“Fizika” ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun Xayrullayev Sardor Shayxiddin o’g’li Qattiq sorbentlarning klassifikasiy va ularning fizik-kimyoviy xossalarini o’rganish mavzusidagi



Download 129,92 Kb.
bet14/22
Sana23.04.2022
Hajmi129,92 Kb.
#578003
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Bog'liq
Qattiq sorbentlarning klassifikasiy va ularning fizik-kimyoviy xossalarini o’rganish

Ionalmashuvchi sorbentlar
Bularga suvni yumshatishda qo’llanadigan tabiiy sorbent glaukonit qumi kiradi. Ammo glaukonit qumning jiddiy kamchiligi bor: shimish qobiliyati yoki almashish hajmi nisbatan past, yana bir kamchiligi ionalmashish jarayonida sorbentda hosil bo’lgan tuzlar eritmaga o’tib, taxlilga xalaqit beradi.
Texnikada sun’iy ionalmashuvchi sorbentlar qo’llaniladi, chunki ular tabiiylarga nisbatan shimilish hajmi ancha yuqori va faqat kationlarni emas, anionlarni ham almashadi. Bunday sorbentlarga sulfat – ko’mir kiradi. Ushbu sorbent qora rangli yaltiroq har xil shaklga ega zarrachalardan iborat bo’lib, antratsitni eslatadi. Uni yarim sun’iy mahsulot deyish mumkin, chunki tabiiy xom ashyodan olinadi. Sulfo-ko’mir yog’li toshko’mirdan olinadi, ularga kuchli sulfat kislotasi bilan yuqori haroratda ishlov beriladi. Toshko’mirning organik moddasi bunday ishlov berilgach, – SO3H– gruppasini biriktiradi va undagi vodorod qo’zg’aluvchandir. Ana shu ion metall ioniga almashish xususiyatiga ega.


R – H Q NaOH –> R – Na Q H2O

Suniy ionalmashuvchi materiallar, ionitli smolalar, polimerizatsiya yoki monamerlar kondentsiyasi yordamida olinadi.


Bunday molekulaning agregati kationit – smolaning (K) zarrasini tashkil qiladi. Vodorod ioni nafaqat zarraning yuzasida bo’ladi, balki uning tuzilishi hajmiga ham kiradi. Ionalmashuvchi smolaning zarrasi suvda shishadi, boshqacha qilib aytganda suv zarraning tuzilishiga kiradi, bu bilan ionalmashuvchi turkumlarda vodorod atomini butun hajmda ionlaydi va ular o’rniga zarralar ichiga kiruvchi metall ionlari o’rnashadi. Shuni bilish zururki, ionalmshuvchi smola zarrasi ko’mir yoki silikagel kabi qattiq g’avakchalarga ega emas. Suv bilan metall ionlari smola zarrasiga polimer molekulasini surib, (jelatina kabi) kirib oladi. Suv qattiq suyuqlikda erigani kabi ionalmashuvchi smolada eriydi. Tarkibida gidroksil bo’lgan smolalar haqida ham xuddi shunday fikrni aytish mumkin. Bu tuzilishda katta qo’zg’almas smolaning molekula kationi bo’lgan va u bilan bog’langan almashinish hususiyatiga ega ON guruhlarini saqlagan malekulalar – anilnitlardir (A).
KU – 1 kationiti. Xom-ashyo sifatida sintez uchun sulfo – fenol va formaldegd ishlatiladi.
Bu jarayonda ko’p sulfofenol va formaldegid molekulalari qatnashishi mumkin. Sulfoguruhdagi vodorod ioni qo’zg’aluvchandir. Hosil bo’lgan smola-kationalmashuvchidir.

Sopolimer suv bilan birikib KU-2 kationiti hosil bo’ladi.


Kationt KU-2.Bu kationit sopolimerizatsiya usuli bilan olinadi. Xom-ashyo sifatida stirol va divinilbenzol ishlatiladi.
Stirol molekulasi divinilbenzolning har bir sonli molekulasi bilan birikishi mumkin. YAIonitning xususiyatlari birikkan mulekulalar soniga bog’liqdir. Qancha ko’p molekula birikkan bo’lsa, smola shunchalik mustahkam hisoblanadi.
Sulfat guruhi bo’lgan kationitlar sulfokislotali kationitlar deyiladi. Karboksil va gidroksil gruppali kationitlar bor. Hozirgi paytda turli xil kationitlar ishlab chiqariladi.
Kationitlar Aktiv gruppalari
KU-1, KU-2, SDV-3 -SO3H
RF, KF-1, KF-4 -PO3H2
AR – AsO3H2
KU-6, KVU-1 -SO3H – COOH
KFU -COOH, -OH
Sun’iy usullarda olingan qattiq, yaltiroq, och rangga ega bo’lgan zarralar anionalmaquvchi smolalar, polimerlarni aminlashtirish yo’li bilan olinadi.
AV-17 anionitni tayyorlashda stirol va divinilbenzolning xlormetilli sopolimeri ishlatiladi. Bu polimerni aminlashtirib anionit olinadi.
Anionit kislotalar bilan ham reaktsiyaga kirishishi mumkin.

Download 129,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish