotseptorlar) taʼsirotni qabul qilib va uni nerv impulslariga aylantirib, markaziy nerv sistemasiga oʻtkazib beradigan sezuvchi nerv tolalari uchlari yoki maxsus hujayralar.
Eksterotseptorlar odam yoki hayvon tanasining tashqi yuzasida joylashgan boʻlib, tashqi muhit taʼsirotlari (Mas, yorugʻlik, tovush toʻlqinlari va boshqalar)ni, monomodal R. faqat bir xil (Mas, mexanik taʼsir yoki yorugʻlikni), polimodal R. esa har xil (Mas, kimyoviy va mexanik) taʼsirotni bir vaqtda qabul qiladi. Shuningdek, interoretseptorlar, birlamchi R. va ikkilamchi R. bor. Birlamchi R.ning tashqi taʼsirni qabul qiluvchi negizi sensor (sezuvchi) neyronda boʻlib, u taʼsirotdan bevosita (birinchi) qoʻzgʻaladi. Ikkilamchi R.da esa taʼsirlovchi bilan sensor neyron oraligʻida tashqi taʼsirot energiyasini nerv impulslariga oʻzgartiruvchi qoʻshimcha maxsus hujayralar mavjud. R. taʼsirlanishidan hujayra membranasida bioelektr potensiallari retseptor potensiallariga oʻzgaradi. Bunda retseptor hujayra ritmik impulslarni bevosita hosil qiladi yoki ularni boshqa neyronda sinapslar vositasida paydo boʻlishiga olib keladi. Taʼsirotning uzoq davom etishi tufayli R.dan boshlanuvchi nerv tolasida impulslar chastotasi kamayib ketadi, natijada fiziologik adaptatsiya vujudga keladi. Har xil R. funksiyasi (Mas, vestibulyar apparatdagi va boshqa R.) oʻzaro bogʻliq. Ular faoliyatini markaziy nerv sistemasi boshqaradi. R. funksiyasi bioelektr potensiallarini bevosita R.dan yoki u bilan bogʻliq nerv tolasidan, shuningdek, R. qoʻzgʻalishidan hosil boʻlgan reflektor reaksiyalarni qayd etish yoʻli bilan oʻrganiladi.
Farmakologik (hujayraviy yoki toʻqima) R. effektor hujayra membranasida joylashgan. Bular nerv va endokrin sistemaning boshqaruvchi hamda ishga tushiruvchi signallarini, koʻpgina farmakologik preparatlarning shu hujayraga tanlab taʼsir etishini kabul qiladi, koʻrsatilgan taʼsirni uning oʻziga xos biokimyoviy yoki fiziologik reaksiyaga oʻzgartiradi. Nerv sistemasining farmakologik R. vositasida yuz beradigan ishi fanda yaxshi oʻrganilgan. Oqsillar.da ketma-ket joylashgan aminokislota qoldiqlari uzun zanjirni yoki Oqsillarning birlamchi tuzilmasini tashkil etadi. Oʻz navbatida, Oqsil.ning har xil joyida joylashgan aminokislota qoldiqlari tarkibidagi kimyoviy moddalar oʻzaro har xil boglar bilan bogʻlanishi natijasida O.ning murakkab ikkilamchi, uchlamchi va toʻrtlamchi tuzilmalari qosil boʻladi. Yuqorituzilishdagi tuzilmalar fizik va kimyoviy omillar (yukrri harorat, kislota, ishqor va boshqalar) taʼsirida quyi tuzilishdagi shakllarga qaytadi (bu hodisa Oqsil. denaturatsiyasi deb ataladi), natijada ular oʻz biologik faolligini yoʻqotadi. Ammo ayrim hollarda ta-shqi taʼsir yoʻqotilsa, Oqsil. yuqori koʻrinishdagi shakllariga qaytadi.
Oqsil. tuzilishi va vazifalari boʻyicha xilma-xil. Tuzilishiga koʻra, 2 katta guruhga boʻlish mumkin: globulyar va fibrillyar. Globulyar O., asosan, sferik yoki ellips shaklida boʻlib, ular tarkibiga boshqa guruh moddalar ham qoʻshilgan (prostetik guruh). Mac, gemoglobin globin va gemning qoʻshil-masidan hosil boʻlgan, shuning uchun uni yana gemoproteid deb ham atashadi. Lipid tutuvchi Oqsil. lipoproteidlar, uglevod tutuvchilar — glikoproteidlar, metall tutuvchilar — metall proteidlar deyiladi.
Fibrillyar Oqsil. — bir yoki bir necha polipeptid zanjirdan tashkil topgan moddalar. Ular uzun ip koʻri-nishida boʻladi. Biriktiruvchi toʻqima (aktin, miozin, kollagen), soch, teri (a-keratin) Oqsillari bunga misol boʻla oladi. Fibrillyar Oqsillar ., asosan, qurilish ashyosi yoki himoya vazifasini bajaradi.
Oqsillar.ning biologik vazifalari boʻyicha kuyidagi tasnifi mavjud: fermentlar (tripsin, ribonukleaza), tashuvchi Oqsillar. (gemoglobin, zardob albumini, mioglobin), oziq-ovqat va zaxira Oqsillari (tuxum albumini, sutdagi kazein, ferritin), qisqaruvchi va harakat Oqsillari (aktin, miozin), tuzilma Oqsillari (kollagen, proteoglikanlar, kreatin), himoya Oqsillari (antitelolar, fibrinogen, trombin, ilon zahari, boʻgʻma qoʻzgʻatuvchisining toksini), nazorat qiluvchi Oqsillar (insulin, kortikotropin, oʻsish gormoni)
Do'stlaringiz bilan baham: |