Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi.
Hozirgi vaqtda mustaqil O’zbekistonimizning sanoatini rivojlantirishda arzon va o’zimizda ishlab chiqariladigan mahalliy sorbentlarni ishlatish va ularning fizika-kimyoviy xossalarini fundamental asosda o’rganish va ularni kerakli sanoatlarda ishlab chiqarishda tadbiq qilish. Hozirgi zamon fanining dolzarb masalalaridan hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishining ob’yekti.
Bitiruv malakaviy ishida qattiq sorbent CaCl2 ni maxsus yasalgan qurilmada elektr o’tkazuvchanlik kaeffisentini namlikka bog’liqligini o’rganish.
Bitiruv malakaviy ishining predmeti.
Tajribalar asosida CaCl2 ni elektr o’tkazuvchanlik kaeffisentini namlikka bog’liqligini o’rganish.
Bitiruv malakaviy ishining uslubi va uslubiyoti
Bitiruv malakaviy ishi mavzusi bilan bog’liq adabiyotlarni o’rganish, sorbentlar xarakteristikalarini o’rganish, tajriba asosida CaCl2 fizik xossalarini o’rganish.
Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi.
CaCl2 qattiq sorbentining elektr o’tkazuvchanlik kaeffisentini namlikka bog’liqligini o’rganildi.
Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati.
Sanoatda CaCl2 va boshqa sorbentlar ishlatiladi.
Ilmiy-tadqiqot natijalarining amaliyotda qo’llanilish darajasi.
Sortsion sikllarda, sanoatda har xil moddalarda gazlarni tozalash, havoni quritishlarda ishlatiladi.
Bitiruv malakaviy ishining tarkibi va hajmi.
Malakaviy bitiruv ishi 2 bob, 45 betda bayon etilgan bo’lib: kirish, xotima , foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, 5 ta chizmadan, 1 jadval ilovadan tashkil topgan
I BOB. ADSORBSIYA HODISALARI.
1.1. Adsorbentlar va ularning xarakteristikalari.
Barcha dispers sistemalarda dispers faza zarrachalari sirtida erkin energiya zapasi bo’ladi. Sirt energiya o’z tabiati jihatidan potensial energiya bo’lganligi uchun termodinamikaning 2-qonuniga asosan har qanday jism o’zining sirt energiyasini mumkin qadar kamaytirishga intiladi; jism sirtida erkin energiyani kamaytiradigan jarayonlar sodir bo’ladi. Shuning uchun ham kalloid(va umuman dispers) sistemalar termodinamik jihatdan beqaror sistemalardir. Ularga doimo dispers faza zarrachalari sirtini kamaytiradigan jarayonlar (masalan:koagulyasiya) sodir bo’lishi mumkin.
Sirt energiyaning kamayishiga olib boruvchi jarayonlardan biri suyuqlik yoki qattiq jism sirtida boshqa moddalarning yig’ilish hodisasidir. Suyuqlik yoki qattiq jism sirtida boshqa modda molekulalari, atomlari yoki ionlari yig’ish adsorblanish deyiladi. Umuman moddaga tashqi muhitdan boshqa moddalarning yutilishi sorbsiya deyiladi. O’z sirtida boshqa modda zarrachalarini yutgan modda adsorbent (sorbent), yutilgan modda esa adsorbtiv (sorbtiv) deb ataladi. Masalan, ammiakni idishga qizdirilib , so’ngra sovitilgan ko’mir solinsa, ko’mir ammiakni yutib, uning bosimini kamaytiradi. Ko’mir boshqa (H2S, CO2 va hokazo) gazlarni ham yuta oladi. Ayniqsa havosiz joyga qizdirilgan, ya’ni aktivlangan ko’mir gazlarni yaxshi yutadi, chunki bunda ko’mirning aktiv sirti ortadi. Akademik N.D.Zelinskiy aktivlangan ko’mirning adsorblash xossasiga asoslanib, 1-Jahon urushi davrida protivagazni ixtiro qilgan.
Adsorbsiya hodisasi faqat ko’mirgagina emas, balki boshqa barcha g’ovak moddalarga ham xosdir. Masalan turli gellar o’z sirtida har xil bo’yoqlarni yutadi. Yutilgan modda zarrachalari hamma vaqt modda sirtida qolavermaydi, ba’zan yutuvchi moddaning ichki tomoniga ham diffuziyalanishi mumkin. Agar modda qattiq jism sirtiga yutilsa,bu hodisa adsorbsiya(yoki o’zaro ximiyaviy ta’sir ro’y bermasa, fizikaviy adsorbsiya) deb, uning ichki qismiga (hajmiga) yutilganda esa absorbsiya deb ataladi.
Agar modda geteron sistemada (masalan gaz bilan adsorbent orasida) bo’ladigan ximiyaviy reaksiya tufayli yutilsa, bu hodisa xemosorbsiya (yoki aktivlangan adsorbsiya) deyiladi. Xemosorbsiya vaqtida yangi faza vujudga keladi. Xemosorbsiya ko’pincha, qattiq jismning barcha hajmiga tarqaladi. Natron ohak bilan sulfid angidrid, kalsiy va stronsiy, xlor bilan ammiak bug’lari orasidagi xemosorbsiya bunga misol bo’ladi. Xemosorbsiya odatda qaytmas jarayonlar jumlasiga kiradi. Bu holda adsorbsiyaning issiqlik effekti ximiyaviy birikmalarning hosil bo’lish issiqliklariga yaqin keladi. Ba’zan o’z kritik temperaturasidan past temperaturadagi gaz sorbsiya vaqtida qattiq jism g’ovaklarida (kapillyarlarda) kondensatlanib suyuqlikka aylanadi. Bu hodisa kapilyar kondensatsiya deyiladi.
Agar suyuqlik adsorbent sirtini yaxshi ho’llasa, adsorbentdagi kapilayar ichida botiq menisk paydo bo’ladi, so’ngra qolgan bug’ ana shu menisk ustida suyuqlikka aylanib, adsorbentning barcha g’ovaklarini suyuqlikka to’ldiradi. Kapilyar kondensatsiya ikkilamchi hodisa bo’lib, uning vujudga kelishida adsorbsion kuchlar (ya’ni qattiq sirt bilan bug’ molekulalari orasidagi ta’sir kuchlari) ishtirok etmaydi, balki suyuqlikning botiq menistiga bug’ning tortilishi asosiy rol o’ynaydi.
Kapillyar kondensatsiya katta tezlikka ega, u bir necha minut davomida tugaydi. adsorbentning barcha g’ovaklarini suyuqlikka to’ldiradi. Kapilyar kondensatsiya ikkilamchi hodisa bo’lib, uning vujudga kelishida adsorbsion kuchlar (ya’ni qattiq sirt bilan bug’ molekulalari orasidagi ta’sir kuchlari) ishtirok etmaydi, balki suyuqlikning botiq menistiga bug’ning tortilishi asosiy rol o’ynaydi. Kapillyar kondensatsiya katta tezlikka ega, u bir necha minut davomida tugaydi.
Adsorblangan gaz qattiq jism sirtiga bir yoki bir necha qatlam molekulalardan iborat bo’lshi mumkin. Shunga qarab adsorblanish monomalekulyar adsorblanish deb nomlanadi.
Gaz yoki bug’ fizikaviy adsorblanganda quyidagi 4 belgi kuzatiladi:
1. Adsorbsiya deyarli katta tezlik bilan beradi;
2. Adsorbsiya qaytar tarzda boradi;
3. Temperatura oshganda adsorblanish kamayadi;
4. Adsorbsiyaning issiqlik effekti qiymat jixatidan suyuqlanish yoki bug’lanish issiqliklariga yaqin bo’ladi.
Adsorbsiya hodisasi qattiq jism bilan suyuq jism o’rtasida, qattiq jism bilan gaz o’rtasida, suyuqlik bilan gaz o’rtasida va bir-biriga kam eriydigan ikki suyuqlik o’rtasida sodir bo’lishi mumkin.
Adsorblanish darajasi yutuvchi va yutiluvchi moddalarning tabiatiga, temperaturaga, gazning bosimiga (yoki eritmaning konsentrasiyasi), shuningdek adsorbentning solishtirma sirtiga bog’liqdir.
Eritmadan moddaning adsorblanishini aniqlash uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |